Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə124/192
tarix22.10.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#159868
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   192
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

Sotuv shaxobchalari – (filiallari) iste’molchiga yaqin bo‘lgan joylarda savdoni tashkil qilish bilan shug‘ullanuvchi yirik korxona tomonidan shakllantiriladi. Savdo shaxobchalarining asosiy foydasi iste’molchilarga tovarlarni tez yetkazb berish va bozor konyunkturasini o‘rganishdan iborat.
Savdo–vositachilik ishlarining yana bir turi - komission faoliyatdir. Komissioner, deb ataladigan bir tomonning komitent, deb ataladigan ikkinchi tomon topshirig‘i bilan ikkinchi tomon hisobidan, ammo o‘z nomidan bitimlarni amalga oshirishdan iborat faoliyat turi. Komitent bilan komissioner o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar komissiya shartnomasi bilan tartibga solinadi.


Savdo sindikatlari – bunday tashkiliy firmalar bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar tarmoqlarida (yoqilg‘i, sement, metall, o‘g‘itlar) va qattiq raqobat sharoitida faoliyat ko‘rsatadi. Ishlab chiqaruvchi korxona marketing tadqiqotlari asosida mumkin bo‘lgan tarqatish kanallari strukturasini aniqlaydi va mavjud resurslar orqali hamda o‘z shaxsiy ta’minotchilari bilan sotuv faoliyatini amalga oshiradi. Ishlab chiqaruvchi firmalar uchun mustaqil ravishda tovar va xizmatlarni tarqatish samarasiz bo‘lsa, ular boshqa samaraliroq tarqatish kanallaridan foydalanib ish ko‘radi.

11.2. Ulgurji va chakana savdo

Tovarlarni ishlab chiqarilgan joyidan foydalaniladigan joyiga tarqatish (distributsiya) savdo kanalida ishlovchi ulgurji yoki chakana tashkilotlar yoki alohida shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchining yangi mahsuloti taklifi bozordagi talabdan yuqori bo‘lsa, distribyutor xizmatidan foydalanadi. Distribyutor funksiyasini ulgurji va chakana savdo tarmoqlari bajarishi mumkin.




Ulgurji savdo – ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida vositachi bo‘lib, u bir yo‘la ham ishlab chiqaruvchi, ham iste’molchiga xizmat qiladi. Ishlab chiqaruvchi uchun ulgurji savdo foydali bo‘lib, u o‘z bozorini kengaytirish va xarajatlarni kamaytirish imkoniga ega bo‘ladi.
Ulgurji korxonalar quyidagi qoidalarga asoslanib ishlashi kerak:

  • Bozorlarni chuqur o‘rganish, tovarlar uchun bozorni tanlash.


  • Xarajatlar tarkibini kuzatib borish, omborlar, ishchilarga keta-digan xarajatlarni tahlil qilish.


  • Ulgurji savdoni barcha texnologik ketma-ketlikda bajarish, operatsiyalarning daromadliligini nazorat qilish (ulgurji shaklida sotib olish, saqlash, qadoqlash, nav (sort) larga ajratish, sotish).


  • Sotiladigan mahsulotlarning imiji va brendi shakllanishiga yordam berish.


Ulgurji firmalar bir tomondan o‘zlari uchun alternativ ishlab chiqaruvchilar izlab, yangi-yangi mahsulotlarni sotib olish va sotishni maqsad qilsa, ikkinchi tomondan yangi sotish bozorlarini ham izlaydi, yangi iste’molchilar segmentini tovarlarga jalb qiladi. Ulgurji firmalar bozorlar haqida axborotga ega bo‘lib, korxonalarni iste’molchilar talablari, bozor holati bilan bog‘liq axborotlar bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga iste’molchilarni bozor konyunkturasi, yangi tovar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtiradi.




Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin