Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


Menejmentda kommunikatsiya tarmoqlari tuzilishi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə28/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

Menejmentda kommunikatsiya tarmoqlari tuzilishi
35

Rasmda korxonalar menejmentining kommunikatsion tarmog‘ining tuzilishi


aks ettirilgan bo‘lib, yulduzsimon tizimda barcha aloqalar faqat markaz orqali
amalga oshiriladi, halqasimon tizimda aloqalar zanjir sifat aloqalar olib borishadi,
bunda markaz ishtirok etmaydi. To‘liq tizimli kommunikatsiyalarda aloqalar tom
ma‘noda erkin, lekin rahbariyat ishtiroki bilan olib boriladi. IKda kommunikatsion
muammoni shakllantirish uning tashkiliy tuzilmasi loyihalashtirilgandan so‘ng
yoki unda har qanday o‘zgarishlar yuz bergan sharoitda yangi innovatsion
dasturlarga muvofiq amalga oshiriladi. Axborot yo‘qotishlarini tahlil qilish va
35
Правовые основы инновационной деятельности: Учебное пособие./ Бизнес и инновации: [перевод с
английского] / Питер Ф. Друкер. - Москва: Вильямс, 2009. - 411 с.
yulduzsimon
hаlqаsimon
to‘liq



55
axborotga bo‘lgan ehtiyojni hisoblab chiqish barcha iyerarxik darajalarda va


IKning hamma tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha bajariladi. Korxonada rasmiy
kommunikatsion tarmoqlarni tashkil etish variantlari axborot oqimlarining tarkibi
borasidagi muqobil qarorlar, foydalanilayotgan kommunikatsion kanallarning turi
belgilangan amallar asosida shakllantiriladi. Muqobil qarorlar menejerlarning har
bir guruhi uchun kommunikatsiyalarning namunaviy reglamentli amallari sifatida
loyihalashtiriladi. Muayyan rahbar uchun kommunikatsion amallar reglamentini
o‘z ichiga oluvchi kommunikatsion qaror uni ro‘yobga chiqarishga ketadigan
xarajatlarni minimallashtirishni hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak.
2.5.Innovatsion menejmentda nazorat 
Nazorat - innovatsion menejmentning korxona ishi natijalarini miqdoriy va
sifatli baholanishini hisobga olish bilan bog‘liq muhim vazifasidir. U teskari
aloqaga ega tizimdan iborat bo‘ladi, uning maqsadi tashkilot tomonidan qo‘yilgan
maqsadlarga erishishni ta‘minlashdan iborat. Nazorat - bu standartlar va
solishtirish bazasini belgilash, tizimga kirishlarni tadqiqot qilish, natijalarni
me‘yoriy baza bilan solishtirishni tashkil qilish, chetga chiqishlar va ularni yo‘l
qo‘yiladigan darajasini belgilash, hamda natijalarni yakuniy o‘lchash bo‘yicha turli
tuman tadbirlar tizimidir. Nazorat teskari aloqaga ega jarayon bo‘ladi, ya‘ni
tizimga kirishdagi natijalarning miqdoriy o‘lchanishi chiqishdagi parametrlar va
tashqi va ichki muhit ta‘siri omillarini baholanishi bilan bog‘lanadi. Masalan,
yangiliklarni amalga oshirishdan rejalashtirilgancha nisbatan pastroq foyda olinishi
quyidagilar bilan izohlanadi:
-natijasi sotishlar hajmi bo‘lgan bozorni yetarlicha tadqiqot qilinmaganligi
va noto‘g‘ri marketing tadbirlari;
-yomonroq xomashyoni kelib tushishi, ishlab tushish tartiblariga rioya
qilishdagi xatolar, texnik nazorat bo‘lishi ishidagi buzilishlar oqibatida yangiliklar
iste‘mol xususiyatlarini pasayishi;
-ishlab chiqarish xarajatlarini me‘yoridan oshib ketishi, bu yangilik
tannarxini oshib ketishiga olib keladi va h.k.



56
Yangilikni ishlab chiqishdagi nazoratni takomillashtirish quyidagi bir qator


shartlarni ilgari suradi:
-nazoratning tashkiliy tuzilmalarini mavjudligi.
-ijroiya idoralari va xizmatlarini shakllantirish.
-xodimlarni maxsus tayyorlash;
-tahlilning usullar va nazorat shakllarini ishlab chiqish;
-me‘yoriy, metodologik va axborot bazasini kengaytirish.

2.6 - rasm.



Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin