vedomostlar, schyotlar va boshqa shunga o’xshash hujjatlar kassadagi naqd pul qoldig’iga qo’shilmaydi va auditor tomonidan isbotlovchi kassa hujjati sifatida qabul qilinmaydi. Shuningdek, kassadan naqd pul berish bo’yicha kimga, kimning topshirigi bilan, qachon, qaysi maqsadlar uchun qancha summada pul berilganligi ko’rsatiladi va shubxali hujjatlar aniqlanganida ham shunday qilinadi; * boshqa korxona, tashkilot va shaxslarning pullari hamda qiymatliklarini korxona kassasida saqlash man qilinganligi sababli, kassada saqlanayotgan barcha pul va boshqa qiymatliklar auditor tomonidan tekshirilayotgan korxonaga tegishli deb hisoblanishi lozim; * auditor kassada oshiqcha chiqqan pul yoki kamomadni tekshirish dalolatnomasida ko’rsatadi va ayni paytda oshiqcha chiqish yoki kamomad sabablari haqida kassirdan yozma tushuntirish xati olish lozim. Auditor to’g’ri rasmiylashtirilgan kassa hujjatlarini kassirga hisobot tuzish va unda tekshiruv paytida bo’lgan qoldiqni ko’rsatish uchun beradi. Tekshiruv paytida kassada ish haqi to’liq tarqatilib ulgurmagan vedomostlar bor bo’lsa, auditor bosh buxgalter va kassirga vedomostlarni belgilangan tartibda hisobotga qo’shishni taklif etadi. Agarda kassani tekshirish, ish haqi tarqatish davriga to’g’ri kelib, ko’p xodimlarga ish haqi tarqatilmagan vedomostlar bo’lsa, bunday vedomostlar kassir hisobotiga qo’shilmasdan, dalolatnomada kassa hisobotiga kiritilmagan, qisman to’langan chiqim hujjatlari (to’lov vedomostlari) sifatida yozib qo’yilishi mumkin. Bu holda har bir to’lov vedomostida qaysi tartib raqami bo’yicha ish haqi berilganligi va uning jami summasi ko’rsatiladi. Ushbu yozuv kassir, bosh buxgalter va auditor imzolari bilan tasdiqlanadi.