Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


olingan dalillar to’plamining qaror qabul qilish uchun etarliligini ham aniqlash zarur



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə299/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

olingan dalillar to’plamining qaror qabul qilish uchun etarliligini ham aniqlash zarur.
Xulosa qilib aytganda, auditor moliyaviy hisobotning u yoki bu moddasi bo’yicha 
jiddiy xatolar yo’qligi haqida ishonch hosil qilishi lozim.
 
 
8.4. Auditorlik dalillarni olish usullari. 
Auditor auditorlik dalillarini to’plashda har xil usullardan foydalanadi. №50-
«Auditorlik dalillar» nomli AFMSda keltirilgan asosiy usullarning mazmunini ko’rib 
chiqamiz. Bular: mijoz-korxonaning arifmetik hisob-kitob-larini tekshirish (qayta hisoblash); 
inventarizatsiya; ayrim xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishini 
tekshirish; tasdiqlash; xo’jalik yurituvchi sub’ekt va mustaqil (uchinchi) tomonlar 
xodimlarini og’zaki so’rovdan o’tkazish; hujjatlarni tekshirish; ko’rib chiqish; tahliliy 
amallar; muqobil balans tuzish kabi usullardir.
Mijoz korxonaning arifmetik hisob-kitoblarini tekshirish (qayta hisoblash) uning 
mazmuni hujjatlar va buxgalteriya yozuvlarining arifmetik aniqligini tekshirish hamda 
mustaqil hisob-kitoblarni bajarishdan iborat.
№50-«Auditorlik dalillar» nomli AFMSda qayta hisoblashlar tanlab amalga oshirilishi 
tavsiya qilingan. Tanlash ko’lami va uning elementlari auditor tomonidan ichki nazorat 
tizimining ahvolini hisobga olgan holda mustaqil aniqlanadi.


Hujjatni rasmiylashtirishdan hisobot tuzilgunga qadar ma’lumotlarni shakllantirish 
ustidan o’rnatilgan samarali ichki nazorat tizimi (moddiy javobgar shaxslarni o’zaro 
qarama-qarshi tekshirish, rahbariyat, bosh buxgalter va buxgalterlar tomonidan nazorat) 
sodir bo’lishi mumkin bo’lgan arifmetik xatolarni, natijada auditorlik riskni pasaytiradi.
Qo’lda to’lg’azilgan hujjatlar va hisob registrlari (ma’lumotnomalar va hisob-kitoblar, 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin