uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xo’jalik yurituvchi sub’ektdan
olish;
ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo’lgan barcha axborot xo’jalik yurituvchi
sub’ekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tekshiruvi o’tkazishdan bosh tortish;
auditorlik tekshiruvini o’tkazishda ishtirok etishga auditorlar va boshqa mutaxassislarni
belgilangan tartibda jalb etish.
auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun xo’jalik yurituvchi
sub’ektning ta’sis hujjat-lari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjat-lari bilan
oldindan tanishib chiqadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari ya’ni ustavi va ta’sis shartnomasi bilan
tanishish auditorga bo’lg’usi mijozining yuridik maqomi, faoliyat turi, predmeti va ta’sischilari
to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi. Bunda auditor korxonaning asosiy ustav
faoliyati, ustavning qachon va qaysi davlat organida ro’yxatga olinganligi hamda notarial idora
tomonidan tasdiqlangan-ligiga e’tibor berishi kerak. Shuningdek, ta’sis shartnomasiga muvofiq
ta’sischilari kimlar, ularning yuridik maqomi, ustav kapitalidagi ishtiroki (ulushi), moliya-xo’jalik
faoliyati bo’yicha huquq va majburiyatlari bilan tanishadi.
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan tanishish auditor uchun korxonada
buxgalteriya hisobining qaysi shakli (memorial-order, jurnal-order, jadval-avtomatlashtirilgan va b.)
qo’llanilishi, buxgalteriya appara-tining hajmi va tuzilishi, buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot
tuzishning qay darajada me’yoriy ta’minlanganligi, umumiy moliyaviy ahvol va boshqalar
to’g’risida dastlabki tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi.
Auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirayotgan moliya-
xo’jalik faoliyati bilan bog’liq hujjatlarni to’liq hajmda olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga
olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning
amaldagi holatini tekshirish.
Qonunda belgilangan ushbu huquqlar tekshiruv jarayonida zarur bo’lgan, mijoz-korxonaning
moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq hujjatlarni hech qanday to’sqinliksiz to’liq hajmda olish
imkonini beradi. Shuningdek, auditor ushbu hujjatlarda aks ettirilgan mol-mulklarning haqiqatda
mav-judligini va majburiyatlar holatini tegishli usullar (inventarizatsiya qilish, qarama-qarshi
tekshiruv va h. k.) bilan tekshirish huquqiga ega. Mijoz-korxona esa auditor talab qilgan barcha
hujjatlarni to’liq hajmda taqdim etishi, mol-mulklar mavjudligi va majburiyatlar holatini
tekshirishga zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim.
Auditolik tekshiruvini o’tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar bo’yicha xo’jalik
yurituvchi sub’ektning moddiy javobgar shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish hamda
auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlarni olish.
Auditor tekshiruv jarayonida aniqlangan xato-kamchilik-lar, xususan kamchiliklar va ularning
sabablari hamda moddiy javobgar shaxslardan yozma va og’zaki tushuntirish oladi. Shuningdek,
auditorlik tekshiruvini boshlashdan oldin ham moddiy javobgar shaxslar (kassir, omborchi va
b.)dan belgilangan tartibda tilxat oladi.