Narx shakllantirish
|
Narx shakllanishining taktika va strategiyasini ishlab chiqish, tovar hayotiylik davrining turli bosqichlarida turli bozorlar uchun narx matritsasini ishlab chiqish, joriy narxlarning o‘zgarish mexanizmini ishlab chiqish, raqobatchilar narxi tahlili, yangi tovarlar narxini belgilash va h.k.
|
Marketingmenejment
|
Marketingni boshqarishni tashkil etish, kontrolling, marketing xizmati tarkibiy qismini ishlab chiqish, marketing faoliyatidagi qarorlarni optimallashtirish, audit-marketing, marketing xizmati faoliyatining samarasini baholash.
|
Marketing faoliyati funksiyasi esa keng qamrovli bo‘lib, u quyidagi funksiya osti vazifalarini o‘z ichiga oladi.
Tashqi muhit tahlili.
Ishlab chiqarish dasturlarini muvofiqlashtirish va firmaning ishlab chiqarish salohiyatini tahlil qilish.
Bozor va iste’molchilarni o‘rganish.
Tovar siyosatini o‘rganish.
Tovar harakati va sotuvni shakllantirish.
Bozorda firma maqsadlari va strategiyasini asoslash.
Marketing faoliyatini boshqarish.
Marketing faoliyati vazifalari samarasini baholash.
Firma mahsulotlari va xizmatlarini ekologik sof va ijtimoiy-etik normalarga mos kelishini ta’minlash.
Marketing faoliyati funksiyalarining keng qamrovligi va ulardan qaysi vaqtda foydalanish kerakligi juda ko‘p omillarga bog‘liq. Jumladan, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ishchilar soni, asosiy fondlar tarkibi, tashkiliy boshqaruv strukturasining takomillashganligi, moliyaviy ta’minlanganlik va hokazo. Amaliyotda marketing faoliyatining funksiyalari ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, firmaning konkret davr ichidagi texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlariga qarab u yoki bu vazifani bajarish maqsad qilib qo‘yiladi. Korxona marketing xizmatida ko‘proq quyidagi funksiyalar bajariladi: 1-marketingni tashkil qilinganlik darajasini baholash; 2-marketingni rejalashtirish; 3-marketingni tashkil qilish; 4- sotuv; 5- reklama; 6-yangi tovarni ishlab chiqish.
Hozirgi sharoitda marketing funksiyasi tobora kengayib, uning integrallashgan, ya’ni firmaning barcha bo‘limlari bilan muvofiqlashgan funksiyasi shakllanmoqda. Buning tub ma’nosi shundan iboratki, firmadagi barcha funksiyalar asosiy maqsadga erishish uchun yo‘naltirilgan va bir — biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi kerak. Marketingning integrallashgan funksiyasi firma barcha bo‘limlari funksiyalari bilan muvofiqlashgan va firmaning samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgandir.
2.3. Bozor faoliyati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish bo‘yicha marketingning vazifalari
Firmaning maqsadiga mos ravishda turli marketing konsepsiyalari ishlab chiqiladi. Istiqboldagi rivojlanish strategiyasi belgilanadi. Korxonaning tashkiliy strukturasi mukammallashtiriladi. Tovarni samarali sotish kanallari aniqlanadi va tanlanadi. Korxonaning atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotlari bilan iste’molchiga zarar yetkazmasligi, atrof-muhitni ifloslantirmasligi, ekologik sharoitga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi shart.
Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar bilan birga marketing axborot bazasini shakllantirish, ulardan to‘g‘ri foydalanish va maqsadga erishish muhim hisoblanadi.
Shunday qilib, marketingning bosh vazifasi firmaning potensial imkoniyatlarini miqdoriy jihatdan to‘g‘ri baholab bozordagi talabga taklifni moslashtirishga harakat qilishdir. Bozor faoliyati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish bo‘yicha marketingning uchta o‘zaro bog‘liq vazifalari mavjud (1986-y. Meffert tomonidan tavsiya qilingan):
Bozor bilan bog‘liq bo‘lgan talabni tartibga solish vazifalari.
Firma va korxona faoliyatiga bog‘liq vazifa.
Tashqi muhit va ijtimoiy tashkilotlar bilan bog‘liq vazifalari.
Marketing vazifalari ma’lum ketma-ketlikda firmaning maqsadlariga muvofiq ravishda shakllanadi.
2.3 - jadval Bozor maqsadlariga tegishli marketing vazifalari
Dostları ilə paylaş: |