110
Innovatsion faoliyatni o‘rganish uchun yangi tovar, yangi texnika va
texnologiyaning yashash davri hamda ochiq tizim
sifatidagi innovatsion
tashkilotlar katta ahamiyatga ega.
Yashash
davrining
hozirgi
zamonga
xos
eng
unumli
g‘oyasi
texnologiyalarning iqtisodiy obyekt sifatida evolyutsiyasi va o‘zgarishlarini o‘z
ichiga oluvchi katta texnologik tizimlar konsepsiyasi hisoblanadi.
Texnologik tizimlarning rivojlanishi ikki yo‘nalish: bazaviy texnologiyalarni
takomillashtirish va prinsipial jihatdan yangi texnologiyalarni yaratish bo‘yicha
amalga oshiriladi. Texnologiyalar yaxshilanib va modernizatsiyalanib borgani,
yetuklik bosqichiga va bozorning ushbu tovar bilan to‘yinish bosqichiga o‘tgani
sari eski paradigma doirasidagi keyingi rivojlanish nafsiz bo‘ladi, sotuv va foyda
hajmi tushib ketadi. Tarkib topgan texnologik ukladlar bisotida prinsipial yangi
yechimlar, ―yorib chiquvchi‖ texnologiyalar
vujudga keladiki, ular yangi
texnologik ukladlar, ishlab chiqarish va tarmoqlarning
asosi uchun poydevor
tiklaydilar.
Barcha iqtisodiy obyektlar, jarayonlar va tizimlarning yashash davri faqat
bitta nazariy bazaga ega: har qanday yashash davri
yaratilishidan boshlanadi,
o‘sish, yetuklikva pasayish bosqichlaridan o‘tadi.
Innovatsion menejmentning ko‘p sonli obyektlari: innovatsion korxonalar,
yangi texnika va texnologiyalar, yangi tovar va xizmatlar
ham yashash davrining
shunga o‘xshash dinamikasi va tarkibiy tuzilishiga ega bo‘ladi.
Innovatsiyalarning yashash davri konsepsiyasining qadr-qimmati uning
quyidagilarni ta‘minlashida namoyon bo‘ladi:
-vaqt omilini hisobga olish;
-jarayonning markaziy tendensiyasini aniqlash;
-o‘zgarishlar dinamikasining yaqqol ko‘zga tashlanishi;
-jarayonni avj oldirish mantig‘i;
-moddiy, axborot va moliyaviy oqimlarning yaqqolligi va shaffofligi;
-bosqich va jarayonlarni matematik modellashtirish imkoinyati;
-turli iqtisodiy obyektlarning tovar;