audit rejasi va auditorlik tekshiruvlar dasturiga taalluqli maqsadiga bog’liq. Shartnomadan
kelib chiqqan holda boshqa maqsadlar ham, jumladan hisobni tashkil etishning
samaradorligini baholash, to’lov layoqatini, rentabellikni va boshqalarni bashoratlash ham
aniqlanishi mumkin.
2. Tanlangan auditorlik amallari №3-«Auditni rejalashtirish» nomli AFMS ga muvofiq
auditor tomonidan auditorlik tekshiruvi dasturida ko’rsatilishi lozim. Bunda auditorlik
amallaridan qaysilarini (nazorat vositalari testi yoki mohiyatan tekshirishlar) va qaysi
uchastkalarda qo’llash maqsadga muvofiqligini aniqlash zarur.
Etarli darajadagi va ishonarli dalillarga ega bo’lish uchun mohiyatan o’tkaziladigan
auditorlik amallari va analitik amallardan foydalaniladi. Auditor hisob va hisobotning
ma’lum bo’limlarini tekshirishda qo’llaniladigan auditorlik amallarini batafsil bayonini
dasturda aks ettirishi zarur. Bunda ayrim muomalalarni tekshirishda qo’llaniladigan amallar
mazmuni aks ettirilgan, oldindan ishlab chiqilgan taxminiy ro’yxatlardan foydalanish
mumkin.
3. Auditorlik dalillarini olish usullari (qayta hisoblash, inventarizatsiya, xo’jalik
muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishi, tasdiqlash, og’zaki so’rov, hujjatlarni
tekshirish, kuzatib chiqish, analitik amallar) standartda keltirilgan.
Auditor quyidagilarni aniqlaydi: muayyan vaziyatda qanday usullarni qo’llashi; u
yoki bu usulni qaysi ob’ektlarga nisbatan (aktivlar, passivlar, majburiyatlar, sub’ektlar va
hokazo) qo’llash zarurligi auditorlik amallarini qanday ketma-ketlikda bajarishni.
Auditor tomonidan olingan dalillarning etarliligi va ishonarliligi turli amallar, usullar
va zarur dalillarni olish manbalarini muvofiqlashtirish natijasida ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: |