Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə62/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

Innovаtsionjа
rаyon 
аsosiyelеmеnt
lаri


133
madaniyat ―bu yerda kashf etilmaganligi‖ tub ildiz otishi mumkinligini qayd etib


o'tdi. Muayyan strategiyani qo'llab-quvvatlovchi yangi me'yorlarni ishlab chiqa
olmaslik, o'zgarishlar faqatgina puxta nazorat qilinuvchi va to'g'ridan-to'g'ri
mukofotlanuvchi joyda saqlanib qolinishi mumkinligini anglatadi.
74
Xorijda tadqiqot firmalari kichik biznesda 5-10% ni tashkil qilgani holda yirik
korxonalar orasida 70% gacha kompaniyalar ilmiy bo‘linmalarga, innovatsion
yo‘naltirilganlikka va boshqalarga ega. Kichik innovatsion biznes ahamiyatli
darajada amaliy tadqiqotlarga, konstruktorlik ishlanmalari, turli yangiliklarni
o‘zlashtirishga, ekspertlik, reklama, maslahat va vositachilik xizmatlarini
ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Mayda va o‘rta korxonalar ishlab chiqarishni kichik
seriyali yangiliklarga yo‘naltirgan holda bozor segmentlarini tor ixtisoslashtirilgan
mahsulotlar bilan to‘ldirishga intiladilar. Undan tashqari mashinasozlik va
priborsozlikda masalan unikal (betakror) va mayda seriyali uskunalar, priborlar,
asboblarni ishlab chiqarish qoida bo‘yicha kichik va yirik korxonalarning ulushiga
to‘g‘ri keladi.
Yirik biznes va ayniqsa gigant firmalar yetarli darajada moddiy va inson
resurslariga ega bo‘lgan holda ishlab chiqarish apparatining past
o‘zlashtiruvchanligi va yangiliklarni qiyin qabul qiluvchi iyerarxik aloqalarning
qat‘iyligidan aziyat chekadi. Firmalararo muvofiqlashtirish va kooperatsiyalash
muammolari innovatsiyalarni tashkil qilish mexanizmlarini takomillashtirishning
mantig‘igaaylanmoqda.
1990 yillarning oxirida G‘arbda innovatsion va ijodiy faollikning alohida
shakli tashkiliy loyihalashtirish va ―modulli ixtisoslashtirish‖ tamoyillariga
asoslangan o‘z-o‘zini boshqaruvchi intellektual assotsiatsiyani yaratish bo‘yicha
anchagina sa‘y-harakatlar amalga oshirilgan. Aynan shu holat assotsiatsiyalangan
faoliyat doirasida mustaqil bo‘linmalarning yuksak innovatsion faolligiga erishish
imkonini beradi.
XX1 asrning innovatsion tashkilotidagi inqilobiy o‘zgarishlar chiziqli,
funksional, marketingli va boshqa tuzilmalarni qamrab olishi kerak. Bu tuzilmalar
74
David J. Teece ―Firm organization, industrial structure, and technological innovation‖ 2010 – P. 206
.



134
tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradigan mustaqil ichki korxonalarga aylanib,


ularga yagona axborot va moliyaviy tizimlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. ―O‘z-
o‘zini boshqaruvchi intellektual assotsiatsiya‖ doirasida bu ichki korxonalar
assotsiatsiya ichidagi bozorlarning yoki assotsiatsiya ichidagi tashkiliy
bozorlarning ishtirokchilariga aylanadi.
Shiddatli tashqi muhitga doimiy ravishda moslashish kelajakni tashkil
etishning asosiy xususiyatiga aylanadi. Katta qayishqoqlik, shaxslarga mansublik,
buyruqlardan foydalanish, diversifikatsiyaga intilish va raqobatbardoshlik kabi
qirralar birinchi o'ringa chiqadi.
75
Ilgari qattiq iyerarxik tuzilmadan iborat bo‘lgan tashkilot mustaqil jamoalar,
ochiq ijtimoiy tizimlar majmuiga aylanadi. Tashkilot ichidagi tabaqalashtirish
gemogenizatsiya bilan almashinishi kerak. Unda ijodiylik xususiyati,
o‘zgarishlarga bo‘lgan yuqori darajali adaptivlik, tashqi muhitga nisbatan
innovatsion reaksiya va zaif signallar bo‘yicha samarali boshqarish muhim
qadriyatga aylanadi.
Yangi tipdagi tashkilot yo‘naltirishning ikki o‘qiga ega: birinchisi ichki
tuzilmalarga, elementlar, omillar va quyitizimlarning ichki o‘zaro ta‘sirlashuviga
qaratilgan. Ushbu mo‘ljal markazlashtirishdan voz kechishga va tuzilmalarning
mustaqilligiga asoslangan bo‘lib, uning yuqori manyovrliligini, operativligini,
tashkilot shakllari soninig ko‘p bo‘lishini, uslub, texnologiya, mahsulot va
xizmatlarning
xilma-xilligini,
boshqaruv
tuzilmalari
va
uslublarining
egiluvchanligini ta‘minlaydi.
Tizimning ikkinchi o‘qi tashqi muhitga yo‘naltirilgan, u uzoq muddatli
tendensiyalarning amalga oshirilishi, tizimning tashqi muhitda barqaror faoliyat
ko‘rsatishi bilan bog‘liq. Tashkilotni rivojlantirishning shu ikkinchi tendensiyasi
bir maqsadga yo‘naltirilgan sa‘y-harakatlarni birlashtirishdan yuzaga kelgan
samaraning oshishidan tashkil topgan sinergetik samarani yaratuvchi birdamlikva
integratsiyalashuv mexanizimiga asoslangan. Bu shuni anglatadiki, mazkur samara
elementlarning oddiy yig‘indisidan keladigan samaradan kattaroqdir, yani o‘z-
75
Молчанова О.П. Инновационный менеджмент: Учебник для вузов.; М.: Вита-Пресс, 2011.- C.120.



135
o‘zini rivojlantirish va takomillashtirishga asoslangan murakkab tizimlar sirasiga


kiruvchi innovatsion tashkilotlarda yuksak sinergetik samara kuzatiladi.
Rivojlanishning ikki tendensiyasini umumlashtirish asosida belgilarning
to‘rtta asosiy funksional toifalari vujudga keladi: tizimning moslashuvi;uning
tashqi muhitga reaksiyasi nuqtai nazaridan maqsadga erishganligi; elementlarning
va o‘zaro ta‘sirlashuvning integratsiyalashuvi; o‘z-o‘zini tashkillashtirishning ichki
tamoyili-tizimning gomeostazini saqlab turish.
Innovatsion tizimning xossalari ikki qarama-qarshi tendensiyalarni: bir
tomondan, demarkazlashtish va tabaqalashtirish tendensiyasining, ikkinchi
tomondan esa markazlashtirish va integrativ jarayonlar tendensiyasining o‘zaro
ta‘sirini takomillashtirishga asoslangan.
Tizim umumiy holda optimal faoliyat ko‘rsatishi uchun unda tashkilotning
turli makon va zamon doirasida mavjud bo‘lishida vasitachilar, innovatsiyani
tashuvchilar, muqobil elementlar (yetkazib beruvchi, sherik, pudratchi va
boshqalar) rolini o‘ynashga qodir bo‘lgan har xil turdagi funksional quyi tizimlar
va elementlar jamlanishi kerak. Ko‘plab tashkil etishshakllarining mavjud bo‘lishi
tizimning makondagi doirasining yuzaga keltiradi, o‘z faoliyatida turli-tuman
yangi uslub, mahsulot va xizmatlardan foydalanuvchi ko‘p sonli ishtirokchilar,
quyitizimlar va muqobil elementlar esa ko‘plab aloqalar bilan o‘zaro bog‘liq va
chatishib ketgan bo‘lib, bu tashkilotning umumiy hayot qobiliyatini va
barqarorligini ta‘minlaydi.
Funksional quyitizimlarni tashkil qilish tipi texnologik operatsiyalar
aloqalarning xususiyatlariga mos kelishi va bozorning hajm va vaqt jihatidan
turlicha bo‘lgan talablarini qondirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Chunonchi, bo‘linmalarning xo‘jalik strategiyalari va tashkiliy tuzilmalar
o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar innovatsion rivojlanish nuqtai nazaridan ko‘rib
chiqiladi. Bozor iqtisodiyotida har bir firma o‘zining tashkiliy tuzilmasini mustaqil
belgilaydi. Ammo umumiy hayot qobiliyatining oshirilishi firmaning uchta bosh
funksional quyitizimlari (ITTKI va mahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish
texnologiyasi va marketing) ning optimal faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq.



136
Funksional quyitizimlarni tashkil etish tipi texnologik operatsiyalar


aloqalarining xususiyatlariga mos kelishi va bozorning xajm va vaqt bo‘yicha
talablarini qondirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shu nuqtai nazardan qaralganda
tizimning muhim xossasi tashqi muhitga moslashishdir, xilma-xil talabni qondirish
uchun mayda seriyali va unikal mahsulotlarni ishlab chiqaradi, uning aksariyat
qismi byurtma, kontraktlarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu ishlab chiqaruvchi,
yetkazib beruvchi va xaridor o‘rtasidagi aloqalarning yuqori barqarorlik darajasini
belgilab beradi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin