Moliyaviy risk va uni kamaytirish yo`llari-932 Shurmurodov Farhod Shokir o`g`li
Loyiha smeta qiymatining oshish riskigaquyidagilar sabab bo’lishi mumkin: loyihalash jarayonidagi xatolar, pudratchilarning resurslardan samarali foydalanishni ta’minlay olmasligi, loyihani amalga oshirish shartlarini o’zgarishi va boshq.
Qurilishni o’z vaqtida tugallanmaslik riskiga quyidagilar ta’sir ko’rsatadi: pudratchilarning o’z majburiyatlarini bajarmasliklari; tashqi shart-sharoitlarning o’zgarishi, qurilish ishlari muddatining cho’zilib ketishi natijasida qo’shimcha xarajatlar kelib chiqishi: kredit bo’yicha foizlarni hisoblash, narxlarning inflyatsiya natijasida o’sishi oqibatida ish va material qiymatining oshishi kabi qo’shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, bu risk natijasida kelgusidagi ob’ektga xom ashyo etkazib beruvchilar bilan va kelgusidagi loyiha mahsuloti iste’molchilari bilan shartnomaviy munosabatlar to’xtashi mumkin.
Ish va ob’ekt sifatining pastligi riski pudratchilar majburiyatining buzilishi, loyixalashtirishdagi xatolar va boshqalar natijasida kelib chiqishi mumkin. Ob’ekt sifatining pastligi natijasida loyiha bo’yicha qo’shimcha investitsion harajatlar qilinishi kerak bo’ladi. Bu xarajatlar kamchiliklarni tuzatishga sarflanishi mumkin. Agar kamchilik saqlanib qoladigan bo’lsa, loyiha mahsulotini ishlab chiqarishga qo’shimcha xarajatlar qilish kerak bo’ladi.
Konstruktsion va texnologik risk. Konstruktsion risk - bu investitsiya fazasidayoq loyihaning texnik amalga oshmaslik riskidir. Bu loyiha hujjatlarini ishlab chiquvchilarning xatolari, bu hujjatlarni ishlab chiqishda zarur bo’lgan ma’lumotlarni etarli yoki aniq emasligi natijasida ro’y berishi mumkin. Texnologik risk - bu ishlab chiqarish texnologiyalarining sanoat darajasida qo’llanilmasligi natijasida ma’lum texnik-iqtisodiy parametrlardan ob’ekt ekspluatatsiyasidagi cheklanishlar riski. Bunga ekspluatatsiya xarajatlarining oshishi, ekologik me’yorlarga mos kelmaslik kabilar ta’sir etadi.
Ishlab chiqarish riski - bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni yuzaga kelish riski. Bu ishlab chiqarish davomiyligining buzilishida, ob’ektning loyihaviy quvvatga erishmasligida, qo’shimcha ishlab chiqarish xarajatlarida namoyon buladi. Ishlab chiqarish riskining bir turi bu texnologik riskdir. Bu risklar ta’minotdagi uzilishlar, resurs zaxiralarining etishmasligi, xom ashyo sifatining pastligi, transport masalalari va boshqalar sabab kelib chiqadi. Ishlab chiqarish xarajatlarining yuqori darajasi xarajatlarni xato hisoblash, xom ashyo va boshqa resurlar miqdori va sifatiga ma’lum talablarni aniq emasligi natijasida bo’ladi.
Boshqaruv riski - bu ishlab chiqarish riskining bir turi, boshqaruvchi shaxsning tajriba va malakasini etarli darajada emasligi natijasida ro’y beradi. Ayrim hollarda, boshqaruv riski deganda, loyiha faoliyatining barcha faza va bosqichlaridagi menejment darajasining pastligi va xatolari bilan bog’liq risklar tushuniladi.
Sotish riski - bu loyiha mahsuloti sotish xajmining va shu mahsulot baxosining kamayish riskidir. Sotish riski bozor kon’yunkturasining o’zgarishi, marketing yoki baxo riski deb ham ataladi. Sotish riski, ayniqsa bahoni taxmin qilish ancha qiyin bo’lgan, yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq loyihalarda yuqori bo’ladi.
Moliyaviy riski. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari: a) kredit riski; b) valyuta riski; v) foiz stavkasini o’zgarish riskidir. Kredit riski - bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo’yicha to’lov majburiyatlarini to’liq yoki umuman to’lay olmaslik riski. Bu risk asosan loyihani moliyalashtirishda loyihani kreditlovchi bankning riskidir. Valyuta riski - bu risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va xokimiyat mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori bo’ladi. Bu risk loyiha mahsulotini sotishdan olinadigan valyuta bilan kredit valyutasi bir xil bo’lmagan hollarda yuzaga keladi. Foiz stavkasining o’zgarish riski - bu risk kredit resurslari o’zgaruvchan stavkada qo’llanilganda ro’y beradi. Bunday resurslarni jalb qilishda loyihada qo’llanilgan kapital qiymatining oshishi va mahsulot rentabelligining kamayish xavflari mavjud bo’ladi.