Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


Innovatsion strategiyalarining turlari va ko‟rinishlari



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə73/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

6.4.Innovatsion strategiyalarining turlari va ko‟rinishlari 
Strategik maqsadlarni qo‘yish va ta‘riflash ularga erishish strategiyalarini
ishlab chiqarishda tanlash uchun dastlabki baza bo‘lib xizmat qiladi. Keng
ma‘noda qaraladigan strategiya atrof muhitdagi o‘zgarishlarni maqsadga
yo‘naltirgan holda kutib olish uchun IK o‘zining naqd va bo‘lg‘usi salohiyatli
aktivlarini qanday qilib ishga solishini ko‘rsatadi.
6.6-rasm.
Innovatsion menejmentdagi strategiyalar
94

94
Mualliflar tomonidan tuzildi.





160
Bazaviy strategiyalar - IK ning u yoki bu muayyan bozor vaziyatiga umumiy


holda va alohida strategik xo‘jalik birligi (SXB)dagi xatti-harakatlari modeli.
Masalan, bozorlarni tanlash va tanlangan bozorda raqobatni tanlash strategiyasi:
taklif etilayotgan mahsulotning sifati bo‘yicha yetakchilik qilish asosida raqobatda
ustunlikka erishish; baholarda yetakchilik qilish; bozor bo‘yicha ixtisoslashuv;
bozorga xos kooperatsiya.
Funksional strategiyalar – IKning alohida funksional sohalari va bo‘linmalari
uchun tadbirlar va dasturlar majmuidir. Ular bo‘ysunish ahamiyatiga ega bo‘lib,
mohiyatiga ko‘ra bazaviy strategiyalarning amaliy jihatidan ro‘yobga chiqarishni
ta‘minlovchi resursli dasturlar hisoblanadi.
Firmaning bozordagi yangilik kiritishlar strategiyasi hujumkor va himoyaviy
xarakterga ega. Kompaniya odatda muvofiqlashtirilgan bozor tomonida
ta‘riflanuvchi innovatsion strategiyalarning o‘zining majmuasiga ega. Bunday
majmua o‘z ichiga ham xatarli (hujumkor) va ham xavfsiz (himoyaviy)
strategiyalarni oladi.
Hujumlar strategiya bozorning belgilangan segmenti va sotish sohasidagi
innovatsiyalar nuqtai nazaridan yetakchi korxona bo‘lishga harakat qilish va
bo‘lishni bildiradi. Kompaniya tomonidan yangilik kiritishlarni faol qidirib topish
va ishlab chiqishga qaratilgan hujumkor strategiyani xo‘jalik faoliyatining ham
o‘zlashtirilgan va ham uning uchun yangi sohalar sifatida qabul qilish tashkiliy
tuzilmadagi katta o‘zgarishlarni taqazo qiladi. Innovatsiyalarning tashabbuskorlari
oshirilgan xatar sharoitida ishlashdilar, ammo ta‘sis etuvchi xarakterga esa yangilik
kiritishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirilishida ishlab chiqarishning o‘rtagacha
nisbatan pastroq salmoqli xarajatlariga ega yangi raqobatbardosh mahsulot
portfelini mavjudligida aks Ettiriluvchi ―iqtisodiy mustahkamlik‖ zahirasi mavjud.
Ammo sanoati rivojlangan mamlakatlar firmalarining amaliyoti darak
berishiga, odatda hatto yirik va qudratli korxonalar ham tovarlar turlarining keng
doirasida tajovuzkor strategiyadan foydalana olmaydilar va tavakkalchilik
qilmaydilar. Qoidaga ko‘ra, faqat u tovarlarning bir yoki bir necha alohida olingan



161
turlariga nisbatan, uni o‘tkazish uchun qulay sharoitlar mavjud bo‘lgan holdagina


qo‘llaniladi.
Hujumkor strategiya mavqeini egallash va saqlab qolish ma‘nosida judayam
murakkabdir. U o‘zini ishlab chiqarishning korxona resurslarini jamlagan munosib
istiqbolli sohasini tanlashda oqlaydi. Faoliyat sohasi (segment) ni to‘g‘ri tanlash
yangi mahsulot bilan yorib o‘tish, tor sohada innovatsiyalarni amalga oshirishga
yuqori xarajatlari to‘sig‘ini enchib chiqishni strategik rejalashtirish imkoniyatini
beradi. Nisbatan qisqa davr (ikki – uch yil) davomida bu sohada korxona
ustuvorlik qilishi, ilg‘or o‘rinlarni ushlab turadi. Keyinchalik, raqiblik qiluvchi
korxona ushbu tovarlar iste‘molchilarining keng darajasini egallashga harakat
qilgan vaqtda unga yo boshqa samarali innovatsiyalarni qayta mo‘ljallash, yoki
qat‘iy raqobat sharoitlarida sotish bozorlari uchun kurashga kirishga to‘g‘ri keladi.
Firma faoliyatining tanlab olingan umumiy strategiyasidan kelib chiqqan
holda, bozorda mahsulotga nisbatan strategiya tanlanadi. Uning mohiyati firma
imkoniyatlarini bozordagi vaziyatga muvofiqlashtirishdan iborat, ya‘ni ichki muhit
tashqi muhitga o‘xshash bo‘lishi kerak. Strategiyalar har xil bo‘lishlari mumkin,
asosiysi – har bir aniq bozor va tovar uchun munosibini tanlashdir.
Hujumkor - tajabbuskor yondashishning quyidagi bazaviy strategiyalarini
ajratish mumkin.
1.Xarajatlar bo‘yicha afzalliklarga erishish. Bu holda kompaniyaning siyosati
arzonroq ishlab chiqarish va mahsulotlarni sotish hisobiga raqobat afzalligiga
erishishdan iboratdir. Masalan, qimmat turuvchi birga bo‘luvchi xizmatlardan voz
kechish, ishlab chiqarishda mahsulotlarning arzonroq modellarini yaratish,
arzonroq texnologiyalardan foydalanish hisobiga. Bunday strategiyada firma keng
bozor va tovarlarning katta miqdorini ishlab chiqarishga qaratiladi. Ommaviy
ishlab chiqarish solishtirma xarajatlarni limitlashtirish va past narxlarni o‘rnatishga
imkon beradi. Bu pirovardida raqiblarga nisbatan foydaning yuqori ulushiga ega
bo‘lish, tannarxni o‘sishiga tezkor javob qaytarish narxlar darajasini mo‘ljallovchi
iste‘molchilarni jalb qilish imkoniyatini beradi. Shuning bilan birga, bunday
strategiya yetarlicha moliyaviy resurslarga ega bo‘lmagan firma uchun g‘oyatda



162
xavfli bo‘lishi mumkin, chunki u mahsulot iste‘molchilari sonini vaqtincha


kamayishi va raqiblar bilan narxli kurashga olib kelishi mumkin.
2. Bozorning aniq segmentiga mo‘ljallangan strategiya. Ushbu holda firma
bozorning o‘ziga xos segmentini ajratadi va past narxlar va noyob takliflar yo‘li
bilan o‘ziga xos iste‘molchilarga mo‘ljallangan bir necha asosiy tovarlarga
harakatni jamlab va raqiblar qanoatlantira olmagan bozorga xizmat ko‘rsatishda
alohida obro‘ni yaratish bilan, xarajatlarni nazorat qiladi. Mahsulotga noyoblikni
berish, hammadan avval, raqib mahsulotlariga nisbatan uning sifati va o‘ziga xos
iste‘mol xususiyatlarini oshirish hisobiga amalga oshiriladi - masalan,
kompaniyaning yetakchilik holatiga mahsulotlarni, raqiblik qiluvchi firmalar
to‘liq darajada taqdim eta olmaydigan birga bo‘luvchi xizmatlarga ega
majmualarni sotish hisobiga erishiladi. Muhim jihati o‘z mahsulotini ―uni bozorda
tanib olinishni ta‘minlash bilan haqiqiy ajratilishi‖ bo‘yicha harakatlarni
birlashtirishdir. Bunda ushbu mahsulotning sifat yo kompaniyaning o‘zining nomi
bilan yoki ushbu mahsulot uchun maxsus ishlab chiqilgan savdo markasi bilan
o‘zao bog‘lanadi.
3.Yangi bozorlarni mo‘ljallash. Bir vaqtda yangi tovarlarni ishlab chiqish va
yangi mintaqalarni o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu eng xatarli va qimmat
strategiya, ammo xuddi u korxonaning beqaror tashqi muhitdagi barqarorligini
ta‘minlaydi. Firma o‘zining raqobat afzalliklaridan samarali foydalanishi mumkin
bo‘lgan faoliyat sohasini aniqlashga harakat qiladi.
Ushbu strategiya doirasida bir qator variantlar ko‘zdan kechiriladi:
-xatarning kichik ulushiga ega firma fundamental ishlovchi, aniq bir erga
jamlangan strategiyaga suyangan holda, muvaffaqiyatga erishish imkoniyatiga ega;
-bozorning katta ulushini nazorat qiluvchi firma umumiy xarajatlar bo‘yicha
afzalliklar natijasida raqiblardan o‘zib ketishi mumkin.
-jiddiy ilmiy - texnik salohiyat va moliyaviy imkoniyatlarga ega firma har
tomonlama rivojlanish strategiyasini qo‘llab, o‘z tovarlarning raqobatbardoshligini
ta‘minlashi mumkin.



163
Innovatsion faoliyatda o‘z raqiblaridan o‘zib ketishi va bu o‘zib ketishni


o‘stirishni mo‘ljalli zamonaviy bozorda katta afzallikka erishuvchi firmalar
tajovuzlar bozor harakatlari strategiyasining asosi bo‘ladi.
O‘rtacha hujumlar strategiya ―ikkinchi eng yaxshi ishlab chiqaruvchi‖, ba‘zi
bir hollarda bevosita yYetakchi firmadan keluvchining mavqeni ta‘minlaydi.
Odatda uni, yana faoliyatning ba‘zi bir turlarida, qudratli va yirik firmalar
qo‘llaydilar. Bu strategiya boshqaruv nuqtai nazaridan murakkabdir, chunki
doimiy ravishda muvaffaqiyatga da‘vogarlar guruhida ikkinchi o‘rinni saqlab
qolish, samarali innovatsion siyosatni o‘tkazish zarur.
O‘rtacha hujumkor strategiya keng iste‘molchiga mo‘ljallangan (ommaviy
sotish, natijada katta daromad), shuning bilan bir vaqtda faol hujumkor strategiya
murakkab innovatsiyalarga haq to‘lay oladigan ilg‘orroq iste‘molchilar bozorlarida
yuqori rentabellikni ta‘minlashga qaratilgan.
Mudofaa strategiyasi o‘rtacha korxonaning, ba‘zi bir hollarda raqobat yo‘qligi
sababi (masalan, ba‘zi bir sohalardagi raqobat uchun imkoniyat bo‘lmagan yakka
hokimlik holati) bo‘yicha sotish qiyinchiliklarini yecha olmaydigan korxonaning
mavqeini saqlab qolishga qaratilgan. Ushbu strategiyadan foydalanuvchi
korxonalar odatda tadqiqotlar va ishlamalarda ba‘zi bir hollarda innovatsion
faoliyatdagi ilg‘or o‘rinlarni egallash va saqlab qolish bilan bog‘liq boshqa
xarajatlarda katta darajada tejamkorlik qiladilar. Ular ushbu sohadagi ilg‘or
korxonalarning tajribasi va yutuqlarini qabul qilishning har qanday
imkoniyatlaridan foydalanadilar, buning natijasida mahsulot ishlab chiqarishni
o‘zlashtirishga o‘z xarajatlarini maqsadga qaratilgan holda pasaytiradilar.
Mudofaa strategiyasini qo‘llash odatda ishlab chiqaruvchiga bozorda
mustahkamlanib qolishga kamroq imkoniyat beradi, unda hujumkor strategiyaga
ega ishlab chiqaruvchilar to‘siqlar va kamsitishlarsiz o‘z mahsulotlarini sotishlari
mumkin. Agar hatto ―himoyalanuvchi‖ ishlab chiqaruvchi bunday bozorga
kirishga harakat qilsa ham, u sotishning belgilangan sohasi tomonidan taqdim
etilayotgan boshqa imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Ba‘zi bir korxonalar



164
ichki bozordagi yakka hukmronlik sharoitlarida bu strategiyadan muvaffaqiyatli


foydalanadilar.
Qoldiqli strategiyaning mohiyati egallab bo‘lingan bozorda innovatsion
jihatdan o‘rtacha yoki hatto qoloq mahsulotlar bilan mustahkamlanib qolishga
intilishdan iboratdir. Odatda u ushbu bosqichda innovatsion faoliyatning ushbu
uchastkasidagi yYetakchi ishlab chiqaruvchi raqobat kurashidan chiqqan vaqtda
harakat qiladi. Ba‘zida, asosan kichik korxonalar uchun endi yirik ishlab
chiqaruvchilarni jalb qilmaydigan qoldiqli talabdan foydalanish bo‘ladi. Buning
uchun tadqiqotlarga va o‘zlashtirib bo‘lingan yutuqlarni tatbiq etish uchun kichik
xarajatlar zarurdir. Qoldiqli strategiyadan foydalanish ko‘pgina hollarda oson ish
emas.
Raqobatni yetarlicha baholay olmaslik yoki vaqtni noto‘g‘ri belgilash
(oldinga chopib ketish yoki judayam uzoq orqada qolish) sotishda yo‘qotishlarga
olib kelishi mumkin. Har xil holda qoldiqli strategiyadan foydalanish vaqtli
doiralar bilan chegaralangan va sotish sohasidagi yuqori ehtiyojni ko‘zda tutadi
(masalan, boshqa firma mahsulotlarining o‘zlashtirib bo‘lingan navlarga ehtiyot
qismlar ishlab chiqarishda tez qayta mo‘ljallanish yoki konservativ iste‘molchilar
bilan ishlash).
Tabiiyki, xo‘jalik amaliyotida bayon qilingan strategiyalarning har xil
modifikatsiyalari mavjud. Ammo shubha yo‘qki, har bir alohida korxona ishlab
chiqarishning alohida sohalari va turlar va mahsulotlarning navli guruhlari uchun
har xil innovatsion strategiyalarni parallel ravishda qabul qilishlari mumkin.
Korxona rivojlanishining samarali innovatsion strategiyasini tanlash jarayoni
innovatsion faoliyatning har xil turdagi yangilik kiritishlarida namoyon bo‘luvchi
har xil shakllarini baholashni ko‘zda tutadi. Ammo amalda bu holatni amalga
oshirish katta qiyinchiliklarga duch keladi. Ulardan asosiysi - menejmentning
obyekti sifatida ko‘rib chiqilayotgan innovatsion jarayon xo‘jalik faoliyatining har
tomonini qamrab olishi va vazifaviy yoki ishlab chiqarish tizimchasining tarkibiy
qismi bo‘lishidir. Masalan, ishlab chiqarish korxonasining asosiy maqsadlariga
quyidagilar kiradi:



165
-berilgan turdagi va belgilangan muddatlarda yuqori sifatli mahsulotlar ishlab


chiqarish;
-ilmiy - texnik salohiyatdan foydalanishning samaradorligini oshirish;
-faol tashqi iqtisodiy operatsiyalarni olib borish;
-ishlab chiqarishning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash va xo‘jalik
faoliyatining jamiyat uchun salbiy bo‘lgan oqibatlarni bartaraf etish va h.k.
Tushunarliki, bularning barchasi innovatsion strategiyaga kiritilishi kerak.
Bunda aytib o‘tilgan maqsadlardan birinchisi mahsulotlar va ishlab chiqarish
texnologiyalarini takomillashtirish va yangi mahsulotlar va jarayonlarni
o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu, kamida, asosiy faoliyatning moliyaviy natijalarini
pasaytirmaslik va buning uchun biznesning tashqi muhiti o‘zgargan holda
korxonaning bozordagi o‘rnini saqlab qolishga imkon beradi. Ko‘rsatib o‘tilgan
maqsadlarning ikkinchisi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, boshqaruv
jarayonlarini ratsionallashtirilishiga asoslanadi.
Bunga ishlab chiqarish va vazifaviy tuzilmalarni takomillashtirib, resurslar
(xodimlar, axborot, moliya, moddiy)dan foydalanishning samaradorligini oshirib,
ishlab chiqarish - texnik va muxandislik bazasini ratsional ravishda asoslab,
erishish mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyatda muvaffaqiyatlarni jiddiy mo‘ljallash
(uchinchi maqsadga erishish) ham jahon bozoridagi raqobatbardoshlikning
istiqbollarini ta‘minlovchi tegishli boshlanishni ko‘zda tutadi.
Ekologik haraktyerdagi muammolarga kelsak (yuqorida sanab o‘tilgan
maqsadlardan to‘rtinchisi nazarda tutuiladi), unda yechimni quyidagilarda qidirish
kerak:
-chiqindisiz texnologiyalarni ishlab chiqish va qo‘llash;
-ham iste‘molchi va ham ishlab chiqaruvchilar uchun ekologik xavfsiz
mahsulotni ishlab chiqarish;
-talab qilingan holda tabiatni muhofaza qiluvchi inshootlarni qurishdan.
Korxona asosiy faoliyatining barcha ko‘rsatib o‘tilgan jihatlari u yoki bu
darajada innovatsion jarayon doirasida bo‘ladi. Bu ularni innovatsion startegiyani



166
ishlab chiqishga qaratilgan menejmentning o‘ziga xos obyektlari sifatida ko‘rib


chiqishni maqsadga muvofiqligini asoslab beradi.
Innovatsion strategiya xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘ziga xosligini aks
Ettiruvchi boshqaruv qarorlari orqali amalga oshiriladi.
Tovar ishlab chiqaruvchilar innovatsion strategiyasining asosiy qoidalari
dasturda gavdalanadilar, unda uni amalga oshirishning muddatlar, resurslar,
ijrochilar bo‘yicha o‘zaro bog‘langan maqsadlar, vazifalar va bosqichlar
shakllantiriladilar, dasturga ishlab chiqilayotgan obyektni yuritishning o‘ziga
xosligini aks ettiruvchi aniq tadbirlarning ro‘yxati ilova qilinadi. Ammo,
keyinchilardan qat‘iy nazar, hamma vaqt innovatsion dasturni amalga oshirilishini
borishida hal qilinadigan umumiy tartibdagi bir qator boshqaruv vazifalari mavjud.
Xususan, korxonaning yuqori rahbariyatiga quyidagilar zarur: yangi mahsulotlarni
sotishda daromadlarni ko‘paytirishning aniq maqsadlarini qo‘yishga e‘tiborni
jamlash, innovatsion jarayonni jadallashtirish bo‘yicha tadbirlar majmuasini ishlab
chiqish, ITTKI sohasiga investitsiyalar kiritish hajmlarini o‘sishini ta‘minlash,
hamda xodimlarning barcha kategoriyalari uchun samarali undovchi sababli
mexanizmlarni yaratish va qo‘llab quvvatlash. Faqat ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni
kompleks hal qilishdagina dastur, demak, umuman korxonaning innovatson
strategiyasini ham muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin.
Mikro va makrosohaning aniq sharoitlariga ko‘ra korxona innovatsion
strategiyaning ikkita asosiy turlari: passiv xarakterga ega moslashuvchi, yoki
hujumkor, faoldan birini tanlashi mumkin. Barqaror turli-pulli munosabatlar
sharoitida moslashuvchi startegiya kamroq samaralidir. Bu yerda, innovatsiya,
qoidaga ko‘ra, mahsulotning raqobatbardoshligini oshishi, bozordagi o‘rinlarni
kengayishi va mustahkamlanishi, mahsulotlarni qo‘llashning yangi sohalarini
o‘zlashtirishning dastlabki bazasi, boshqacha qilib aytganda bizning yangi turdagi,
ya‘ni hujumkor strategiyasining mohiyatini tashkil qiluvchi faol vositasi bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz amaliyotida yuqori ilmiy – texnik salohiyati va
qanoatli vujudga kelgan ishlab chiqarish bazasiga ega yirik tovar ishlab
chiqaruvchilar oldida innovatsion strategiyaning u yoki bu turini tanlash



167
muammosi keskin turibdi. bunda muammo ham ichki bozordagi kuchli raqiblar


uchun va faoliyatning o‘z sohalaridagi yakka hokimlar uchun ham bir xil darajada
dolzarbdir, chunki yakka hokimlik abadiy bo‘lmaydi. Ammo bugun bizning
mamlakatimiz sharoitlarida hujumkor innovatsion strategiyani keng tarqalishi
haqida gapirishga hali erta.
Amaliy tajribani obyektiv mavjud bo‘lgan yetishmasligi ko‘pgina tovar ishlab
chiqaruvchilar yashab qolish chegarasida muvozanatni saqlab qolayotgan vaqtdagi
sharoitda nostandart qarorlar qabul qilishning xatari va ehtimol bo‘lgan
oqibatlaridan qo‘rqish, ko‘pgina korxonalar rivojlanishning faol innovatsion
strategiyasini qo‘llashga jazm qilolmasliklariga olib keladi. Ko‘pgina xo‘jalik
yurituvchi subyektlar moslashuvchi strategiyani afzal ko‘radilar.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin