Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

 
Shu bilan birga auditor zarur hollarda uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan 
axborotni xo’jalik yurituvchi sub’ektdan olishga ham haqli. 
 
Ishonchli auditorlik xulosasi tuzishi uchun barcha axborotlar xo’jalik yurituvchi sub’ekt 
tomonidan taqdim etilmagan hollarda auditor tekshiruv o’tkazishdan bosh tortishi va bu holni №70-
«Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot haqidagi auditorlik xulosasi» nomli AFMS ga muvofiq 


«Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish to’g’risidagi arizasi» bilan 
rasmiylashtirishi mumkin. 
 
Bulardan tashqari auditorlik tashkiloti zaruratdan kelib chiqib tekshiruvda ishtirok etishga 
boshqa auditorlar va mutaxassislarni ham belgilangan tartibda jalb etish huquqiga ega. 
 
Auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi 
mumkin. 
 
Auditorlik tashkilotlarining majburiyatlari. Auditorlik tashkilotlarining majburiyatlari 
«Auditorlik faoliyati to’g’risida» gi qonunning 7-moddasida belgilangan. Unda ta’kidlanishicha, 
auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyati bilangina shug’ullanishi mumkin. Ushbu qonunning 3-
moddasiga muvofiq «auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik 
tekshiruvlarini o’tkazish va boshqa shu bilan bog’liq professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi 
tadbirkorlik faoliyati tushuniladi» 
 
Shuningdek, auditorlik tashkilotining zimmasiga quyi-dagi majburiyatlar yuklatiladi:
 
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganida ushbu Qonun hamda boshqa qonun 
hujjatlarining talablariga rioya etishi;
 
auditorlik tekshiruvi o’tkazishga doir shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachining talabiga 
binoan auditorlik faoliyatini o’tkazish huquqini beruvchi tegishli litsenziyani, auditor 
(auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etishi;
 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning so’roviga binoan auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha 
qonun hujjatlarining talablari to’g’risidagi, auditorning e’tirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining 
normalari to’g’risidagi axborotni taqdim etishi;

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin