Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə125/192
tarix22.10.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#159868
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   192
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

Ulgurji savdo – tovar va xizmatlar sotilishi bo‘yicha faoliyatlarning hamma turini: qayta sotish maqsadida ularni kim sotib oladi, professional foydalanish yoki biznesda foydalanish kabilarni o‘z ichiga oladi. Ulgurji sotuvchilar ishlab chiqaruvchilarga tovarlarni ko‘plab turli xil savdo korxonalariga va ishlab chiqarish iste’molchilariga samarali yetkazib berish, transportirovka qilish, omborga joylashtirish, moliyalashtirish, tavakkalchilikni qabul qilish, savdoni rag‘batlantirish kabilarda yordam beradi.
Ulgurji savdo funksiyasini quyidagilar amalga oshira oladi: ishlab chiqaruvchining iste’mol bozorida 40 % atrofida ulgurji savdoni ta’minlovchi savdo idorasi yoki filiali, tijorat ulgurji firmalari (50 % atrofida aylanma; agentlar va brokerlar (umumiy ulgurji aylanmaning 10 %).
Savdo idoralari odatda, savdo bozorlari yaqinida joylashadi va tovar zaxiralarini saqlaydi. Filiallar savdo bilan ham, saqlash bilan ham shug‘ullanadi. Savdo idoralari va tayyorlovchi filial orqali ulgurji savdo, agar iste’molchilar geografik jihatdan bir joyga yig‘ilgan va shuningdek, mahalliy ulgurji sotuvchilar bilan kelishish imkoni bo‘lmasa yoki bozor infratuzilmasi rivojlanmagan bo‘lsa, foydali hisolanadi.
Mustaqil ulgurji tijorat tashkilotlari o‘zlari ish olib boradigan hamma tovarlarga mulkchilik huquqini sotib oladi va sotuvdan keladigan foyda hisobiga faoliyat yuritadi. Ulgurji tashkilotlar xizmat ko‘rsatishning to‘liq yoki cheklangan sikliga ega bo‘lganlaridan farqlanadi.
Xizmat ko‘rsatishning to‘liq sikliga ega ulgurji sotuvchilar tovar zaxiralarini saqlash, sotuvchilar bilan ta’minlash, kreditlash, tovarni yetkazib berishni ta’minlash kabi xizmatlarni ko‘rsatadi. O‘z xarakteriga ko‘ra ular ulgurji sotuvchilar yoki ishlab chiqarilgan tovarlarni tayinlangan joyga yetkazib beruvchi distribyutorlardir.
Ulgurji sotuvchilar (dilerlar) asosan, chakana sotuvchilardan farqli ravishda ularga to‘liq xizmat ko‘rsatgan holda iste’mol tovarlarini sotadilar.
Ulgurji savdo – umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko‘pchilik vazifalarni bajaradi. Ulgurji savdoning ahamiyati:
  • chakana savdoga ishlab chiqarish firmalarning tor assortimentini kengaytirib taklif etadi;


  • katta hajmda tovar sotib olib, muomala xarajatlarini kamaytiradi;


  • yuqori malakali tovarshunos va marketologlar bilan tovarlar bozorini chuqur o‘rganadi;


  • tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zaxiralarini shakllantiradi;


  • ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo o‘rtasida mustahkam aloqa bog‘laydi, ularga moliyaviy yordamlashadi va boshqalar;


  • ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi maxsus tijorat firmalari - ulgurji savdo bazalari, omborlari va tovar birjalari shaklida, xususiy, hissadorlik, qo‘shma va davlat mulkiga asoslangan bo‘lishlari mumkin.


Ulgurji savdo bazasi –mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi, maxsus ombor xo‘jaligiga va malakali xodimlarga ega bo‘lgan firma mavqeyida ishlaydi. U tovar assortimentlarini qabul qilish, saqlash va iste’molchilarga yetkazib berish jarayonini tashkil etadi.


Tovar birjalarining ulgurji savdo bazalari faoliyatidan farqi, ular tovarlarni sotib olish va qayta sotish bilan shug‘ullanmaydi, ombor xo‘jaliklari ham yo‘q, ular faqat vositachilik qiladi. Agent va brokerlar vositachilik ishini bajaradi, ammo moddiy javobgarlikni bo‘yniga oladi.
Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar distribyutorlari uni chakana sotuvchilarga emas, ustuvor ravishda ishlab chiqaruvchilarga sotadilar.
Xizmat ko‘rsatish sikli cheklangan ulgurji savdo qiluvchilar o‘z mijozlariga kamroq xizmat ko‘rsatadilar. Ular tovarni naqd hisob-kitob bilan sotib oladigan, lekin xaridorga yetkazib bermaydigan ulgurji sotuvchilar.



Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin