hisoblanadi. Auditning predmetiga xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga dolzarb masalalarda konstalting xizmatlarini ko’rsatish ham kiradi. Auditorlar va auditorlik tashkilotlari korxonalarga o’zaro tuzilgan shartnomalarga asosan «Biznes reja» tuzish, hisob siyosatini belgilash, soliqlarni to’g’ri hisoblash, mahsulot tannarxini aniqlash, moliyaviy hisobot tuzish kabi masalalarda yaqindan yordam beradilar. 1.4. Audit fanining uslublari
Auditning o’ziga xos usullari va uslubiyati mavjud. Bu usullar auditning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Korxonada audit o’tkazish mutaxassis auditordan ma’lum bilimni va ish tajribasini talab qiladi. Bozor sharoitida turli mulkka asoslangan korxona va firmalarning faoliyatlari bir-biridan farq qiladi. Ularning so’nggi moliyaviy natijalari ham turli operatsiyalar va omillar tufayli shakllanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining qabul qilingan qonun-qoidalarga monandligini ekspertiza qilish, baholash, asosli xulosalarga kelish va tavsiyalar berish auditordan ko’p bilim va saviyani talab qiladi. Audit natijasida ishonchli xulosaga kelish ushbu jarayonda qo’llaniladigan usullarga bevosita bog’liqdir. Ushbu usullarning turi ham ko’p. Audit uslubining asosida mantiqiy mulohaza, ilm-fan yutuqlari, xo’jalik jarayonining o’zgaruvchanligi yotadi. Korxonalar faoliyatidagi operatsiyalar tufayli mablag’lar bir shakldan boshqa shaklga o’zgarib turadi. Ushbu jarayon natijasida korxona samara (naf) olishi kerak. Bu samara, o’z navbatida qabul qilingan qonun-qoidalarga to’liq amal qilingan holda erishilgan bo’ladi. Noqonuniy operatsiyalar mijozlarga faqat zarar keltiradi, xolos. Audit jarayonida iqtisodiyotimizga xos bo’lgan xalqaro amaliyotda keng foydalaniladigan usullar qo’llaniladi. Auditor audit usullarini mustaqil ravishda belgilaydi va