48
Innovatsiyalarni boshqarishda rahbarning ongli ravishdagi xohish- irodasi
boshqaruv qarorlarida o‘z ifodasini topadi. Mazkur qarorlar innovatsion g‘oyalarni
amalga oshirishning asosiy shakli sifatida chiqadi. Ular innovatsion korxonaning
vujudga kelish vaqtidan tortib to tugatilishiga qadar bo‘lgan yashash davrining
barcha bosqichlarini qamrab oladi.
Qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlari oqibatlarining mas‘uliyati va
ahamiyati menejerlardan ushbu qarorlarni tayyorlash va ro‘yobga
chiqarish bilan
bog‘liq bo‘lgan xatti-harakatlarni qat‘iy izchillikda amalga oshirilishi va dalillar
bilan asoslangan bo‘lishini talab qiladi. Bunday qoidalar, qoidalar majmui hamda
ularga rioya qilish menejmentda qarorlar protsessual vazifalarining mazmunini
tashkil qiladi.
Innovatsion menejmentda kommunikatsiya
vazifalari innovatsiyalarni
muvaffaqiyatli ilgari surish uchun axborotlarni olish, tayyorlash,
qayta ishlash va
uzatishdan iborat.
Innovatsiyalar hamisha yangi axborotlar bilan bog‘liq bo‘lgani tufayli
boshqaruvning kommunikatsion vazifasi ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘lib,
innovatsion menejmentning o‘ziga xos elementi hisoblanadi. Innovatsion sohada
menejerning butun joriy faoliyati kommunikatsion
vazifalarni amalga oshirish,
ya‘ni boshqaruvga tegishli axborotlarni to‘plash va qayta ishlash, ularni
tashkilotning yuqorida turgan va bo‘ysunuvchi
xodimlariga uzatish, aloqalar
o‘rnatish va topshiriqlarni ijrochilarga taqsimlash,
ularning faoliyatini
muvofiqlashtirish va h.k. bilan bog‘liqdir. Menejmentning ushbu vazifasi alohida
uslub va vositalarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lib, IKda maxsus axborot
tuzilmalarining yaratilishini talab qiladi.
Boshqaruvning predmetli, ijtimoiy-ruhiy va protsessual jihatlari o‘zaro bir-
birini to‘ldirgan holda IM asosiy vazifalarining
yaxlit tizimini yaratadiki, u
innovatsion jarayonlarga boshqaruv orqali ta‘sir ko‘rsatishning usul va yo‘llarini
differentsiatsiyalash imkonini beradi.