Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


Tashkilotning tizim sifatidagi tashqi muhiti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə45/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

Tashkilotning tizim sifatidagi tashqi muhiti
54

Tashqi muhit tashkilotga to‘g‘ridan to‘g‘ri va vositali ta‘sir ko‘rsatadi. Davlat


va qonunchilik idoralari, institutlar, kasaba uyushmalar, ilmiy va innovatsion
tashkilotlar, ishlab chiqarish omillari bozorlari, sarmoyadorlar, raqiblar, yetkazib
beruvchilar, ist‘emolchilar, kasbiy vositachilar va h.k. to‘g‘ridan to‘g‘ri ta‘sir
ko‘rsatish muhitining muhim elementlari bo‘ladilar. Xalqaro sotsial-madaniy va
iqtisodiy muhit, siyosiy, ekologik omillar, fan va texnikaning holati, hamda
jamiyatni qadriyatli yo‘naltirilishi va uning innovatsion g‘oyalarga moyilligi
vositali ta‘sir ko‘rsatish muhitining tarkibiy qismlari bo‘ladilar. Firmaning ichki
54
Yo‘ldoshev N.Q. va boshqalar. ―Innovatsion menejment‖. Darslik. T:.TDIU, 2012.
Tаshkilot 


103
muhiti omillariga, masalan, ilmiy-texnik salohiyat, ruhiy holat, infratuzilma,


xodimlar malakasining darajasi va h.k. kiradi.
Tizimning elementlari mustaqil va sifatli bo‘linmaydigan birlikdir. Bir birlari
va atrof muhit bilan o‘zaro hamkorlikni ular moddiy, energetik va axborotli muhit
bilan ta‘riflaydilar. Belgilangan yaxlitlik va maqsadga yo‘naltirilganlikka ega
o‘zaro hamkorlik qiluvchi elementlarning masofaviy – vaqtli yig‘indilari vazifaviy
tizimchalarda ajratadilar. Tizimni tizimchalarga bo‘linishi tizimning iyerarxiyasini
ochishga va uning har xil darajada batafsil tekshirishligini ko‘rib chiqishga imkon
beradi.
Tizimning murakkabligi iyerarxiya darajalarining soni, tizimda aylanib
yuruvchi axborotlarning hajmi, hamda uning tuzilishining murakkabligi,
elementlarning soni va aloqalari bilan belgilanadi. Aloqalarning yig‘indisi
tizimning tuzilmasini tashkil qiladi. Har bir tizim qo‘yilgan maqsadga erishishga
qaratilgan faoliyat yuritish algoritmiga ega.
Tizimni
tizimning
kiruvchi
boshqaruvchilari,
to‘lqinlanuvchi,
o‘zgaruvchanlari va chiquvchi parametrlari o‘rtasidagi aloqani aks Ettiruvchi
model yordamida shakllantiradilar. Katta va murakkab tizimlar va kichik
tizimlarning yig‘indisidan iborat bo‘ladi va ulardan ham miqdoriy va ham sifatiy
nisbatlarda farq qiladilar.
Katta va murakkab iyerarxik tizimlarga quyidagilar xos:
-umumiy maqsadlarning mavjudligi;
-yaxlitlik va tugallanganlik;
-bajarilayotgan vazifalarning katta miqdorlari va katta soni;
-vazifalarning ko‘p jihatliligi va turli tumanliligi;
-xulqning murakkabliligi va undovchi sabablarning ko‘p jihatliligi;
-musobaqaluvchi, raqobatlashuvchi va har tomonga yo‘naltirilganligi
tendensiyalarining mavjudligi.
Tizimni ichida sodir bo‘layotgan katta tizimlar kabi noaniqlik va
axborotlarning ehtimol bo‘lgan to‘liq emasligi xos bo‘lgan, qarama-qarshi
yo‘nalishdagi jarayonlar uning samaradorligini pasaytirish mumkin.



104
Innovatsion tizimning 4.4-rasmda berilgan murakkab, ko‘p bosqichli, ko‘p


kompozitsiyali tizimini ko‘rib chiqamiz. Kirish, chiqish va tashqi muhit tizimning
tashqi muhiti bo‘ladi. Tizimning kiruvchi parametrlari – bu moddiy, energetik,
axborot va kognitiv (ilmiy bilimlar) oqimlaridir. Chiquvchi parametrlar yangi
jarayonlar, mahsulotlar, xizmatlar, foyda, xodimlarning yangi bilimlari, ishlab
chiqarishni o‘sishi, yangi segmentlar va yangi bozorlarni o‘zlashtirilishi, sotsial
javobgarlik, xodimlarning qanoatlantirilganligidan iboratdir.

4.4- rasm.



Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin