bo’linmalarning bitim hamda operatsiyalariga taalluqli so’rovlar qilishi mumkin. Boshqa auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy axboroti tekshiruvining borishi haqida asosiy auditorni muntazam xabardor qilib turadi. Asosiy auditorga boshqa auditorning so’rovnomasi yozma shaklda bayon etilishi, sana qo’yilishi va asosiy auditorga tilxat orqali berilishi lozim. So’rovnomada asosiy auditor boshqa auditorga javob qaytarishi kerak bo’lgan muddat ko’rsatiladi. Asosiy auditor boshqa auditordan so’rovnoma olgan taqdirda boshqa auditorning so’rovnomasida ko’rsatilgan muddatni hisobga olgan holda yozma shaklda javob yo’llashi lozim. Asosiy auditorning boshqa auditorga javobi aniq bo’lishi lozim. Asosiy auditorning maktubiga sana qo’yilishi va boshqa auditorga tilxat orqali berilishi lozim. Asosiy auditor tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik hisobotiga xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy axborotiga taalluqli boshqa auditorning hisobotiga kiritilgan axborotlar ham qo’shiladi. Asosiy auditor tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini boshqa auditor ham imzolaydi. Boshqa auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy hisobotiga taalluqli o’z hisobotining haqiqiyligi uchun javobgar bo’ladi.
Agar asosiy auditor boshqa auditorning ishidan foydalanib bo’lmaydi degan xulosaga kelgan bo’lsa, asosiy auditorning o’zi esa boshqa auditor tomonidan tekshirilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy hisobotiga taalluqli qo’shimcha taomillarni bajara olmasa, u auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi tufayli