b) bajarilishi lozim bo’lgan nazorat amallarining mazmunini, o’tkazish vaqtini va hajmini aniqlash; Auditni rejalashtirish kutilayotgan ishlar rejasini tuzish va auditorlik dasturini ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Kutilayotgan ishlar rejasida quyidagi ko’rsatkichlar aks ettiriladi:
audit o’tkazish muddati va ishlarning davomiyligi;
bajariladigan ishlar hajmi;
auditor qo’llaydigan usullar va amallar. Auditor o’z rejasini tekshiriladigan korxona rahbariyati va xodimlari bilan muhokama qilishi mumkin. Bu o’tkaziladigan auditning ta’sirchanligini oshirish va auditorlik amallarini korxona xodimlari faoliyati bilan muvofiqlashtirishga imkon yaratadi. Auditor rejani yaxshi va sifatli tuzish hamda ishlarning kutilayotgan hajmini aniq hisobga olish uchun eng avvalo:
auditorlik tekshiruvi o’tkazish shartnomasi shartlarini o’rganishi;
o’tkaziladigan auditning eng muhim masalalarini ajratib olishi;
maxsus e’tibor talab qiladigan shartlarni aniqlashi;
tekshiriladigan korxona faoliyatining predmetini hisobga olgan holda yangi qonunlar, nizomlar, yo’riqnomalar va boshqa aloqador me’yoriy hujjatlarning auditga ta’sirini o’rganishi;
tekshiriladigan korxonaning hisob tizimi va ichki audit tizimining ishonchlilik darajasini aniqlashi;
ichki auditorlarning ishlarini va ularni auditga jalb qilish mumkinligini tahlil qilishi;
korxonaning alohida balansga ajralib chiqarilgan filiallari, vakolatxonalari, bo’limlari va maxsus bo’linmalarida audit o’tkazish maqsadga muvofiqligini o’rganishi;
ekspertlarni jalb qilish zarurligini aniqlanishi lozim.