auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat
qilish;
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditorlar malaka
sertifikatini olish uchun o’qitish dasturlarini va malaka imtihonlari topshirish tartibini
tasdiqlash;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyaning, auditorlar malaka sertifikatining
amal qilishini to’xtatib turish, to’xtatish va bekor qilish;
malaka sertifikatiga ega bo’lgan auditorlar reestrini va auditorlik faoliyatini amalga oshirish
uchun berilgan litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritish.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AUDITORLIK FAOLIYATINI TASHKIL
ETISHNING ME’YORIY TIZIMI
Tartibga
solish
darajasi
Tartibga solish va qo’llanish
doirasi
Me’yoriy hujjat turi va nomi
I
Moliyaviy-iqtisodiy tizimda auditning o’rni, maqsadi va vazifalarini belgilaydi O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING «AUDITORLIK
FAOLIYATI TO’G’RISIDA» QONUNI
yangi tahriri O’zR 26.05.2000 y. 78-II-son Qonun. Mazkur Qonunga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar
kiritilgan O’zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuni, O’zR 04.04.2006 y. O’RQ-28-son Qonuni, O’zR 10.10.2006 y. O’RQ- 59-son Qonuni, O’zR 17.09.2007 y. O’RQ-110-son Qonuni, O’zR 09.09.2009 y. O’RQ-216-son Qonuni II
Auditorlik xizmati bozoridagi barcha sub’ektlarga majburiy, hamma ob’ektlar uchun taalluqli auditning me’yoriy talablarini hamda auditorlik faoliyatini tashkil etish