tekshirishlar dasturini tuzish chog’ida mustaqil hal qiladi. O’zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati milliy standartlariga muvofiq auditor quyidagilarga asosan etarli dalillarni to’plashi lozim: ichki nazorat vositalarini tekshirish; schyotlar bo’yicha qoldiqlar va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’riligini tekshirish; tahliliy amallar. Ichki nazorat vositalarini muvofiqlik uchun tekshirish auditorlarga ichki nazorat tizimida ko’zda tutilgan tadbirlar va amallarning samaradorligi (samarasizligi) to’g’risida dalillar to’plashiga imkon beradi. Schyotlar bo’yicha qoldiqlar va oborotlarning buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirilishini batafsil tekshirish muayyan muomalalarning mazmunini va xatolarini aniqlash uchun o’rganishni nazarda tutadi. Batafsil tekshirish odatda auditor tomonidan tekshiruv maqsadini, tanlashning rejalashtirilgan ko’lamini va uning ob’ektlarini saralab olishni hisobga olgan holda tanlov to’plamini shakllantirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Tahliliy amallar mijoz korxonaning muhim moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlarini, kutilmagan va buxgalteriya hisobida noto’g’ri aks ettirilgan xo’jalik muomalalarini aniqlash, shuningdek bunday xatolar va chalkashliklarning sabablarini aniqlashni ko’zda tutadi. To’plangan auditorlik dalillari buxgalteriya hisobining yo’lga qo’yilishini va ichki nazorat tizimini o’rganish hamda baholash to’g’risidagi yozuvlar, bayonnomalar, jadvallar va blankalar shaklida auditorning ishchi hujjatlarida aks ettirilishi lozim. Ishchi hujjatlarda auditorlik amallarining rejalashtirilishi va bajarilish natijalarini ham aks ettirish zarur. Auditorlik dalillarini to’plash ketma-ketligini quyidagicha: 1. Auditorlik dalillarini to’plashning maqsadini shakllantirish shartnomaning umumiy