Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik
shaxsdir.
Auditorlik tashkilotlari o’z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining shakllanishi va rivojlanishida
professional jamoat tashkilotlari muhim o’rin tutadi.
I. O’zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assotsiatsiyasi (O’BAMA) – buxgalterlar,
auditorlar, ilmiy va pedagogik xodimlar, soliqlar bo’yicha maslahatchilarning respublika jamoat
tashkiloti bo’lib, o’z a’zolarini ular manfaatlari va maqsadlarining umumiyligi, hududiy yoki
profes-sional tamoyillar bo’yicha birlashtiradi.
Assotsiatsiya O’zbekiston Respublikasida buxgalterlar va auditorlar kasb malakasini
rivojlantirish va ularni xalqaro standartlar talablariga moslashtirishni ta’minlaydi. Shuningdek,
buxgalterlar va auditorlarni professional himoyalashda amaliy yordam ko’rsatadi.
Assotsiatsiya buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, soliqqa tortish, xususiylashtirish,
qimmatli qog’ozlar bozori, korxonalar moliya- xo’jalik faoliyatining tahlili va moliyaviy
menejment bo’yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Shu bilan
birga yuqorida sanab o’tilgan masalalar bo’yicha maslahatlar beradi va «hammasi buxgalterlar
uchun» nomli oylik byulleten, o’quv, me’yoriy hamda uslubiy adabiyotlar nashr qiladi.
II. O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP) – malaka sertifikatiga ega mustaqil auditorlarni
ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi, mustaqil notijorat jamoat tashkiloti. Auditorlar Palatasining asosiy
maqsadi auditorlarning professionallik darajasini rivojlantirish va qo’llab-quvvat-lashga yordam
ko’rsatish, o’z a’zolarining kasbga oid manfaatlarini davlat va jamoat organlarida himoya qilish,
hamda kasbga oid talablar bo’yicha barcha o’zgarishlar to’g’risidagi va axborot ta’minoti bo’yicha
aloqa o’rnatishdan iborat.