232
ko‘ra balanslashgan daromadlar va xarajatlar tizimiga ega bo‘lishlari hamda
mahalliy byudjetlarning haqiqatdagi taqchilligiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Shu
sababli mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlarini balanslashtirish va
ularning taqchil bo‘lmasligini ta’minlash maqsadida byudjet amaliyotida
byudjetlararo munosabatlar mexanizmlariga murojaat qilinadi.
Byudjetlararo transfertlar — O‘zbekiston Respublikasining respublika
byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy byudjetlariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga hamda buning
aksicha o‘tkaziladigan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika
byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar
byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga hamda buning aksicha
o‘tkaziladigan mablag‘lar. Byudjetlararo transfertlar subvensiyalar, o‘tkazib berila-
digan daromadlar, dotatsiyalar, byudjet ssudasi, o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha
mablag‘lar va maqsadli ijtimoiy transfertlar shaklida amalga oshiriladi.
Subventsiyalar asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat
byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilangan xarajatlarni
amalga oshirish uchun ajratiladi. O‘zbekiston Respublikasining respublika
byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy byudjetlariga beriladigan subventsiyalarning miqdorlari asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlari
tasdiqlanayotganda belgilanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika
byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar
byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga beriladigan subventsiyalarning
miqdorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent
shahar
hokimlari
tomonidan
belgilanadi.
Foydalanilmagan
subventsiyalar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi byudjetga
qaytarilishi kerak
99
.
5>
Dostları ilə paylaş: