53
o‘rnatish hamda topshiriqlarni ijrochilarga taqsimlash, ularning faoliyatini
muvofiqlashtirish va h.k. bilan bog‘liqdir. Menejmentning ushbu vazifasi alohida
uslub va vositalarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lib, IK da maxsus axborot
tuzilmalarining yaratilishini talab qiladi.
Innovatsion
menejmentda
kommunikatsiyalar
innovatsiyalarning
ishtirokchilari o‘rtasidagi uzluksiz axborot almashinuv jarayonini ifodalaydi.
Kommunikatsion jarayonning ish amallari qoida bo‘yicha
uchta izchil bosqichni,
ya‘ni axborotni tayyorlash, kommunikatsiya kanalini tanlash, axborotni uzatish va
reaksiyani (shu axborotga bo‘lgan munosabatni) nazorat qilishni o‘z ichiga oladi.
Axborotni tayyorlash kommunikatsiya g‘oyasini jamlash, uning maqsadlari,
mumkin bo‘lgan oqibatlarini baholash, kommunikatsiyachilarning tarkibini
aniqlash va kommunikatsiyalar amalga oshiriladigan vaqtni tanlashdan iborat.
Kommunikatsion kanalni tanlash axborotni
uzatish amallarini puxta
tayyorlash, ya‘ni axborot almashinuv usullari va shakllarini aniqlash, texnikaviy
vositalarni tanlash, axborotni kodlashtirish, uni ko‘paytirishni anglatadi.
Shuni
unutmaslik lozimki, innovatsion menejmentda kommunikatsiya kanali –bu
shunchaki texnikaviy vosita emas. U o‘zida kattagina ruhiy yuklamani tashuvchi
elementdir. Kommunikatsiyaning maqsadlaridan kelib chiqqan holda turli
kommunikatsion kanallar: buyruq va farmoyishlar, yig‘ilish
va konferentsiyalar,
byulletenlar va axborot xabarlari, suhbatlar va ma‘muriy komissiyalar, hisobotlar
va bayonnomalar hamda boshqaruvga tegishli axborotlar bilan samarali
almashinuvning ko‘pgina boshqa usullaridan foydalanish mumkin.
Axborotni
uzatish belgilangan muddatda axborot almashinuvi bo‘yicha puxta o‘ylangan va
tayyorlangan tadbirlarning amalga oshirilishini anglatadi. Ushbu bosqich yaxlit
kommunikatsion jarayonning bir qismini tashkil qiladi. Kommunikatsion
jarayonning yakunlovchi bosqichi kommunikantlarning olingan axborotga
munosabatini kutilayotgan va amaldagi natijalarni taqqoslash yo‘li bilan baholash
hisoblanadi. Natijalarni baholashda turli omillarning mumkin bo‘lgan salbiy ta‘siri:
axborot
shovqinlarining mavjudligi, noto‘g‘ri ma‘no beruvchi xabarlar,
54
almashinuv chog‘ida verbal va noverbal halaqit berishlar, mos kelmaydigan
axborot texnologiyasidan foydalanish va shunga o‘xshashlarni hisobga olish lozim.
Har qanday jarayondagi kabi kommunikatsiyalarning
samaradorligi ham
ularning tashkil qilinish darajasiga bog‘liq. IKda kommunikatsion jarayonni
tashkil etishning bosh maqsadi menejmentga eng kam xarajat qilgan holda
uzatilayotgan axborotning to‘liq o‘zlashtirilishini ta‘minlashdan iborat. IK da
kommunikatsion jarayonlarni loyihalashtirish ishlarning
asosiy uchta fazasini
ko‘zda tutadi. Bular kommunikatsion muammoni shakllantirish, uni hal qilish
variantlarini izlab topish va kommunikatsion qaror qabul qilishdir.
2.5-rasm.
Dostları ilə paylaş: