Shuningdek, kassani tekshirishda kassada saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar (aktsiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar va boshqalar), YoMM talonlari, qat’iy hisobot blankalari, sanatoriya va dam olish uylari yo’llanmalari, aviachiptalar va boshqa qimmatli qog’ozlar ham tekshirilib, ularning mavjudligi dalolatnomada ko’rsatiladi. Auditor kassadagi pul mablag’larini tekshirish bilan birga ayni paytda seyflar (o’tda yonmaydigan shkaflar), kassaning jihozlanishi, ish kunining oxirida kassa eshiklari va seyflar (shkaflar) muhrlanishi, signalizatsiya o’rnatilganligi va uning ishlashi, kassani qo’riqlashning tashkil etilishi, kassir «olindi», «to’landi» degan shtamplar bilan ta’minlanganligi ham tekshiriladi. Butun tekshirilayotgan davrga tegishli barcha kassa hujjatlari yoppasiga tekshirilishi shart. Auditor bankdagi hisob-kitob schyotidan olingan pullarni to’liq va o’z vaqtida kirim qilinganligini tekshirishda muomalalarni o’zaro taqqoslash usulini qo’llaydi. Bunda № 1- jurnal orderining vedomost tomonida 5010–«Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyotining debeti bo’yicha aks ettirilgan summalarni №2-jurnal orderda aks ettirilgan. 5110–«Hisob- kitob schyoti»ning kredit oborotlari bilan solishtiriladi ular bir-biriga to’g’ri kelishi shart. To’g’ri kelmaslik hollari uchraganda summalar kassa kirim orderlari, bank ko’chirmalari, kassir hisobotlari, cheklar koreshoklari bilan solishtiriladi, zarur hollarda esa bevosita bank muassasasida tekshiriladi. Agar bank ko’chirmalarida o’chirilgan, to’g’rilangan, shuningdek, qoldiqlar to’g’ri
kelmasa, bankdagi hisob-kitob schyotidan ishonchli ko’chirmani olish zarur. Kassa muomalalarini tekshirishda kassa hisobotiga ilova qilingan hujjatlarning quyidagi