yozuvlarni keyinchalik olingan mol etkazib beruvchilar hujjatlarining ma’lumotlari bilan solishtirishi zarur). Agar mijoz-korxona hisobida yo’lda kelayotgan ya’ni puli to’langan, lekin hali oy oxirigacha kelib tushmagan moddiy boyliklar mavjud bo’lsa, u holda auditor bunday moddiy boyliklar qiymatini buxgalteriya hisobi va balansda aks ettirishning ishonchliligini tasdiqlashi uchun ular keyinchalik olinganligi va puli to’langanligi yoki balans tuzilayotgan sanaga kreditor qarzlar tarkibiga kiritilganligiga ishonch hosil qilishi zarur. Tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish chog’ida auditor olinayotgan moddiy boyliklar bo’yicha QQSning hisobda aks ettirilishini ham tekshiradi. №4 –«Tovar-moddiy zahiralar» nomli BHMSda tovar-moddiy zahiralarini sotib olish xarajatlarining taxminiy tarkibi keltirilgan. Ularga, xususan, materiallarni tayyorlash va tashib keltirish, import bojxona to’lovlari va yig’imlari, mahsulotlarni sertifikatsiyalash xarajatlari, ta’minotchi va vositachi tashkilotlarga to’langan komission to’lovlar, soliqlar (korxona keyinchalik qaytarib oladigan soliqlardan tashqari, masalan, qo’shilgan qiymat solig’i kabi), hamda tayyorlov-transport, xizmat ko’rsatish va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar kiradi. Savdo diskontlari, chegirmalar va shunga o’xshash summalar tovar - moddiy zahiralarni sotib olish xarajatlarini aniqlashda chegirib tashlanadi. 1610 - «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida yoxud 1000 (1010-1090) – «Materiallarni hisobga oladigan schyotlar»da aniqlanib, hisobdan o’chirilgan transport- tayyorlov sarflari yoki hisob baholaridan chetga chiqishlarni tekshirishda transport tashkiloti