qilish va ko’rsatiladigan xizmatlarning yuqori sifatliligi ustidan nazorat qiladilar. Firmalarning, shu jumladan auditorlik firmalarining ham bozorda mustahkam o’rin topishida ularning mahsulot (ish, xizmat)larining sifati muhim ahamiyatga ega. Ichki audit transnatsional firmalar ishlab chiqarish-moliya faoliyatining muhim omilidir. Masalan, «Istmen Kodak» oliy sifatli sport mollari sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha jahonda etakchi o’rin egallaydi. Unda ichki auditning tashkil qilinganiga 60 yildan oshgan. Uning uchun mas’uliyat Rochester (Nyu-York shtati) dagi umumiy audit bo’limiga yuklangan. Har bir korxona va har bir tadbirkor ular xo’jalik yuritadigan sohada amalga oshiriladigan muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish zarurati bilan to’qnashadilar. Ammo audit nima ekanligini hali ko’pchilik tushunib etgan emas. Audit mamlakatimizdagi xo’jalik faoliyatini nazorat va iqtisodiy tahlil qilishning nisbatan yangi yo’nalishidir. Agar Јarb mamlakatlarida audit 150 yildan buyon ma’lum bo’lsa, O’zbekistonda esa, mustaqil faoliyat sohasi sifatida xo’jalik yuritishda davlat monopoliyasidan voz kechish va bozor iqtisodiga o’tish natijasida shakllana boshladi. Shuning uchun auditorlik faoliyati rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganish zarurdir. Ta’kidlash joizki, oldin ham mamlakatimizdagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda xo’jalik faoliyatini nazorat va taftish qilish amalga oshirilgan. Ammo, nazorat va taftish bilan audit tushunchalari bir-birlariga yaqin bo’lsa ham, ularni bitta narsa deb tushunish to’g’ri emas. Auditorlik bizning tushunchamizdagi xo’jalik faoliyatining tahlili, hujjatli to’liq taftish, balans schyotlarini tekshirish yoki aytaylik, sud-buxgalterlik ekspertizasi emasligiga