105
bajaradi. Tashkilotning iyerarxik murakkab, katta tizim sifatidagi kirishlari va
chiqishlari 4.5 - rasmda tasvirlangan.
4.5-rasm.
Innovatsion menejment tizimidagi kirish va chiqish
parametrlari
56
Boshqaruvchi tizimga innovatsion menejment katta tizimi iyerarxik
tuzilmasining uchinchi va eng yuqori bosqichi bo‘ladi. U kichik tizimchalardan
tashkil topgan, boshqaruvning maqsadlari, vazifalari, usullari va tuzilmalari
tizimidan iborat bo‘lgan iyerarxiyaning ikkinchi bosqichi har xil tizimchalari
operatsion boshqaruv tizimidan iboratdir. Nihoyat, iyerarxiyaning birinchi, pastki
bosqichida boshqaruvning tipik mahalliy tizimlari turadilar. Masalan, boshqaruv
vazifalari tizimchasi rejalashtirish, tashkil qilish, rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish
va tartibga solish, undovchi sabablarni boshqarish, o‘zaro hamkorlik va nazorat
qilish jarayonlarini tashkil qilishning tipik jarayonlari o‘zaro bog‘langan
yig‘indisidan iboratdir. Har bir tipik jarayon yakka harakatlar tizim elementlaridan
tashkil topadi. Bunda barcha elementlar, jarayonlar, tizimchalar har xil turdagi va
ko‘p sonli aloqalar va o‘zaro hamkorliklarga ega. Masalan, nazoratning tipik
jarayoni faoliyat natijaviyligi ko‘rsatkichlari shaklidagi standartlarni belgilash,
dastlabki nazora, faoliyat yuritish ko‘rsatkichlarini berilgan standartlar bilan
solishtirishni o‘z ichiga oluvchi joriy nazorat va natijalarni o‘lchashdan tashkil
topadi. Yakuniy nazorat navbatdagi bosqichlar yoki umuman butun ish tugagandan
keyin amalga oshiriladi. Nazoratning tipik jarayonlarida aloqalarning birinchi
bosqichidagi tahlili ancha murakkabliligi bilan ta‘riflanadi. masalan, joriy va
56
Yo‘ldoshev N.Q. va boshqalar. ―Innovatsion menejment‖. Darslik. T:.TDIU, 2012.
Dostları ilə paylaş: