auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotlarning maxfiyligiga rioya etishi;
auditorlik hisobotida moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarining qonuniyligi buzilishi faktlarini
hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishi;
xo’jalik yurituvchi sub’ektga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari zarar
etkazilganligini aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan taqdirda bu haqda xo’jalik yurituvchi
sub’ektning rahbariyatiga (mulkdoriga) ma’lum qilishi hamda auditorlik xulosasiga tegishli qaydni
kiritishi shart. Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini ma’lum qilish uchun qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashchilarning (aktsiyadorlarning) umumiy yig’i-lishi
chaqirilishini talab qilishi shart.
Auditorlik tashkiloti zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham
bo’lishi mumkin.
Auditorlik tashkilotining javobgarligi. «Auditorlik faoliyati to’g’risidagi» Qonunning 8
moddasiga muvofiq auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo’jalik yurituvchi
sub’ekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot hamda xo’jalik
yurituvchi sub’ektning boshqa moliyaviy axboroti to’g’risida noto’g’ri yakundan iborat bo’lgan
auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga etkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladi.
Auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganlik yoki lozim darajada o’tkazmaganlik oqibatida
xo’jalik yurituvchi sub’ektga va (yoki) auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga etkazilgan zarar,
shu jumladan boy berilgan foyda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi shart.
Shuningdek, auditorlik tashkilotining javobgarligi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi
336 moddasiga muvofiq ikki taraflama shartnomani bajarmaslik oqibati-da ham vujudga keladi.
Unda ko’rsatilishicha: agar ikki taraflama shartnomada bir taraf o’zi javobgar bo’lgan vaziyat
tufayli uni bajarishi mumkin bo’lmay qolsa, ikkinchi taraf, basharti qonunda yoki shartnomada
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, shartnomadan voz kechishga va shartnomaning
bajarilmasligi tufayli etkazilgan zararni undirib olishga haqli.