Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


Ochiq tizim sifatidagi tashkilot innovatsion faoliyatini qurishning



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə48/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

Ochiq tizim sifatidagi tashkilot innovatsion faoliyatini qurishning 
tamoyillari.
58

Qurish tamoyillari


Mazmuni
1.Tizimning yaxlitligi Tizim elementlarining yaxlitligi va o‘zaro hamkorligi. Tashqi
ta‘sirlarga tizim yagona bir butun sifatida javob qaytaradi.
Korxonaning avtonom tizim sifatidagi operativ, ishlab chiqarish,
moliya, investitsion, innovatsion, strategik faoliyatining yaxlitligi.
2.Elementlarning
o‘zaro bog‘liqligi va
o‘zaro hamkorligi
Tizimning tarkibiy qismlari to‘g‘ridan to‘g‘ri va teskari aloqa bilan
bog‘langanlar. Masalan ishlab chiqarishning yakuniy mahsuloti
mehnat vositalari, mehnat predmetlari, texnologiyalar, tashkil
qilishlar, xodimlarning o‘zaro hamkorligi asosida olinadi.
3.Vazifalarni
asoslanganligi
Korxona vazifalari beixtiyor emas, balki ishlab chiqarishning
maqsadlari, talabning talablari, resurslarning mavjudligiga muvofiq
shakllanadi va o‘zgaradilar.
4.Iyerarxiklik
Tizimning har qanday gorizontal va vertikal darajalarida elementlar
o‘rtasidagi iyerarxik o‘zaro hamkorlik ta‘minlanishi kerak.
5.Elementlarning
avtonomligi
Tizimning har qanday vertikal va gorizontal darajalarida boshqa
bo‘linmalar harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan vazifalar aniq
chegaralanadilar. Masalan, TNB, xodim, bosh konstruktor xizmatlari,
ishlab chiqarish bo‘linmalari va h.k. bir biriga bog‘liq bo‘lmagan
vazifalarni bajaradilar, ya‘ni avtonom ravishda harakat qiladilar.
6.Moslashuvchanlik,
sinxronlik, bir tekislik
Tizimning barcha bo‘g‘inlari va tarkibiy elementlari vaqtda
sinxronlashtirilganlar va qanday va qat‘iy belgilangan usullar va
yo‘llar, qo‘llanmalar. Texnika xavfsizligi, mehnat muhofazasining
me‘yoriy talablari, ekologik me‘yorlarga rioya qilish, mehnat
jarayonlarining tarifini belgilashdan foydalanishda tashkilotning
asosiy maqsadlari bilan moslashganlar.
7.Moslashuvchanlik,
egiluvchanlik
Tizimni o‘zgarishlarga moslashuvchanligi, masalan, ishlab chiqarish
apparatini yangi texnika, texnologiyalarga moslashuvchanligi,
xodimlarni innovatsion va tashkiliy o‘zgarishlariga moslashuvi.
8.Boshqaruvchanlik
Uskunani ishlashida to‘xtashlar va bekor turishlarni yo‘qligi, ishlab
chiqarish jarayonining har xil bosqichlarining bir tekisligi va
sinxronligi, xodimlarning sababsiz ishga kelmasliklari va kelmay
qolishlarining yo‘qligi. Axborot va moddiy oqimlarning tartibga
solinganligi, boshqaruvchi bo‘g‘inning buyrug‘i bo‘yicha vazifalarni
bajarilishining muntazamligi.
9.Ko‘p vazifaviylik,
ko‘p jihatlik
Tizimning qaytadan yo‘lga qo‘yilishga, yangiliklarni tatbiq etilishiga,
xodimlar tez qayta o‘qitilishiga, navlarni o‘zgarishi va kengayishiga,
qismi yoki to‘liq modernizatsiyalanishga yangilanishga qobiliyati.
10.Ravshanlik
Texnik va ishga doir hujjatlarning yagona atamashunosligi, tizimning
barcha bo‘g‘inlariga nisbatan talablarning yagonaligi, jazolar,
me‘yorlar va tartibga soluvchi bazaning yagona tizimi. Tashqi
ta‘sirlar ta‘siri ostida qaytadan yo‘naltirilishi imkoniyati.
11.Muvofiqlik
Eng
muhim
xususiyat-barcha
bo‘linmalar
harakatlarini
muvofiqlashtirish imkoniyati, asosiy vazifalarga qaratilganlik. Barcha
yuqorida sanab o‘tilgan tamoyillarga rioya qilish bilan ta‘minlanadi.
58
Yo‘ldoshev N.Q. va boshqalar. ―Innovatsion menejment‖. Darslik. T:.TDIU, 2012.



109
Murakkab


quyitizimlarni
boshqarishdagi
asosiy
uslublar
evristik
modellashtirish, ko‘p darajali optimallashtirish bo‘lishi mumkin. Evristik
modellarni xodimlarni boshqarish tizimlariga, ko‘p darajali optimallashtirishesa
ishlab chiqarish va marketingni boshqarish tizimlariga nisbatan qo‘llashda juda
qulaydir.
Ko‘rib chiqilgan boshqaruvchi va boshqariluvchi quyi tizimlar xuddi
ta‘minlash quyitizimi, ilmiy quyitizimi, firmaning mikromuhiti kabi bosh
tizimning, ya‘ni yaxlit tashkilotning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Tashkilot ochiq
tizim sifatida ko‘plab shakllar, faoliyat jihatlari, tashkiliy tuzilmalarning yagonaligi
va missiyasiga ega bo‘ladi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin