139
Birinchisi - ichki tuzilmalar, elementlar, omillar va tizimchalarning ichki
o‘zaro hamkorligiga. Bu mo‘ljal markazlashtirishni tugatilishi va bo‘linmalarning
mustaqilligiga asoslangan, bu ularning yuqori manyorvchanligi, operativligi,
tashkiliy shakllarining ko‘pligi, yangi usullarining ixchamligini ta‘minlaydi.
Ikkinchi o‘qi tashqi muhitga qaratilgan, u uzoq muddatli tendensiyalar,
barqarorlikni amalga oshirish bilan bog‘liq. Tizimni tashqi muhitda faoliyat
yuritishi. Tashkilotni rivojlanishining bu ikkinchi tendensiyasi sinergik
(hamkorlik)
samarasini
yaratuvchi
mexanizmni
jipslashishi
va
intergratsiyalashishga asoslangan, u harakatlarning bitta maqsadiga qaratilgan
birlashishlardan tashkil topuvchi samaralarni ko‘payishidan iboratdir. Bu shuni
bildiradiki, u elementlarning oddiy summasidan samaradan ko‘proqdir, ya‘ni o‘zini
o‘zi rivojlantirishi va takomillashishga asoslangan murakkab tizimlarda,
innovatsion tashkilot ham ularga kiradi, katta sinergik (hamkorlik) samarasi
kuzatiladi.
Innovatsion tizimning xossalari ikki qarama-qarshi tendensiyalarni: bir
tomondan, demarkazlashtish va tabaqalashtirish tendensiyasining, ikkinchi
tomondan esa markazlashtirish va integratsitiv jarayonlar tendensiyasiningo‘zaro
ta‘sirini takomillashtirishga asoslangan.
Tizim umumiy holda optimal faoliyat ko‘rsatishi uchun unda tashkilotning
turli makon va zamon doirasida mavjud bo‘lishida vasitachilar, innovatsiyani
tashuvchilar, muqobil elementlar (yetkazib beruvchi, sherik, pudratchi va
boshqalar) rolini o‘ynashga qodir bo‘lgan har xil turdagi funksional quyi tizimlar
va elementlar jamlanishi kerak.
Ko‘plab tashkil etish shakllarining mavjud bo‘lishi tizimning makondagi
doirasining yuzaga keltiradi, o‘z faoliyatida turli-tuman yangi uslub, mahsulot va
xizmatlardan foydalanuvchi ko‘p sonli ishtirokchilar, quyitizimlar va muqobil
elementlar esa ko‘plab aloqalar bilan o‘zaro bog‘liq va chatishib ketgan bo‘lib, bu
tashkilotning umumiy hayot qobiliyatini va barqarorligini ta‘minlaydi. Funksional
quyitizimlarni
tashkil
qilish
tipi
texnologik
operatsiyalar
aloqalarning
xususiyatlariga mos kelishi va bozorning hajm va vaqt jihatidan turlicha bo‘lgan
140
talablarini qondirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Chunonchi, bo‘linmalarning
xo‘jalik strategiyalari va tashkiliy tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar
innovatsion rivojlanish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Bozor iqtisodiyotida har
bir firma o‘zining tashkiliy tuzilmasini mustaqil belgilaydi. Ammo umumiy hayot
qobiliyatining oshirilishi firmaning uchta bosh funksional quyitizimlari (ITTKI va
mahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish texnologiyasi va marketing) ning
optimal faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq.
Funksional quyitizimlarni tashkil etish tipi texnologik operatsiyalar
aloqalarining xususiyatlariga mos kelishi va bozorning hajm va vaqt bo‘yicha
talablarini qondirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shu nuqtai nazardan qaralganda
tizimning muhim xossasi tashqi muhitga moslashishdir, xilma-xil talabni qondirish
uchun mayda seriyali va unikal (o‘xshashi yo‘q) mahsulotlarni ishlab chiqaradi,
uning aksariyat qismi byurtma, kontraktlarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Buishlab
chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va xaridor o‘rtasidagi aloqalarning yuqori
barqarorlik darajasini belgilab beradi.
Ishlab
chiqarishning
innovatsion
yo‘naltirilganligi
boshqaruvning
innovatsion tavsifi bilan uzviy bog‘langan, ya‘ni ma‘muriy uslublarni ijtimoiy-
ruhiy uslublar siqib chiqaryapti, ishlovchi mehnat unumdorliginig oshishini esa
uning boshqaruv qarorlarini qabul qilishga aloqadorligi va mehnatni sifat jihatidan
yangicha motivatsiyalash bilan bog‘lanmoqda.
Boshqaruvli ta‘sir o‘tkazish uslublarining egiluvchanligi ko‘rgina boshqaruv
vazifalari (rejalashtirish, motivatsiyalash, muvofiqlantirish va nazorat qilish ) ga
hamda boshqaruv obyektiga tarqalmoqda.
Innovatsion
ishlab
chiqarishning
asosida
texnologik
tizimlarning
egiluvchanligi, o‘zgaruvchanligi, uskunalarning qayta sozlanuvchanligi, ishlab
chiqarish quvvatlarining yo‘nalishini o‘zgartirish yotadi. Texnologiyalarning
egiluvchanligi va o‘zgaruvchanligi innovatsion jarayonning turli bosqichlari
parallel faoliyat ko‘rsatishi asosida ishlab chiqarishni gorizontal usulda tashkil
qilish imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtiriladi. Chunonchi, mashinasozlik va
asbobsozlikda ko‘pgina texnalogik jarayonlar uzluklilik (diskret) xususiyatiga ega
141
bo‘lib, u yangilikni ishlab chiqish, yaratish va sotish bosqichlarini kontraktning
boshlarida yoki sof bozor aloqalari orqali parallel tashkil etish imkoniyatini
anglatadi.
Alohida bo‘linmalar o‘rtasida o‘zaro ta‘sirlashuvni tashkil etishning ushbu
tamoyili moddiy, axborot va moliyaviy oqimlarni egiluvchan taqsimlashga,
ishlovchining bilim va tajribasiga, tayyor mahsulot va xizmatlarga asoslangan.
Dostları ilə paylaş: