Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə174/192
tarix22.10.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#159868
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   192
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

Firma stili (ingl. house style) — kompaniya tomonidan mahsulot o‘tkazish bo‘yicha reklama xabarlarida, tadbirlarida, veb-saytlarida, tovarlar qadoqlarida, broshyuralarda, savdo va texnikaga oid adabiyotlarda, boshqa nashrlarda foydalaniladigan maxsus, o‘ziga xos, oson tanib, ajratib olinadigan bir uslub. Bu stil logotip, firma ranglari, maket, shrift garniturasi va bosmaxona dizayniga nisbatan olganda yagona uslubda namoyon bo‘ladi. Kompaniyaning firma stili korxonaning kanselyariya jihozlari, emblemasi, savdo nuqtalari, ko‘rgazma pavilonlari, stendlar, xodimlarning yagona bichimdagi maxsus liboslarida aks ettiriladi.

Forfeyting — ko‘pincha, tashqi savdo aloqalarida qo‘llanadigan eksport qiluvchilarni kreditlash shakli, ochiq hisobraqami bo‘yicha kredit. forfeyting operatsiyasi faktoring operatsiyasiga aynan o‘xshaydi. Forfeyting, mablag‘larni jalb etish bo‘yicha forfeytor chiqimlarini kompensatsiyalash, sug‘urta va valuta tavakkallari bilan bog‘liq bo‘lgan ancha ko‘proq xarajatlar bilan birga kechadi, bu sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi kredit munosabatlarining bir shakli bo‘lib, unda sotuvchi tovarni sotib oluvchiga to‘lovsiz jo‘natadi, ammo bir vaqtning o‘zida xaridor kontraktdagi shartlashib olingan muddatda to‘lashi majburiy bo‘lgan tovar hujjatlarini (to‘lovga hisobraqam) ham berib yuboradi. Bundan tashqari sotuvchi xaridorga nisbatan debetiga qarzdorlik kiritib qo‘yiladigan hisobraqami ham ochadi.

Franchayzer — ma’lum bir vaqt mobaynida, maxsus tarzda ko‘rsatib o‘tilgan joyda bitim bilan aniq belgilab qo‘yiladigan shaklda ishlarni yuritish huquqlarini mayda mulkdorga havola etadigan yirik firma (savdo yoki sanoat kompaniyasi). Firma (kompaniya, korxona) uchun franchayzer bo‘lish — bozorda o‘z ta’sir zonasini yanada kengaytirish, xo‘jalik yuritish tavakkallarini kamaytirish usullaridan biridir.

Franchayzi — franchayzer rahbarligi ostida o‘z ishini boshlovchi mayda tadbirkor. Masalan, AQSh restoranlar, gahvaxonalar, buxgalteriya va soliq xizmatlari, yuridik markazlar, kotibiyatlar, mahsulot yetkazib berish byurolari, baholovchilar, avtoservis, oziq-ovqat va baqqollik do‘konlari franchayzi taomili bo‘yicha ishlaydi.

Franchayzing — yirik va mayda kompaniyalar o‘rtasidagi bitimni o‘zida ifoda etuvchi iqtisodiy tashkilot kontraktli tipi bo‘lib, u mayda kompaniyalarga kompaniya uchun asosiy sanalgan faoliyat turi bilan shug‘ullanishga, shuningdek, uning savdo markasidan foydalanishga ruxsatnoma olish huquqini beradi.

Franshiza — sug‘urta shartnomasining sharti, bunda sug‘urtachining ayrim miqdordan oshirilmagan zarar to‘lovlaridan ozod qilinishi ko‘zda tutiladi.


Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin