Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


Innovatsion menejmentning vazifalari



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə22/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

2.2.Innovatsion menejmentning vazifalari 
Innovatsion menejmentning mazmuni innovatsion tadbirlarni tayyorlash va
o‘tkazish chog‘ida amalga oshiriladigan boshqaruv funksiyalari va jarayonlarning
tarkibi bilan belgilanadi. Menejmentning funksiyalari deganda innovatsiyalarni
amalga oshirishda hal qilinadigan umumiy vazifalar tarkibi tushuniladi.So‘ztarkibi
va mazmuni minimal darajada aniq innovatsion loyihaning o‘ziga xos xususiyatlari
(uning ko‘lami, tarmoqqa mansubligi, vazifasi va h.k.) ga bog‘liq bo‘lgan hamda
har qanday boshqaruv jarayonining mazmunini tashkil qiladigan boshqaruv
vazifalari haqida bormoqda.
Nazariy ishlarda va amaliy faoliyatda innovatsion menejment vazifalarini
turlicha tizimlashtirishdan foydalaniladi. Biz innovatsion menejmentning
vazifalarini ikki guruhga: asosiy (predmetli) va ta‘minlovchi vazifalarga ajratish
to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblaymiz.
2.1-rasm.
Innovatsiyaning vazifalari
29

Menejmentning predmetli vazifalari innovatsiyalarni amalga oshirishning


barcha turlari va har qanday shartlari uchun eng umumiylari bo‘lib hisoblanadi.
Menejmentning ushbu vazifalari innovatsion faoliyatni boshqarish jarayonidagi
asosiy bosqichlarning mazmunini aks Ettiradi, barcha iyerarxik darajalarda
29
Алексеев, А. А.Инновационный менеджмент : учебник и практикум для бакалавриата и магистратуры / А.
А. Алексеев. — М. : Издательство Юрайт, 2014. –C.247 .



46
boshqaruv faoliyatining predmet sohalarini ajratib ko‘rsatadi. Muvaffaqiyatli


menejment har qanday innovatsion tuzilmada quyidagi asosiy (predmetli)
vazifalarning amalga oshirilishini ko‘zda tutadi: maqsadlarni shakllantirish,
rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish.
2.1-jadval 

Innovatsion menedjmentning predmetli vazifa turlari
30

Innovatsion


menedjmentning vazivalari
Strategik
Funksional
Prognoz
Strategik o‘sish va
rivojlanish
Yangi mahsulot
chiqarish
Rejalashtirish
Yangi sohalarni egallash
Mahsulotni
raqobatdoshligini va
sifatini oshirish
Tashqi muhitni tahlil
qilish
Siyosiy va iqtisodiy
o‘zgarishlarni tahlil qilish
Raqobatlarni tahlil
qilish
Ichki muhitni tahlil qilish
Tashkilotni
raqobatbardoshligini tahlil
qilish
Mahsulotni ishlab
chiqaruviga ta‘sir qiluvchi
omillarni tahlil qilish
Qaror turlari
Tashkilotni rivojlantirish
bo‘yicha strategik qarorlar
Yangilik ishlab
chiqarish bo‘yicha operativ
qarorlar
Motivatsiya
Tashkilotni rivojlantirish
Mahsulotni va ishlab
chiqarishni sifatini oshirish
Nazorat
Tashkilotni vazifasini
bajarish
Ishlab chiqarishni
nazorat qilish

Innovatsion menejmentning ta‘minlovchi vazifalari korxonada predmetli


vazifalarni samarali amalga oshirishga ko‘maklashuvchi boshqaruv jarayoni va
vositalari (instrumentlari) ni o‘z ichiga oladi. Ularga menejmentning ijtimoiy-
ruhiy va texnologik yoki protsessual vazifalarini kiritish mumkin. Menejmentning
ijtimoiy-ruhiy vazifalari asosan jamoadagi ishlab chiqarish munosabatlarining
xususiyatlari bilan bog‘liq. Ularning tarkibida ikki xil turdagi vazifalar mavjud:
vakolatlar berish va motivatsiyalash.
30
Алексеев, А. А.Инновационный менеджмент : учебник и практикум для бакалавриата и магистратуры / А.
А. Алексеев. — М. : Издательство Юрайт, 2014. - C.247.



47
Vakolatlar berish innovatsion jarayonlarni boshqarish bo‘yicha ishlarni va


ularni amalga oshirish uchun mas‘uliyatni boshqaruv apparati xodimlari o‘rtasida
oqilona taqsimlashga qaratilgan boshqaruv qarorlari majmuini o‘z ichiga oladi.
Motivatsiyalash samarali hamda unumli individual va jamoaviy mehnat
qilishda tashkilot xodimlari uchun axloqiy va moddiy rag‘batlar tizimini yaratishni
ko‘zda tutadi. Shuningdek, u tashkilot xodimlarining kasbiy saviyasi va
karyerasining o‘sish imkoniyatlarini yuksalishini rejalashtirish, tashkil etish va
ta‘minlashni ham nazarda tutadi.
Boshqaruv
apparatiga
nisbatan
menejmentning
ijtimoiy–psixologik
vazifalarini qo‘llashda innovatsiyalarni boshqarish vositalari va usullarining o‘ziga
xos tizimi shakllantiriladi.
Menejmentning protsessual vazifalaridan iyerarxiyaning har qanday
darajasidagi menejer mehnatining mazmunini tashkil qiluvchi ikki faoliyat turi:
qarorlar va kommunikatsiyalar ajratib ko‘rsatiladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra
menejmentning protsessual vazifalari uning predmetli va ijtimoiy–ruhiy
vazifalarini amalga oshirishning asosiy vositalari hisoblanadi.
2.2-rasm.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin