Strategik maqsadlar IK ni rivojlantirishning bosh yo‘lini aks ettiradi. Ular
154
iqtisodiyot nuqtai nazaridan korxona tashqarisidagi ustuvorliklarni qo‘yishga
yordam beradi, masalan:
-resurslardan ratsional foydalanishga;
-yuqori samarali va qulay sotsial - iqtisodiy natijalarga erishishga;
-ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tashkilotlarining
barcha tarmoqlarida
va butun ―Fan. Tadqiqot. Konstruktorlik ishlari - tajribaviy ishlab chiqarish
foydalanishga kiritish‖ davri bo‘yicha vaqt va ham ishlarni amalga oshirishning
ratsionalligi va sifati nuqtai nazaridan yangilik kiritishlarning tejamkorligiga va
amalga oshirilishiga erishish.
Strategik maqsad
bozor bilan yo innovatsion
korxonaning omon qolishi kabi prinsipial masala bilan bog‗liq u yoki boshqa
muammo, vazifani hal qilishga qaratilgan.
6.4-rasm.
Strategik maqsadlar
90
Miqdoriy maqsadlarga quyidagilar kiradi:
-
bozor maqsadlari (muomalada bo‗lish, o‗sish, bozor ulushi);
-
iqtisodiy maqsadlar (daromad, rentabellik);
-
moliyaviy maqsadlar (kapital tarkibi, likvidlik).
Sifat maqsadlariga quyidagilar kiradi:
90
Барютин Л.С. Основы инновационного менеджмента. Теория и практика: Учебник; под ред. А.К.
Казанцева, Л.Э. Миндели. 2-еизд. перераб. идоп. — М.: ЗАО «Издательство «Экономика», 2012.- C. 89.
155
-
korxonaning strategik missiyasi\vazifasi;
-
korxonaning mustaqil ekani;
-
mahsulotning sifat standarti;
-
mijozlarga servis xizmat ko‗rsatishni yo‗lga qo‗yish;
-
firmani boshqarish darajasi;
-
siyosiy va jamoatchilik ta‘siri.
Korxonaning umumiy strategiyasi va ilmiy - texnik taraqqiyot sohasidagi
strategiya o‘rtasidagi aloqa, hammadan avvalo, yangi mahsulotni tatbiq etilishi va
ishlab chiqarish jarayonidagi o‘zgarishlarda amalga oshiriladi. Ilmiy - texnik
yangiliklar sohasidagi strategiya korxonada uning faoliyati muammolarining butun
majmuasi bilan uzluksiz bog‘liq qayta ishlab chiqarish
jarayonlarini rivojlanishi
strategiyasi doirasida amalga oshiriladi. Yangi mahsulotni tatbiq etish strategiyasi
korxona nimani, qachon va qanday, qanday texnik - iqtisodiy darajada, hamda
qanday sharoitlarda ishlab chiqarishini belgilab beradi.
U rezervlardan talablar
darajasini oshirib, ularni bajarishning asosiy yo‘llarini ratsionallashtirgan holda,
qachon va qanday foydalanishni ko‘rsatadi. Yangilik kiritishlar strategiyasini
umumiy strategiya konteksti bilan qanday munosabatlarda bo‘lishi, bu yangiliklar
ajratilgan holda vujudga keladilarmi, bular juda muhimdir. Bu holda
ularni hayotga
iqtisodiy tatbiq etilishi ularni paydo bo‘lishi bosqichidayoq buzilish xavfi ostida
bo‘ladi. Innovatsion strategiya korxonadagi qayta ishlab chiqarish jarayonini
rivojlanishining, uning sifatiy ta‘riflari nuqta nazaridan samarali dinamikasini
ta‘minlaydi. U umumiy strategiyada dvigatel rolini o‘ynagandek bo‘ladi. Bir qator
sanoati rivojlangan mamlakatlarda xuddi innovatsion
strategiya korxonaning
raqiblar, iste‘molchilar, yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarini ta‘riflaydi.
Korxona umumiy strategiyasining turi uncha bog‘liqdir.
Demak, innovatsion strategiya yo‘nalishlarini belgilash, istiqbolli
rivojlanishning ustuvorliklarini tanlash, korxonani rivojlanishi va sanab o‘tilgan,
maqsadlarga erishish uchun tadbirlar majmuasiga talablarni ishlab chiqish bo‘yicha
maqsadga qaratilgan faoliyatdan iborat bo‘ladi.