Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə123/192
tarix22.10.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#159868
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   192
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

Sotuv bo‘limi – firmaning o‘z mahsulotlarini vositachilar va savdo korxonalari orqali sotilishini tashkil qilish bilan shug‘ullanadi.

Korxona rahbariyati – yirik sotuv jarayonlarida, masalan, investision tarmoqlarga tovar, xomashyo, ayrim texnik vositalar kabilarni sotishda ishtirok etadi. Kerak bo‘lganda kommivoyajerlar faolyatini qo‘llab-quvvatlaydi, ishbilarmonlik aloqalari katta ahamiyatga ega.

Konsignator – eksportyordan o‘z omboriga tovar konsignatsiya shartnomasida belgilangan muayyan shartlarda sotadi. Shartnomada jo‘natilgan tovar nomi, narxi, sotish muddati va boshqalar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Konsignator tashqi savdo ishlaridagi komissionerlarning ko‘rinishlaridan biri, lekin u tovarlar savdosini konsignat belgilagan narxlarda, uning hisobiga, ammo o‘z nomidan olib boradi.

Agentlik harakat (ish)lari – prinsipial, deb ataladigan bir savdo va tijorat tomonning agenti topshirig‘idan iborat.
Sanoat agentlari muayyan joylarda o‘zaro raqobatda bo‘lmagan bir qancha sanoat tovarlarini sotish bilan shug‘ullanadilar. Aksariyat hollarda savdo agentlari kommivoyajerlar, deb yuritiladi.


Kommivoyajer – korxona xizmatchisi bo‘lib, u mijozlarni qidirish, ularga tovarni tanishtirish, ularning talabini shakllantirish bo‘yicha ish olib boradi. Kommivoyajerlar faoliyati, vakolatlari firma rahbariyati tomonidan tartibga solib turiladi. U firmadan uzoq hududda tovarni sotish, mijozlarni topish bilan shug‘ullanadi. Ya’ni uni fransuz tilida “sayohatchi sotuvchi”, deb ham atashadi. Kommivoyajer - savdo firmasining namunalarini sotuvchi sayyor agenti.
Kommivoyajer – ulgurji savdo qiluvchi tovarni nafaqat sotadi, shuningdek, sotilgan tovarni xaridorga yetkazib ham beradi.


Sotuvchi vakolatxona – bu tashkilotlar mustaqil yuridik shaxslar bo‘lib, bir necha firmalar bilan shartnoma tuzib ishlaydi. Bunday vakolatxonalar mustaqil faoliyat olib boradi, iste’molchilardan buyurtmalar oladi, texnologik majmualarni shakllantiradi, ta’minotchi shaklida ish olib boradi, ko‘rgazmalar tashkil etib, ishlab chiqaruvchi firma mahsulotlariga ulgurji xaridorlarni jalb etadi.

Makler – ikki tomon manfaatlaridan kelib chiqqan holda vositachilik qilib, mumkin bo‘lgan shartnomalarni topish va uni bajarish bilan shug‘ullanadi.


Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin