Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


. Korxonaning innovatsion strategiyasini shakllantirish



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə72/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

6.3
.
Korxonaning innovatsion strategiyasini shakllantirish 
Korxonaning innovatsion strategiyasini shakllantirish strategiyani ishlab
chiqishning umumiy algoritmiga bo‘ysunadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi (6.5-
rasm):
-tashkilotni rivojlantirishning yangi imkoniyatlarini va taxdidlarni aniqlash
maqsadida tashqi muhitni tahlil qilish;
-tashkilotning kuchli va zaif tomonlarini, salohiyatli raqobat ustunliklarini
aniqlash uchun ichki muhitni tahlil qilish;
-tashkilotning raqobat ustunliklarini hisobga olgan holda strategik
muqobillarni baholash;
-strategiyalarni aniqlashtirish va tuzatishlar kiritish;
-tashqi muhitni tahlil qilish salohiyatli tahdidni oldindan ko‘ra bilish va yangi
maqsadlarni ochish maqsadida tashkilotga nisbatan tashqi omillarni nazorat
qilishga ko‘maklashuvchi instrument bo‘lib xizmat qiladi va u tashkilotga
qo‘yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan xatti-harakatlarni o‘z vaqtida
bashoratlash imkonini beradi.
6.5-rasm.
Tashkilotning innovatsion strategiyasini ishlab chiqish
umumiy usuli
91

91
Mualliflar tomonidan tuzildi.





157
Boshqarish ko'nikmalarini majmui sifatida, innovatsion ko'nikmalari


tadbirkorlikka nisbatan ancha keng idrok qilinadi. Biroq, ko'p oliy o'quv
dasturlarida yangiliklarni rag'batlantirish tadbirkorlik faoliyatiga kiritilgan. Asosiy
ahamiyatni innovatsiyalarni yaxshilashga emas, balki innovatsiyani qanday qilib
boshqarishga qaratilgan. Ta'lim bo'limi rahbarlari ta'kidlashadiki, innovatsiyalar
―batafsil kompleks fikrlashni va kompleks o'quv dasturlarini‖ talab qiladi.
92
Korxonada innovatsion strategiyalarni ishlab chiqish quyidagi vazifalarni hal
etishga asoslanadi:
93
1.
Belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun innovatsion korxonaning
imkoniyat va resurslarini baholash;
2.
Marketing faoliyati va ilmiy-texnik sohalarda yo‗nalishlarni aniqlash;
3.
Muqobil shakllarni tanlagan holda innovatsion strategiyalarni tahlil qilish;
4.
Innovatsion strategiyani amalga oshirishning muqobil rejasi, dasturi, loyihasi
hamda budjetini sinchiklab tayyorlash;
5.
Ma‘lum bir maqsadlar va belgilangan rejalarni hisobga olgan holda,
innovatsion korxonaning faoliyatini baholash.
Innovatsion strategiyalarni ishlab chiqishda quyidagi xususiyatlarni hisobga
olish shart:
1. IKlarning strategiyasi tashqi muhitning o‗zgarishlari ta‘sirida bo‗ladi. Ular
bu o‗zgarishlarni o‗zlarining faol ta‘sirlari bilan shakllantirishlari yoki reaksiya
shaklida aks berishlari mumkin (moslashish strategiyasi). Tashqi muhitning
o‗zgarishlari allaqachon boshlangan yoki endi kutilayotgan bo‗lishi mumkin.
2. Strategiyalar IKning niyatlarini bajarishi uchun, mavjud va kelajakda
kutilayotgan kuchli va kuchsiz tomonlarini hisobga olgan holda, bor imkoniyatni
qanday qilib amalga kiritishni aniqlash imkoniyatini beradi.
3. IK strategiyalari faqat u rivojlanayotgan umumiy yo‗nalishni beradi.
Shuning uchun ular taktik tartibidagi tadbirlar bilan to‗ldirib borilishi kerak.
92
Strategies for advancing organizational innovation Charles R. B. Stowe Lander University Doug Grider Lander
University. Journal of Management and Marketing Research Volume 15 – April, 2014-P.2.
93
Аксенова М.А. «Инновационный менеджмент» Воронеж 2015-C. 58.



158
4. IK strategiyalarining maqsadi - raqobatchilar oldida, ustuvorlikni hisobga


olgan holda, muvaffaqiyatning barqaror imkoniyatini shakllantirish.
Tashqi muhitning tahlili o‘tkazilgandan so‘ng biz tashkilot unga berilgan
imkoniyatlardan foydalanish uchun ichki kuch-qudratga egami yoki aksincha,
ichki zaifligi tufayli tashqi xavf-xatarlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar yuzaga
kelishi ehtimolini tushunishimiz mumkin.
Strategik muqobillarni aniqlash va ularni baholash uchun uch bosqichli
faoliyat amalga oshadi: tashkilotning hozirgi holati to‘g‘risidagi axborotlarni
to‘plash, rejalashtirilgan holatdan chetlanishlarni tahlil qilish, senariyni
loyihalashtirish va uni baholashni o‘z ichiga oladi.
Keyingi
bosqich-strategiyalarni
tashkilotning faoliyat ko‘rsatish va
rivojlanishi maqsadlariga mos kelish darajasigacha aniqlashtirish vatuzatishlar
kiritishdan iborat. Strategiyani ishlab chiqish tashkilotning umumiy maqsadini
shakllantirishdan boshlanadi. Maqsadni qo‘yilishi firmaning tashqi muhit, bozor,
iste‘molchi bilan aloqalarida muhim rol o‘ynaydi.
Umumiy maqsad quyidagilarni hisobga olishi kerak:
-firma faoliyatining asosiy yo‘nalishi;
-tashqi muhitdagi ishchi tamoyillar (savdo iste‘molchiga munosabat, ishga
doir aloqalarni olib borish tamoyillari);
-tashkilotning madaniyati, uning an‘analari, ishchi muhit;
-―sifatni umumiy boshqarilishi‖ ni qamrab olish.
Keyingisi bozor munosabatlarini rivojlanishida g‘oyatda dolzarb bo‘ladi.
Tashqi muhitdagi jarayonlar va o‘zgarishlar firmaga hayotiy muhim ta‘sir
ko‘rsatadi. Tashqi muhit bilan bog‘liq asosiy omillar – bu iqtisodiyot, siyosat,
bozor, texnologiya, raqobatdir. Shuning uchun asosiy raqiblarni belgilash va
ularning bozordagi o‘rinlarini aniqlash zarur, raqiblarning kuchli va kuchsiz
tomonlarini sinchiklab o‘rganish va ularning natijalarini shaxsiy ko‘rsatkichlar
bilan solishtirish raqobat kurashi strategiyasini yaxshiroq o‘ylab ko‘rishga imkon
beradi. Ichki muhitning tahlili firma faoliyatidagi kuchli va kuchsiz tomonlarni
aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Strategiya nazariy va empirik tadqiqotlarning



159
boshlang‘ich nuqtasi bo‘ladi. Tashkilotlar, ularning asosiy qarorlarni qabul


qiluvchi rahbarlari o‘zlarini yangiliklardan foydalanish strategiyasi bilan qanchalik
bog‘langanlari bilan farqlanishlari mumkin. Agar yuqori rahbariyat yangilik
kiritishni amalga oshirishga harakatlarni qo‘llab quvvatlasa, unda uni
tashkilotlarda tatbiq etishga qabul qilinishi ehtimoli oshadi. Korxonaning
maqsadiga muvofiq strategiya shakllantiriladi. Innovatsion strategiyaning amal
qilish muddati korxonaning bozor va moliyaviy holati bilan belgilanadi.
Korxonalar yashab ketishning umumkorporativ strategiyasini amalga oshirish
barobarida xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qodir bo‘lgan
innovatsiyalarni ishlab chiqaradi va amalga oshirish uchun kichikroq vaqt
zahirasiga ega bo‘ladilar.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin