Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə21/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

Muammo 
Muammo yechimi 

Glossariy 
Innovatsion korxona
– innovatsion mahsulotni ishlab chiqarish bilan
shug‘ullanuvchi tashkilot.
Nou – xau
– mahsulotni ishlab chiqarishning yangicha texnologiyasi;
yangilik.
Patent
– yangilkni ubu insonga tegishligini aniqlashtiruvchi hujjat.
The Boston Consulting group 
– xalqaro konsalting tashkiloti, asoschisi
D.Xenderson.
Tadbirkorlik 
– har qanday qonuniy tijorat faoliyati.
27
Enabling Factors, Strategies July 11, 2016



42
2-BOB. INNOVATSION MENEJMENTNING USULLARI VA 


VAZIFALARI 
2.1.Innovatsion menejment vazifalari va usullarining xususiyatlari.
2.2.Innovatsion menejmentning vazifalari.
2.3.Innovatsion menejmentni tashkil etish.
2.4.Innovatsion menejmentning kommunikatsiyalar jarayoni.
2.5.Innovatsion menejmentda nazorat.
2.6.Innovatsion menejmentda qarorlar qabul qilinishi.
2.7 Innovatsiyalarni rivojlantirishiga ta‘sir e‘tuvchi omillar
2.1. Innovatsion menejment vazifalari va usullarining 
Xususiyatlari 

Innovatsiyani insonlar muloqoti jarayonida paydo bo‘ladigan ma‘lumotlar deb


ta‘riflashadi. Henry Сhesbrough ―Open innovation. The new imperative for
Creating and Profiting From Technology‖ nomli kitobida biznesni bozor
iqtisodiyotiga ko‘nikish paytida shunday argument taqdim etdiki, innovatsiya
jarayonida o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi, ya‘ni yopiq tizimdan, tashkilot ichida ish olib
borgan, ochiq, nafaqat tashkilot ichidagi balki tashqaridan ham ishtirokchilar
tashkil qiladigan, tizimga aylandi. Сhesbrough bayonatiga asoslanib ko‘pgina
mutaxassislar, dunyoning o‘zgaruvchanligida va globalizatsiya zamonida
tashkilotlar uchun xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va ularning tajribasini
olish lozim deb ta‘kidlashadi. Bu yondashuv kam xarajatli hisoblanadi, chunki siz
boshqa tashkilotlar tajribasini faoliyatingizda ishlatasiz bu esa tezroq va kam
xarajatli innovatsion mahsulotni yaratishga yordam beradi.
Ilmiy izlanishlar ta‘kidlashicha, ochiq innovatsilar yangi mahsulotlarning
sonini va sifatini oshishga yordam beradi. Bunday fikrning sababi, hozirgi kunda
ko‘pgina tashkilotlar hamkrlarining tajribasini o‘z faoliyatida sinamoqda, yoki
qo‘shma korxonalar tashkil qilishmoqda.



43
Ilmiy ishlar mualliflari Thomke Meyer, Schrange Michael va Dogson et al


tajribalar asosida o‘qishga katta ahamiyat berishdi, boshqa so‘zlar bilan aytganda
ishlab chiqaruvchilar nafaqat izlanishlari lozim, ular turli xil vaziyatlarni
o‘rganishlari shart. Bunday fikr Nonaka ishida ham kuzatilgan, uning aytishicha
boshqa tashkilotlar tajribasini o‘rganish paytida, korxona 3 sohaga ahamiyat
berishi lozim.
Bu sohalar:
- yangiliklar yaratishga yordam beruvchi texnologiyalar
- kommunikatsiyalar rivojlantirishga yordam beruvchi texnologiyalar
- ishlab chiqarishda yordam beruvchi texnologiyalar
20 asrni innovatsiyalar va ishlab chiqarish asri deb atash mumkin, chunki 20
asrda Genri Ford tarixni o‘zgartirgan birinchi konveyrini barpo qilgan. Bundan
tashqari insoniyat telefonlar, internet va kompyuterlar biznes uchun ahamiyati
kattkligini tushunishdi. Texnologiyalar rivoji turli xil tashkilotlarni o‘zaro
bog‘lanib mahsulotni yaxshilash haqidagi fikrlar bilan almashishga yordam berdi.
Ishlab chiqarish sohasida esa texnologiyalar ishlab chiqarish harajatlarini
kamaytirishga yordam berdi.
28
Innovatsion faoliyatning maqsadlari, tavsifi va mazmuni innovatsion
menejmentning o‘ziga xos xususiyatlarini va uning an‘anaviy turlaridan ahamiyatli
darajadagi farqlarini belgilab beradi. Iyerarxiyaning turli darajalari (kichik
innovatsion korxonadan tortib davlat darajasigacha) ga tegishli har qanday
innovatsion tizimlarning innovatsion rivojlanishdan ko‘zlagan maqsadi uzoq
muddatli iqtisodiy o‘sish va oliy toifali raqobat ustuvorliklarini ta‘minlashdir.
Raqobat nazariyasidan kelib chiqqan holda aynan fanni rivojlantirish va yangi
texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha innovatsion salohiyat oliy toifali raqobat
ustunliklarini vujudga keltiradi.
Innovatsion menejmentning asosiy funksiyalarini amalga oshirishda o‘ziga
xos uzviy bog‘liqlik va mantiqiy izchillik yuzaga keladi. Chunonchi,
menejmentning kommunikatsiyalar, motivatsiyalash, vakolat berish kabi
28
Paul Trott «Innovation Management and New Product Development», 2011- p. 50-59.



44
protsessual va ijtimoiy-psixologik funksiyalarining ahamiyati keskin oshadi.


Innovatsion jarayonlarni tashkil etishda shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarga,
guruhiy dinamika va h.k. ga tayanadigan norasmiy (noformal) turdagi usullar
ko‘proq qo‘llanmoqda.
Nazoratning har xil turlari o‘rtasidagi nisbat o‘zgarmoqda. Ularning barchasi
o‘z-o‘zini nazorat qilishga, innovatsiyalarni strategik nazorat qilishga, shuningdek,
nazoratning
moliyaviy-iqtisodiy
turlariga
yo‘naltirilgan.
Innovatsion
jarayonlarning borishini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan kommunikatsiyalar
alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ularda protsessual xususiyat va uzluksiz axborot
almashinish jarayoni kuchayib bormoqda.
Xodimlarni innovatsion boshqarishda menejmentning funksiyalari va
uslublariga alohida o‘zgarishlar kiritilmoqda. Yangiliklarning ishlab chiqilishi va
joriy etilishi, yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi xodimning tegishli malakaga
ega bo‘lishini taqozo etmoqda. Innovatsion tuzilmalarda ishlovchilarning umumiy
ma‘lumot darajasining ancha yuksalishi ro‘y bermoqda. Xodimlarning
shakllanayotgan tipi mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olishga va qaror qabul qilishga
qodir bo‘lgan ishlovchilarni talab qilmoqda. Vakolatlar berilishi va shunga bog‘liq
holda tashkilot iyerarxiyasi oliy darajalarining vakolatlari qisqartirilishi
xodimlarning tashabbuskorligi, individual (shaxsiy) erkinligi va bilimdonlik
darajasining o‘sishi bilan uzviy bog‘liq.
Innovatsion menejmentda xodimning innovatsion jamoaning va umuman
butun innovatsion korxonaning xulq-atvori (xatti-harakatlari) o‘zgarib bormoqda.
Innovatsion menejmentda boshqaruv uslublarining tarkibi, tuzilishi va
mazmunining turlari ham ancha o‘zgarmoqda: tahlil va bashoratga, miqdoriy
modellashtirish uslublariga, ijtimoiy - psixologik ta‘sir o‘tkazish turlariga
an‘anaviy menejmentda nisbatan ko‘proq joy ajratilgan, iqtisodiy va evristik
yondashuvlarning mazmuni boyitilmoqda, ma‘muriy dastaklarni qo‘llash
imkoniyatlari doirasi torayib bormoqda.



45


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin