Selektiv xatarlar (lot. Selektio- tanlov, tanlab olish) – bu investitsion
portfelni shakllantirishda sarmoya kiritish, qimmatbaho qog‗ozlar turlarini
qimmat baho qog‗ozlarning boshqa turlariga nisbatan noto‗g‗ri tanlash xatarlari.
Sinektika – g‗oyalarni kasb egalarining ixtisoslashgan guruhlari tomonidan
vujudga kelgan muammolarni har xil analogiyalar va assotsiatsiyalardan
foydalanish bilan hujum qilish yo‗li bilan qidirib topish usuli.
Sinergetika – fanning har xil shoxlari ichki sohalarini birlashtiruvchi
fanlararo yo‗nalish. Boshqacha nomi- noto‗g‗ri chiziqli dinamika.
Sinergizm (grek. cynergio – hamkorlik, hamjamiyat) – ish amaliyotidagi
umumiy natija ushbu natijaga kiruvchi alohida samaralar summasidan oshib
ketuvchi hodisa.
Ssenariy (ital. scyenario) – syujet chizmasi, ya‘ni nimanidir amalga
oshirishning oldindan tayyorlangan rejasi.
Innovatsiyalar ssenariysi – innovatsion loyihani tanlash bo‗yicha bir birlari
bilan sabab- natija aloqa bilan mantiqiy bog‗langan epizodlarning vaqtdagi
tartibga solingan izchilligi.
Taksomaniya (grek. taxic tartib bo‗yicha joylashish+ monos -qonun) –
odatda iyerarxik qurilishga ega haqiqatni murakkab tashkil qilingan sohalarini
tasniflash va tizimlashtirish, u birgalikda bo‗ysunuvchi guruhlar va
kategoriyalarning o‗zaro munosabatini tadqiqot qiladi.
Teleologik yondoshish (grek. telos (teleos)- maqsad) – ilmiy-texnik va
moliyaviy rivojlanish jarayonlari tashqi rag‗batlar (ehtiyojlar, zaruratlar,
mo‗ljallar, maqsadlar)ga javob qaytarilish sifatida izohlanadigan nuqtai nazar.
G„oyani texnik–iqtisodiy asoslanishi – buyum (ya‘ni mahsulot) shaklida
topilgan innovatsion g‗oyani materiallashuvini iqtisodiy maqsadga muvofiqligi,
zarurligi va texnik imkoniyatini tasdiqlanishi.