Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə621/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   616   617   618   619   620   621   622   623   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

UzMobile 
Hisob-varaqni 
to‘ldirish
3 000 
2 820 
120 

Bilayn 
Hisob-varaqni 
to‘ldirish
344 400 
323 990 
13 522 
114 
UCell 
Hisob-varaqni 
to‘ldirish
514 905 
484 549 
20 058 
218 
Jami:
862 305 
811 359 
33 700 
333 

Provayder 
Naqd so‘mma 
Plastik
kartalar- 
dan so‘mma 
Qayd
etilgan
naqd so‘mma 
Depozitdan
olingan
naqd so‘mma 
Haq 
Tranzak- 
siyalar
soni 
UzMobile
3 000 

2 820 
2 880 
120 

Bilayn
344 400 

323 990 
330 878 
13 522 
114 
Ucell
514 905 

484 549 
494 847 
20 058 
218 
Jami
862 305 

811 359 
828 605 
33 700 
333 
Yuqorida keltirilgan muomalalar korxona buxgalteri tomonidan quyidagi tartibda hisobga 
olingan:
 
Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni 
So‘mma
(so‘m) 
hisobvaraqlar 
korrespondensiyasi 


Debet 
kredit 
Bosh agent bilan shartnoma tuzish chog‘ida kafillik 
badali o‘tkazilgan 
1 500 000 
5530 
4890 
5110 
5530 
Jismoniy shaxslardan naqd pul mablag‘lari (to‘lovlar) 
qabul qilingan 
862 305 
5010 
4890 
Naqd pul mablag‘lari inkassatsiyalangan 
862 305 
5710 
5531 
5010 
5710 
Aholidan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha ko‘rsatilgan 
xizmatlar uchun olingan haq so‘mmasi aks ettirilgan 
33 700 
5110 
4890 
5531 
9030 
Maxsus hisobvaraqdan pul mablag‘lari bosh agentga 
kafillik badali sifatida o‘tkazilgan 
828 605 
4890 
5531 
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim? 
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, 
auditorlik dalolatnomasini tuzing. 
ASOSIY ADABIYOTLAR 
55.
Karla M.Johnstone, Audrey A.Gramling, Larry E.Rittenberg. Auditing a risk-based 
approach to conducting a quality audit. USA, 2014 910 pages 
56.
Advanced Auditing and Assurance by Louise Kelly, March 2013 
57.
Wally Smieliauskas

Kate Bewley
. Auditing: An International Approach Hardcover. 
McGraw-Hill Ryerson; 6 edition. 800 pages
58.
David O'Regan. International Auditing: Practical Resource Guide 1st Edition, Wiley; 1 
edition, 312 pages.


12-MAVZU: TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR 
AUDITI 


12-MAVZU: TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR AUDITI 
MAVZU BO‘YICHA MASALALAR 
Masala. Korxona chet tashkilot kuchi bilan sex qurmoqda. Buning uchun qurilish tashkiloti 
bilan pudrat shartnomasi tuzildi .Shartnomaga ko‘ra pudrat tashkiloti obyektni zarur materiallar 
bilan ta’minlashi, shuningdek, ularning saqlanishi va qurilish subyektigacha tashilishini tashkil 
qilishi kerak. Buyurtmachining o‘z omborida pudrat tashkilotiga berish majburiyatini olgan 
3000000 so‘mlik so‘mmadagi materiallar, shu jumladan QQS-500 000 so‘m mavjud. Pudratchi 
uchun sexning umumiy smeta qiymati 70 mln so‘m (QQS bilan birga) Buyurtmachi subyektni 70 
mln so‘mlik qiymat bo‘yicha kirim qiladi.
Talab qilinadi:
4.
Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini 
tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang. 
5.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim
6.
Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
Masala. Shakar ishlab chiqarish zavodidan temiryo‘l orqali ulgurji savdo tashkilotiga 25 tonna 
shakar jo‘natilgan. Yuk ortilgan vagon belgilangan stansiyaga 21.12.da kelgan va yuklarni 
tushirishga berilgan. Shakarni qabul qilish paytida 23.12 kuni dalolatnoma rasmiylashtirilib, 
komissiya tarkibiga ombor mudiri T.Nizomov va O.Egamovlar va buxgalter N.Qosimovlar 
kiritilgan. Dalolatnomada ko‘rsatilishicha mol yetkazib beruvchining hujjatiga muvofiq 25000 kg 
shakar, har bir kilogrammi 120 so‘mdan umumiy so‘mmasi 3000000 so‘mni tashkil qiladi. Shakarni 
tortib ko‘rilganda 150 kg shakar so‘mmasi 18000 so‘m kam kelganligi ko‘rsatilgan. Qabul qilish 
dalolatnomasiga asosan 24850 kg shakar buxgalteriyada kirimga olingan. Kamomad so‘mmasi 
2010 «Ishlab chiqarish xarajatlari» schotiga hisobdan chiqarilgan. Dalolatnoma hech kim 
tomonidan tasdiqlanmagan. Shakarni tashish paytidagi tabiiy kamayish normasi 0,15% etib 
belgilangan. 
Talab qilinadi: 
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshiring 
va holatga baho bering. 
Masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor quyidagilarni aniqladi: Hisobot davri boshiga 
materiallar qoldig‘i 2000 ming so‘m bo‘lib, hisobot davrida asosiy ishlab chiqarish uchun 1000 
ming so‘mlik, yordamchi ishlab chiqarishga 200 ming so‘mlik, transport vositalarining remonti 
uchun 50 ming so‘mlik, boshqaruv extiyojlari uchun 10 ming so‘mlik, yotoqxonani ta’mirlash 
uchun 70 ming so‘mlik material sarflangan. Ushbu muomalalarni aks ettirish uchun buxgalteriya 
hisobida quyidagi yozuvlar qilingan: 
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» -1000 ming so‘m; 
Debet 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» -200 ming so‘m; 
Debet 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» -60 ming so‘m; 
Debet 9410 «Sotish xarajatlari» -70 ming so‘m; 
Debet 9420 «Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari» -180 ming so‘m; 
Kredit 1000 «Materiallar» -1330 ming so‘m. 
Talab qilinadi: Materiallarni hisobdan chiqarish bilan bog‘liq noto‘g‘ri buxgalteriya 
provodkalarini aniqlang. Auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang. 
Masala. Chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona tomonidan ikki kamerali 
sovutkich 800 ming so‘mga sotildi. Uning xarid qiymati 620 ming so‘mni tashkil qiladi. Ushbu 
tovarda yashirin nuqsonlar borligi aniqlanganligi sababli xaridor bir haftadan keyin uni qaytarib 
berdi, o‘z navbatida, unga o‘zi to‘lagan to‘lov so‘mmasi qaytarildi. Korxonada tovarlar hisobi 
sotish narxi bo‘yicha yuritilgan. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi operatsiyalar 


quyidagicha buxgalteriyada hisobga olingan:
 
T/r 
Xo‘jalik 
operatsiyalarining 
mazmuni 
So‘mma, 
so‘m 
Hisobvaraqlar 
korrespondensiyasi 
Yozuvlarni 
tasdiqlovchi 
hujjatlar
 
Debet 
Kredit 

Xaridorga sotilgan tovar uchun 
tushum olindi 
600 000 
6990 
5010 
Tovarni qabul qilish yuk-xati 

Sotilgan tovar qiymati hisobdan 
chiqarildi 
600 000 
2920 
9120 
9120 
2980 
Tovarni qabul qilish yuk-xati, 
kassa chiqim orderi 

Sotilgan tovar bo‘yicha savdo 
ustamasi hisobdan chiqarildi 
280 000 
9020 
9040 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi-hisob-kitobi 

Xaridor tomonidan tovarni 
qaytarish aks ettirildi 
600 000 
9040 
6990 
Qo‘shimcha hisobvaraq-
faktura 

Xaridorga pul so‘mmasini 
qaytarish aks ettirildi 
600 000 
5010 
9020 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi-hisob-kitobi 

Tovarning sotish qiymati va 
qaytarilgan tovarga savdo 
ustamasi tiklandi 
800 000 
280 000 
9120 
2920 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi-hisob-kitobi 

Yalpi tushumga tuzatishlar 
kiritildi 
600 000 
2980 
9120 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi-hisob-kitobi 
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 
2. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga 
olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang. 
Masala. Korxona mol yetkazib beruvchidan 270000 so‘mlik (QQS 45000) qurilish 
materiallari sotib oldi .shartnomada 45% oldindan tulov nazarda tutilgan .kolgan so‘mma 2 oyga 
kechiktiriladi. To‘lov muddati kechikkani uchun kechiktirilgan so‘mmaning 7% miqdorida haq 
to‘lanadi. 
Debet 4310-“Tovar yetkazib beruvchi va pudratchilarga TMB hisobidan berilgan bo‘naklar” 
schoti -21500 so‘m; 
Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti -21500 so‘m; 
Debet 1050-“Qurilish mollari” schoti-225000 so‘m; 
Kredit 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti-225000 so‘m; 
Debet 4410-“Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar” schoti -45000 so‘m; 
Kredit 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” -schoti -45000 so‘m; 
Debet 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” -schoti -148500 so‘m; 
Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti -148500 so‘m; 
Debet 9610-“Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar” schoti -10395 so‘m;
Kredit 6920-“To‘lanadigan foizlar” schoti -10395 so‘m;
Debet 6920-“To‘lanadigan foizlar” schoti -10395 so‘m; 
Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti -10395 so‘m. 
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim? 
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini 
tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang. 
Masala. To‘qimachilik korxonasi may oyida bo‘yoq sotib olish va sarflash bo‘yicha quyidagi 
operatsiyalar amalga oshirgan. 


- 2-mayda 1 kg uchun 1200 so‘mdan 100 kg bo‘yoq olidi; 
- 9-mayda 1 kg uchun 1170 so‘mdan 300 kg bo‘yoq olindi; 
- 12-mayda ishlab chiqarishga 210 kg bo‘yoq sarflandi: 
- 20-mayda 140 kg bo‘yoq sarflandi; 
- 25-maydan 1 kg uchun 1230 so‘mdan 500 kg bo‘yoq olindi; 
- Korxonada 1-may holatiga bo‘yoq zaxirasi bo‘lmagan. Korxona uzliksiz hisob tizimidan 
fodalanadi; 
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim? 
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim? 
Masala. Korxona materiallar qiymatini hisob bahosi bo‘yicha aks ettiradi. Oktyabr oyi 
boshidagi holatga ko‘ra quyidagilar hisobda turgan; 
- Ombordagi material qoldig‘i -600000 so‘m. 
- 1610-“Materiallar qiymatidagi og‘ishlar” schotning kreditidagi saldo 80000 so‘m. 
- Oktabrda hisob bahosi bo‘yicha 800000 so‘mlik materiallar kirim qilindi. Mol yetkazib 
beruvchilar hisob-kitob hujjatlariga ko‘ra materiallarni tannarxi 720000 (QQS 120000 so‘m) tashkil 
qiladi. Oktabrda 1150000 so‘mlik hisob bahosi bo‘yicha material asosiy ishlab chiqarishga 
sarflandi. 
Debet 1010-“Xomashyo va materiallar” schoti - 800000 so‘m; 
Kredit 1510-“Materiallarni tayyorlash va sotib olishning hisobvaraqlari” schoti -800000 so‘m; 
Debet 4410-“Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar” schoti - 120000 so‘m; 
Kredit 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti -120000 so‘m. 
Debet 1510-“Materiallarni tayyorlash va sotib olishning hisobvaraqlari” schoti -200000 so‘m; 
Kredit 6010-“Materiallar qiymatidagi og‘ishlar” schoti -200000 so‘m. 
Talab qilinadi: 
4.
Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini 
tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang. 
5.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 
6.
Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
Masala.
 
Auditorlik tekshiruvi jarayonida yagona soliq to‘lovi va QQS to‘lovchisi bo‘lgan 
korxona subyekt qurilishidan ortib qolgan qurilish materiallarini 1 050 ming so‘mga sotganligi, shu 
jumladan bunda QQS 175 ming so‘mni tashkil etganligi aniqlandi. Ushbu qurilish materiallarining 
haqiqatdagi tannarxi 600 ming so‘mni tashkil qilgan. Xaridor tegishli to‘lovni korxonamizning 
hisobraqamiga to‘liq hajmda o‘tkazib bergan. O‘z navbatida korxona buxgalteri tomonidan 21-sonli 
BHMSga muvofiq, mazkur operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettirilganligi 
aniqlandi: 
T/r 
Xo‘jalik 
operatsiyalarining mazmuni 
So‘mma, 
ming so‘mda 
Hisobvaraqlar 
Korresponden- 
siyasi 
Yozuvlarni 
tasdiqlovchi hujjatlar
 
Debet 
Kredit 
1. 
Materiallarni xarid qiluvchidan pul 
mablag‘larining kelib tushishi aks ettirildi 
1 050 
5010 
6010 
Oldi-sotdi shartnomasi, bank 
ko‘chirmasi, kassa kirim va 
chiqim orderlari 
2. 
Ilgari olingan bo‘nak hisobga olindi 
1 050 
6010 
4010 
Shartnoma, bank ko‘chirmasi 
va materiallar harakati 
bo‘yicha oborot qaydnomasi 
3. 
Materiallarni sotish aks ettirildi 
1 050 
6410 
9220 
Yukxati, hisobvaraq-faktura, 
limit-zabor kartalari 
4. 
Hisoblab yozilgan QQS aks ettirildi 
175 
9220 
4010 
Kassa chiqim orderi, 
hisobvaraq-faktura 


5. 
Materiallarning sotib olish qiymati 
hisobdan chiqarildi 
600 
9320 
1090 
Oldi-sotdi shartnomasi, 
Yukxati, hisobvaraq-faktura 
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim? 
2. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar buxgalteriya hujjatlari va schotlarida 
to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang. 
Masala. Tekshirilayotgan korxona 1000 kg moyli bo‘yoq sotib olgan. Buxgalter tomonidan 
materiallar hisobi haqiqiy tannarx bo‘yicha yuritilgan. Yetkazib beruvchining hisob-kitob 
hujjatlariga muvofiq 1 kg bo‘yoq narxi 3700 so‘mni tashkil etgan, shu jumladan QQS - 617 so‘m. 
Bo‘yoq vositachi tashkilot orqali sotib olinib, uning xizmatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar 120 
000 so‘mni, shu jumladan QQS 20 000 so‘mni tashkil etgan. 
Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirgan operatsiyalar buxgalteriya hisobida 
quyidagi tartibda aks ettirilgan: 
Xo‘jalik 
operatsiyalarining 
mazmuni 
So‘mma, 
ming so‘m 
Hisobvaraqlar 
korrespondensiyasi 
Yozuvlarni 
tasdiqlovchi hujjatlar
 
Debet 
Kredit 
Moyli bo‘yoq kirim qilindi 
(3700 x 1 000) 
3 700 
1010 
6010 
Shartnoma, 
hisob-kitob hisobvarag‘idan 
bank ko‘chirmasi 
Vositachi tashkilotning 
xizmatiga haq to‘lash bo‘yicha 
xarajatlar hisobga olindi 
120 
1010 
6010, 
6990 
Shartnoma 
O‘tkazib beruvchiga bo‘yoq 
qiymati va vositachi 
tashkilotning xizmat haqi 
to‘landi 
3 820 
6010, 
6990 
5110 
Yukxat, 
hisobvaraq-faktura 
Talab qilinadi:
4.
Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar buxgalteriya hujjatlari va schotlarida 
to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang. 
5.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim? 
6.
Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
PUL MABLAG‘LARI AUDITI 
MAVZU BO‘YICHA MASALALAR 
Masala. Yangi tashkil etilgan korxonaning hisob raqamidan uning kassasiga 5400 ming so‘m 
olingan. Shundan 4 600 ming so‘m oyning 2-yarmi uchun ish haqi to‘lashga; 600 ming so‘m
xizmat safari xarajatlariga; 200 ming so‘m xo‘jalik ehtiyojlariga sarflangan. Korxona buxgalteri 
tomonidan esa yuqoridagi muomalalar quyidagi buxgalteriya yozuvlari va hujjatlari asosida hisobga 
olingan:
T/r 
Xo‘jalik 
operatsiyalarining 
mazmuni 
So‘mma 
(ming 
so‘mda) 
Hisobvaraqlar 
Korresponden 
siyasi 
Yozuvlarni 
tasdiqlovchi 
hujjatlar 
Debet 
Kredit 

Korxona kassasiga uning hisob 
raqamidan pul mablag‘lari kelib 
tushganligi aks ettirildi 
5 300 
5110 
5210 
Kassir hisoboti, chiqim kassa 
orderi, xizmat safari haqidagi 
buyruq, bo‘nak hisobi 

Korxona xodimlariga ish haqi 
bo‘yicha qarzlar to‘lovi aks ettirildi 
4 500 
6510 
5110 
Kassir hisoboti, chiqim kassa 
orderi, 

Xizmat safari xarajatlari uchun 
so‘mmalarni hisobdorga berish aks 
ettirildi 
500 
4120 
5210 
Kassir hisoboti, chiqim kassa 
orderi, xizmat safari haqidagi 
buyruq, bo‘nak hisobi 

Xo‘jalik xarajatlari uchun 
so‘mmalarni berish aks ettirildi 
100 
4220 
5210 
Ish haqini berish uchun qaydnoma 
Talab qilinadi:


1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?Я 
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
Masala. Ishlab chiqarish korxonasini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish vaqtida quyidagilar 
aniqlandi: 
5)
Korxona xodimlariga meditsina xizmati ko‘rsatish uchun pul to‘langan: 
Debet 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schoti – 3000000; 
Kredit 5110 “Hisob-kitob schoti” schoti- 3000000; 
6)
Korxona xodimlari farzandlarining dam olishlari uchun lagerga putyovka olingan: 
Debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schoti – 1500000; 
Kredit 5110 “Hisob-kitob schoti” schoti- 1500000; 
7)
Oborot mablag‘larini to‘ldirish uchun olingan qisqa muddatli kredit foizi to‘langan: 
Debet 6810 “Qisqa muddatli kreditlar” schoti – 74000; 
Kredit 5110 “Hisob-kitob schoti” schoti – 74000; 
8)
8- mart «Xotin-qizlar bayrami» munosabati bilan sovg‘a olingan: 
Debet 9420 “Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari” schoti – 270000; 
Kredit 5010 “Kassa” schoti – 270000. 
Talab qilinadi:
4.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim? 
5.
Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
6.
Xarajatlarni hisobga olishdagi xatoliklarni aniqlang. 
Masala. 10 - fevralda savdo tashkiloti bosh kassasi inventarizatsiya qilindi. Bosh kassir 
auditorlar komissiyasiga naqd 125000 so‘m borligini e’lon qildi. Kassa hisoboti ma’lumoti bo‘yicha 
shu kun boshiga naqd pul qoldig‘i 25600 so‘m bo‘lgan. 10 - fevral kuni № 151 - kassa kirim orderi 
bo‘yicha 1-kassaga 30000 so‘m pul tushgan va shu so‘mma kirim qilingan. Shuningdek 2-kassaga 
tushgan 27000 so‘m № 152 - kassa kirim orderi bo‘yicha kirim qilingan. 10 - fevraldagi № 137- 
kassa chiqim orderi bo‘yicha bankka 44800 so‘m topshirilgan. 
Bosh kassir quyidagi shaxslarga maoshgacha pul berganligini tushuntirish xatida ko‘rsatib 
o‘tgan: 
Sotuvchi S.G.Hamidovaga 55000 so‘m. 
Ishchi A.SH.Ahmedovaga 40000 so‘m. 
Kassir L.A. Abdullayeva 35000 so‘m. 
Kassir fikri bo‘yicha bu so‘mmalar ish haqi beriladigan kun yuqoridagi shaxslardan ushlab 
qolinadi. 
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim? 
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
3. Inventarizatsiya bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshiring. Holatga baho bering. 
Masala. Bank tomonidan korxona kassasiga naqd pul qoldig‘i me’yori 20000 so‘m qilib 
belgilangan. Tekshirilayotgan davr mobaynida 5010-«Kassa» schoti bo‘yicha registrda hamda kassa 
hisobotida naqd pul qoldig‘i ko‘rsatilgan.
1-fevralda 35000 so‘m; 
18-fevralda 760000 so‘m; 
1-martda 220000 so‘m; 
1-aprelda 286500 so‘m; 
15-aprelda 148700 so‘m; 
2-mayda 137000 so‘m; 
15-mayda 128000 so‘m; 


5- iyunda 472700 so‘m; 
1-iyulda 127000 so‘m; 
10-iyulda 168000 so‘m; 
1-avgustda 113000 so‘m; 
10-sentabrda 157000 so‘m; 
10-Oktabrda 158000 so‘m; 
12-dekabrda 158000 so‘m. 
Savdo korxonalari uchun ish haqi berish sanasi har oy uchinchi yoki o‘n yettinchi kuni qilib 
belgilangan. 
Talab qilinadi: Kassada inventarizatsiya qoidalari buzilgan yoki yo‘qligini aniqlang? 
Masala. Aprel oyida korxonada 400 dollar valuta sotildi. Valuta sotilgan sanada valuta kursi 
1dollar = 2054,5 so‘mni tashkil qilgan. Bu muomala korxona buxgalteriya hisobida quyidagicha aks 
ettirilgan: 
5.
Realizatsiya qilingan valuta so‘mmasi joriy schotidan hisobdan chiqarildi: 
Debet 5710-“O‘tkazilgan yo‘ldagi pullar (turlari bo‘yicha)” schoti -821800 so‘m; 
Kredit 5220-“Chet eldagi valuta schoti” schoti -821800 so‘m; 
6.
Realizatsiya qilingan valuta so‘mmasi bo‘yicha hisob-kitob schotiga pul kirim qilindi: 
Debet 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti -821800 so‘m. 
Kredit 5710-“O‘tkazilgan yo‘ldagi pullar (turlari bo‘yicha)” schoti -821800 so‘m, 
7.
Valuta sotilgani uchun bankning komission xizmat haqi hisobdan chiqarildi: 
Debet 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schoti -2650 so‘m. 
Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti -2650 so‘m, 
8.
Valutani sotish bo‘yicha foyda so‘mmasi aks ettirildi: 
Debet 5710-“O‘tkazilgan yo‘ldagi pullar (turlari bo‘yicha)” schoti -1600 so‘m. 
Kredit 9220-“Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti -1600 so‘m. 
Debet 9220-“Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti -1600 so‘m, 
Kredit 9320-“Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda” 
schoti -1600 so‘m, 
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga 
olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing. 
Masala. Kontrakt bo‘yicha Polshaga 6120 dollarga uskunalar sotildi. Valutaga sotilgan asosiy 
vositalar korxona buxgalteri tomonidan buxgalteriya hisobida quyidagicha buxgalteriya yozuvlari 
orqali hisobga olingan: 
Debet 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda” 
schoti -400000 so‘m; 
Kredit 0130-“Mashina va uskunalar” schoti -400000 so‘m. 
Debet 0230-“Mashina va uskunalarning eskirishi” schoti -392000 so‘m; 
Kredit 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda” 
schoti -392000 so‘m; 
Debet 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar” schoti -979200 so‘m; 
Kredit 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda” 
schoti -979200 so‘m; 
Debet 4710-“Xodimlarning kreditga berilgan tovarlar bo‘yicha qarzlari” schoti -195840 so‘m; 
Kredit 6410-“Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (turlari bo‘yicha)” schoti -195840 so‘m. 
Xaridor to‘lovni ikki marta amalga oshiradi. 
3)
15.08. sanada 35000 doll. 868000 so‘m. Shu sanada 1 doll.= 24,8 so‘m. 
4)
06.09. sanada 5000 doll. 126000 so‘m. Shu sanada 1 doll. = 25,2 so‘m. 
Uskuna jo‘natish qabul-topshirish akti bo‘yicha 10.09.da amalga oshirildi. Shu sanada doll. 
kursi 25,4 so‘mni tashkil etgan.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 


2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim? 
Masala. Auditor bosh daftar va kassa daftarini schotlari oborotlarini tekshirib bir necha 
xo‘jalik muomalalariga oydinlik kiritdi. Bosh daftar hamda kassa daftarida quyidagicha provodkalar 
keltirilgan. 
Debet 5010-“Milliy valutadagi pul mablag‘lari” schoti; 
Kredit 2310-“Yordamchi ishlab chiqarish” schoti. 
Debet 5010-“Milliy valutadagi pul mablag‘lari” schoti; 
Kredit 9030-“Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar” schoti. 
Boshlang‘ich hujjatlar va unga ilova hujjatlarida kassaga naqd pul tushganligi ma’lum bo‘ldi. 
Naqd pul quyidagilar uchun tushgan: 
A) Korxona avtotransportlaridan foydalanganlik uchun 8500 so‘m; 
B) Omborda ba’zi tovarlarni saqlaganligi uchun 12000 so‘m; 
С) Ortish tushirish xizmatlari uchun 10800 so‘m. 
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim? 
2. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, 
auditorlik dalolatnomasini tuzing. 
Masala. Tekshirilayotgan korxona chakana savdo bilan shug‘ullanadi. Korxona 
do‘konlarining biri Paynet xizmatlarini ko‘rsatgan. Unga maxsus hisobvaraq ochilib, avval-boshdan 
1 500 000 so‘m o‘tkazilgan. Quyida ko‘rsatilgan Paynet xizmatlari bo‘yicha oylik yakuniy 
hisobotlar ilova qilingan.
Tranzaksiya bo‘yicha agentning yakuniy hisoboti 
Provayder 
Servis 
So‘mma 
Hisob- 
varaqqa
so‘mma 
Agentning
vositachilik
haqi 
Tranzaksiya- 
lar soni 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   616   617   618   619   620   621   622   623   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin