qo’llaydi. Ushbu usullar tarkibi auditning predmeti, maqsadi va vazifalariga bevosita bog’liqdir. Audit nazariyasi va amaliyotida ushbu usullarning quyidagi turlari keltirilgan: - solishtirish usuli (iqtisodiy hodisalar, ko’rsatkichlarni o’zaro va biznes-reja bilan solishtirish); - gipoteza usuli (hodisalarning sodir bo’lishi, natijalari turli shart-sharoitlarni e’tiborga olgan holda o’rganiladi. Bunday usul ko’pincha “yashirin iqtisodiyot” natijalarini aniqlashda keng foydalaniladi);
- tahlil va sintez usuli (audit ob’ekti bo’lgan ma’lum ko’rsatkich omillar asosida o’rganiladi, mavjud ichki imkoniyatlar aniqlanadi); - taftish usuli (korxonaning faoliyatiga to’liq baho berish uchun barcha operatsiyalar tasdiqlovchi nazoratidan o’tkaziladi); - inventarizatsiya usuli (korxonadagi huquqiy aktivlar va majburiyatlarning buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga monandligi tekshiriladi); - kalkulyatsiya usuli (bajarilgan ishlar, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi, umumiy ovqatlanish korxonalarda esa taomlarning sotilish bahosi aniqlanadi); - ekspertiza usuli (hujjatlarning realligini, haqqoniyligi, mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari laboratoriya yo’li bilan aniqlanadi); - buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv usuli ( korxona aktivlari va majburiyatlarining harakati hamda qoldiqlari buxgalteriya hisobi schyotlari orqali tekshiriladi); - balans usuli (korxonadagi hodisalar, jarayonlarni rasmiylash-tirish, dastlabki ma’lumotlarni umumlashtirish orqali nazorat qilish).