uslubiyotini belgilaydi O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AUDIT
MILLIY ANDOZALARI
XALQARO AUDIT ANDOZALARI
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik
tashkilotlariga litsenziya berish tartibi to’g’risida NIZOM
O’zR VM ning 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-son qarori (O’zR VM 22.05.2006 y. 92-son Qarori, O’zR Prezidentining 02.07.2008 y. PQ-907-son Qarori o’zgartirishlari bilan) Auditorlik tashkilotlarining auditorlik faoliyatidagi umumiy tartiblarni belgilaydi AUDITORLIK TASHKILOTLARI TO’G’RISIDA NIZOM
O’z. Res.Prezidentining 4.04.2007 yil PQ-615-son qarori III
Professional birlashmalar darajasida auditorlik faoliyatning maxsus masalalarini tartibga soladi O’ZBEKISTON AUDITORLARINING KASBGA OID AHLOQ KODEKSI O’BAMA.26.08.2005y., O’AP 25.06.2005y. KORXONALARDAGI IChKI AUDIT XIZMATI TO’G’RISIDA
NIZOM
Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qaroriga 2-ILOVA Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risida NIZOM
13.10.2000 y. N 977 (quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan O’zR AV 20.04.2004 y., O’zR AV 18.10.2005 y.) IV
Auditorlik tashkilotlarining majburiy audit va boshqa audit xizmatlarini bajarishini tartibga soladi AUDITORLIK TASHKILOTLARINING
ICHKI STANDARTLARI
2.2. Auditorlik faoliyatining milliy standartlari Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining ikkinchi pog’onasi – auditorlik
faoliyatining milliy standartlarini (AFMS) va boshqa me’yoriy hujjatlarni o’z ichiga oladi.
Auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS) – bu barcha auditorlik tashkilotlari o’zlarining
professional faoliyatlari jarayonida rioya qilishlari lozim bo’lgan yagona asosiy tamoillardir.
Standartlar O’zbekiston Respublikasi Moliyaviy Vazirligida Buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit
uslubiyoti boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlanadi va Adliya Vazirligida ro’yxatga
olinadi. O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati Milliy Standartlari (AFMS) Auditning
Xalqaro Standartlari – AXS (International Standards of Auditing - ISAs) negizida ishlab chiqiladi
va asosan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish qoidalarini belgilaydi. Bu qoidalar moliya-xo’-jalik
faoliyatining barcha sub’ektlarida bir xil qo’llani-ladi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida auditorlik standartlariga rioya qilish audit
sifatini va uning natijalari ishonchliligini kafolatlaydi.