Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


Innovatsion menejmentda kommunikatsiyalar jarayoni



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə26/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

2.4.Innovatsion menejmentda kommunikatsiyalar jarayoni 
Menejmentning protsessual vazifalaridan iyerarxiyaning har qanday
darajasidagi menejer mehnatining mazmunini tashkil qiluvchi ikki faoliyat turi:
qarorlar va kommunikatsiyalar ajratib ko‘rsatiladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra
menejmentning protsessual vazifalari uning predmetli va ijtimoiy–ruhiy
vazifalarini amalga oshirishning asosiy vositalari hisoblanadi.
Innovatsiyalarni boshqarishda rahbarning ongli ravishdagi xohish irodasi
boshqaruv qarorlarida o‘z ifodasini topadi. Mazkur qarorlar innovatsion g‘oyalarni
33
Dr.Borut Likar, «Innovation Management», Korona plusd - Institute for Innovation and Technology, 2013–p.79


52
amalga oshirishning asosiy shakli sifatida chiqadi. Ular IKning vujudga kelish


vaqtidan tortib to tugatilishiga qadar bo‘lgan yashash davrining barcha
bosqichlarini qamrab oladi. Qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlari oqibatlarining
mas‘uliyati va ahamiyati menejerlardan ushbu qarorlarni tayyorlash va ro‘yobga
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xatti-harakatlarni qat‘iy izchillikda amalga
oshirilishi va dalillar bilan asoslangan bo‘lishini talab qiladi. Bunday qoidalar,
qoidalar majmui hamda ularga rioya qilish menejmentda qarorlar protsessual
vazifalarining mazmunini tashkil qiladi.
2.4-rasm.
Innovatsion menejmentda kommunikatsiya jarayoni
34

Rasmda kommunikatsion jarayon va uning elementlari: kommunikator va


kommunikant hamda ular o‘rtasida kommunikatsion kanal mavjud bo‘lishi
tasvirlangan. Innovatsion menejmentda kommunikatsiya vazifasi innovatsiyalarni
muvaffaqiyatli ilgari surish axborotlarni olish, tayyorlash, qayta ishlash va
uzatishdan iborat.
Innovatsiyalar hamisha yangi axborotlar bilan bog‘liq bo‘lgani tufayli
boshqaruvning kommunikatsion vazifasi ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘lib,
innovatsion menejmentning o‘ziga xos elementi hisoblanadi. Innovatsion sohada
menejerning butun joriy faoliyati kommunikatsion vazifalarni amalga oshirish,
ya‘ni boshqaruvga tegishli axborotlarni to‘plash va qayta ishlash, ularni
tashkilotning yuqorida turgan va bo‘ysunuvchi xodimlariga uzatish, aloqalar
34
Mualliflar tomonidan tuzildi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin