Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə56/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

Glossariy 
Ilmiy yondashuv - 
yangi ilmlarning to‘plashning metodlari.

Model – 
yangi mahsulotning kichraytirilgan ko‘rinishi yoki sxemasi.
Mikromuhit – 
tashkilot nazorat qiladigan elementlar.
Tizimli yondashuv
- bu innovatsion faoliyat obyektini tizim ko‘rinishida
o‘rganishda foydalaniladigan uslublar majmuidir.
Tizimning teskari aloqasi
- talablar, mijozlarning reklamasidan,
iste‘molchilardan olingan yangi axborotlar, innovatsiyalar haqida yangi
ma‘lumotlardir.
64
Dr.Borut Likar, «Innovation Management», Korona plusd - Institute for Innovation and Technology,
2013- p.120.



122
5-BOB. KORXOANALARDA INNOVATSION FAOLIYATNI 


TASHKIL QILISH 
5.1. Innovatsiyalarni tashkil qilish tushunchasi.
5.2. Ilmiy, texnik va innovatsion sohadagi tashkilotlarning tavsifi.
5.3. Innovatsion rivojlanishning tashkiliy shakllari.
5.4. Kelajakdagi innovatsion tashkilotlarning xususiyatlari.
5.5. Innovatsiyalar yo'nalishining tashkiliy va bozor determinantlari
5.1.Innovatsiyalarni tashkil qilish tushunchasi 
Tashkilot keng ma'noda qismlar o'rtasidagi o'zaro aloqalarni hosil qilish va
takomillashtirishga olib keluvchi jarayon yoki harakatlar yig'indisini anglatadi.
Xo'jalikda innovatsion menejmentni tashkil etish innovatsiyalarni yagona
boshqarish jarayonida uning barcha elementlarini oqilona moslashtirishga
qaratilgan chora-tadbirlar tizimini namoyon etadi. Innovatsiyalarni boshqarish
jarayoni elementlari mehnat qurollari, mehnat predmetlari, innovatsion menejment
texnologiyasi hisoblanadi.Innovatsion menejmentda mehnat quroli sifatida turli
texnik vositalar (axborotlarni to'plash, tahlil qilish va uzatish uchun mo'ljallangan
apparatlar (kompyuterlar, Internet tarmoqlari, terminallar, elektron qurilmalar,
telefakslar va boshqalar)) xizmat qiladi. Innovatsion menejmentni tashkil etish,
ya'ni aslida innovatsion jarayonda innovatsiyalarni yaratish va amalga oshirishdan
iborat. Innovatsion jarayon kelgusida innovatsion menejment usullaridan
foydalanish samaradorligiga bog'liq bo'lgan mustahkamlik asosi sifatida xizmat
qiladi. U innovatsiyalarning asosiy g'oyasini, yangi mahsulot yoki yangi
operatsiyalarning amal qilish xususiyati va xarakterli qirralarini, ularni
yaratish,amalga oshirish va bozorda ilgari surish xususiyatlari, samarali ilgari
surish bo'yicha chora-taadbirlar kompleksi va muayyan innovatsiyalar diffuziyasi
uchun qanday usullarni qo'llash zarurligini belgilab beradi.
Bilamizki, tashkilot
o‘sib omon qolishi uchun innovatsion jarayonning boshqaruviga e'tibor berishimiz
kerak. Bu nafaqat bavosita ishtirokchilarni tashvishi,balki kattaroq ishtirokchilar



123
galereyasini tashkil etadi- hukumatni, yetkazib beruvchilarni, savdo-sotiq va sektor


organlarini, chunki ular sodir bo‘layotgan samarali yangiliklarni xavotiridadir.
65
Suv xo'jaligi korxonalarida innovatsion menejmentni tashkil etishning
ikkinchi rejasida ushbu yangi mahsulot yoki operatsiyani boshqarish maqsadi
aniqlanadi. Maqsad – bu olish zarur bo'lgan natijadir. Innovatsion menejmentning
maqsadi foyda, pul mablag'larini jalb etish, bozor segmentini kengaytirish, yangi
bozorga chiqish , boshqa institutlarni jalb etish, nufuzini ko'tarish va h.k. bo'lishi
mumkin.
Innovatsion menejmentni tashki etishning navbatdagi muhim bosqichi
innovatsiyalarni boshqarish strategiyasini tanlash hisoblanadi. Innovatsiyani
boshqarish usullari to'g'ri tanlanishi, ya'ni ularning natijaviyligi hamda
samaradorligi to'g'ri tanlangan boshqaruv strategiyasiga bog'liq. Mazkur ikki
bosqichda muhandis, menejer, tahlilchi, ekspert va maslahatchi muhim o'ringa ega.
U ikkita huquqqa ega: tanlash huquqi va mazkur tanlovga javobgarlik huquqi .
66
Iqtisodiy rivojlanishniing innovatsion yo‘naltirilganligi, o‘sib borayotgan
texnologik yangilanish zarurati innovatsion faoliyatda tashkil etish tamoyillari va
o‘zaro tarkibiy-tashkiliy aloqa bog‘lanishlarning qat‘iy mos kelishining
muhimligini alohida ta‘kidlamoqda. So‘z iqtisodiy reallikka innovatsion impulslar
kiritishning optimal yo‘llarini izlab topish haqida boryapti. Innovatsion
o‘zgarishlar kengayib borgani sari innovatsion rivojlanishning funksional-
elementli bazasini ilmiy asoslangan shakllantirishni talab qiladi.
Innovatsiyalarni tashkil qilish uchta muhim jihatni o‘z ichiga oladi:
1.Yangiliklarni birgalikda ishlab chiqish, joriy etish va ularni amalga
oshiruvchi kishilarning birlashmasidan iborat bo‘lgan innovatsion faoliyat
subyekti;
2.Tashkilotning innovatsion faoliyat uchun zarur bo‘lgan vazifalarni
bajarishga yo‘naltirilgan jarayonlar va xatti-harakatlar majmui.
65
Innovation ManagementThird Edition
Joe Tidd
Science and Technology Policy Research (SPRU), University of
Sussex
John Bessant S
chool of Management, Cranfield University
Keith Pavitt 2014-P.110.
66
Аксенова М.А. «Инновационный менеджмент».Воронеж-2015.- C.33.



124
3.Tizimning ichki tartiblanganligini hamda uning elementlari va quyitizimlari


o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar takomillashtirilishini ta‘minlovchi tuzilmalar.Shu nuqtai
nazardan qaralganda innovatsiyalarni tashkil etishni innovatsion faoliyatni
tartiblash jarayoni sifatida, subyekt, firma, institut, innovatsion korxona sifatida,
bo‘linmalarning tarkibi va o‘rnini belgilab beruvchi, shuningdek, innovatsion
faoliyatda amalga oshiriladigan shakllar, uslublar, jarayonlarni chegaralovchi
tashkiliy tuzilmalar sifatida tushunish kerak. Firmaning pozitsiyasi jihatidan
tashkilotga kishilarning innovatsiyalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha birlashmasi
yoki kelishuvi sifatida qarash mumkin. Innovatsion faoliyat subyektlari har xil
turdagi, har xil elementli va har xil o‘lchamdagi firmalar, kompaniyalar,
assotsiatsiyalar, OO‘Yu, ilmiy institutlar, texnopolislar, texnoparklar va hokazo
bo‘lishi mumkin. Ushbu tashkilotlarning barchasi ishlab chiqishni real
yangilanishini amalga oshiruvchi muhim xo‘jalik yurituvchi subektlar hisoblanadi.
5.1-rasm.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin