Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


Innovatsion rivojlanishning tashkiliy shakllari



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə61/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

5.3.Innovatsion rivojlanishning tashkiliy shakllari 
Tashkiliy shakllar markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan tuzilmalarning
sinergizmi asosida xo‘jalik yuritishning yangi tamoyillari bilan uzviy bog‘liqdir.
Innovatsion rivojlanishning o‘ziga xosligi shundaki, u ikki qarama-qarshi
tendensiyalarni inobatga olishga asoslangan.
Bir tomondan innovatsion jarayon - bu g‘oyaning vujudga kelishidan tortib
uni joriy etish, rivojlantirish va avj oldirishgacha bo‘lgan yagona oqimdir.
Innovatsion tizimning barcha bosqichlari, fundamental g‘oyadan to bozor
muvaffaqiyatigacha o‘zaro uzviy bog‘liq va bir-birini taqozo etadi. Shu boisdan
innovatsion rivojlanishning yuqori samaradorligiga erishish uchun bosqichlarning
vorisiyligini va jarayonlarning vaqt jihatidan uzluksizligini ta‘minlovchi tizimli
tarkibiy o‘zaro ta‘sirlashuv birinchi darajali ahamiyatga ega. Ushbu o‘ziga xos
xususiyat rivojlanmagan bozor infratuzilmasi va nomukammal bozor mexanizm
sharoitida yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan qaralganda korxona
innovatsion tadbirkorlik faoliyatining ITTKI bosqichidan marketing va sotuvgacha
bo‘lgan to‘liq majmuini amalga oshirishi shart emas.
Bozor mexanizmlarini takomillashtirish sharoitida ikkinchi tendensiyaga
muvofiq holda firmalararo o‘zaro ta‘sirlashuv, ya‘ni diversifikatsiyalash,
firmalararo kooperatsiyalash va h.k. jarayonlari alohida rol o‘ynay boshlaydi.
Innovatsion faollikning oshishi shu ikki muhim tendensiya: o‘z-o‘zini
rivojlantirishga qodir bo‘lgan innovatsion tashkilotlarning vujudga kelishi va
innovatsion tuzilmalarning turli institutlar va firmalararo o‘zaro ta‘sirlashuv
tizimiga inkorporatsiyalanishi (ya‘ni tizimlarga kirganlik darajasi) ning oshishi
bilan uzviy bog‘liqdir.



132
5.4-rasm.


Innovatsion jarayon asosiy elementlari
73

Zamonaviy innovatsion firma innovatsion jarayonlarning ko‘pvariantliligi va


determinantlanganlik darajasining pastligi hamda innovatsiyalarni tijoratlashtirish
va moliyalashtirish shakllarining nomukammalligi tufayli vujudga keladigan
tashkiliy tuzilmalarning xilma-xilligi bilan tavsiflanadi. Innovatsion firmani
tashkiliy loyihalashtirish tashkiliy boshqaruv tizimlari bilan boshqaruv
apparatining yangiliklarni joriy etish, o‘zlashtirish va singdirish (diffuziyalash ) ga
zehnliligi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarga bog‘liq. Hozirgi zamon boshqaruv
nazariyalarida innovatsion biznesning optimal tashkili tuzilmalari va shakillarini
tanlash amalyotida qa‘tiy afzal ko‘rishlar mavjud emas. Kichik va o‘rta
innovatsion biznesning ko‘zga tashlanib turgan tor ixtisoslashuvi oddiy ikki va uch
darajali tashkiliy tuzilmalar bilan bog‘liq.
Agar kishilar pul rag'batlarisiz hamda
hukumatning tabiiy mashqlarisiz motivatsiyalangan va yo'naltirilgan bo'lsa, ko'plab
resurslar tejab qolinishi mumkin va innovatsion jarayonlar qog'ozbozlik ikir
chikirlarini chetlab o'tishlari mumkin. Va aksincha, agar firma madaniyati va
strategiyasi mos kelmasa, u holda firma o'z strategiyasini, ayniqsa innovatsiyalarni
o'z ichiga oluvchi strategiyalarni amalga oshira olmaydi. Masalan, firma bosh
rahbariyatining, firma texnologik g'oyalarning tashqi manbai uchun ochiq bo'lsa, u
strategiya muvaffaqiyatli bo'lishini kafolatlamasligi, va agar tashkilot ichida
73
Mualliflar tomonidan tuzildi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin