82
-innovatsiya inkubatorlari.
Texnopark markazlar majmuidan iborat bo‘lib, ularning har biri innovatsion
xizmatlarning ixtisoslashtirilgan majmuini taqdim etadi.
Texnopolis-bu texnoparklar, inkubatorlar va shaharning hayot faoliyatini
ta‘minlovchi turli-tuman tuzilmalar majmuidir. Fan va texnologiya hududi
texnopolislar, texnoparklar, inkubatorlar hamda ilmiy va ishlab chiqarish
faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydigan, tarmoqlangan infratuzilmani o‘z ichiga olishi
mumkin.
3.4- rasm.
Texnoparkning tuzilishi
47
Texnopolislar o‘zlari joylashgan hududlarning rivojlanishiga shakllantiruvchi
ta‘sir ko‘rsatadi, innovatsion faollikni oshirishga, innovatsion infratuzilmani
shakllantirishga, yangiliklarning tijoratlashuvini jadallashtirishga, sanoatning
tarkibini qayta qurishga, yangi ish joylarini yaratilishiga, innovatsion faoliyat
mexanizmlarini takomillashtirishga, sanoat rivojining yuqori fansig‘imliligini
kuchaytirishga,
iqtisodiyotning
innovatsion
qobiliyatini
yuksaltirishga
ko‘maklashadi.
Texnopolislar o‘zlari joylashgan mintaqalarni rivojlanishiga shakllantiruvchi
ta‘sir ko‘rsatadilar va quyidagilarga yordam beradilar:
-innovatsion faollikni oshirish;
-innovatsion infratuzilmani shakllantirish;
-yangiliklarni tijoratlashuvini jadallashtirish;
-sanoatni tarkibiy qayta qurish;
47
Yo‘ldoshev N.Q. va boshqalar. ―Innovatsion menejment‖. Darslik. T:.TDIU, 2012.
Tехnologik dirеktsiyasi
ekspеrtlаr kеngаshi
Kichik korхonаlаr
Vеnchurli moliyalаshtirish
firmаlаri
Jаmoаviy foydаlаnish bo‘linmаlаri
Konsаlting
kompаniyalаri
Tаdqiqot qilish
lаborаtoriyalаri, tаjribаli
ishlаb chiqаrishlаr
83
-yangi ish joylarini tashkil qilish;
-innovatsion faoliyat mexanizmlarini takomillashtirish, innovatsion sohani
instututsiallashtirish (qandaydir yangi ijtimoiy institutlarni ta‘sis etish);
-sanoatni rivojlanishining ko‘p ilm talab qilishini kuchaytirish;
-iqtisodiyotning innovatsion qobiliyatini takomillashtirishga.
Texnoparkka davlat va mahalliy xokimiyatlar tomonidan rahbarlik qilish
uchta asosiy yo‘nalish: qonunchilik, moliyalashtirish va rivojlantirish dasturlari,
to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etish bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hukumat kichik va o‘rta biznesni qo‘llab quvvatlashning yirik ko‘lamli
dasturlarini ishlab chiqadi, yangi texnologiyalarni rivojlantirishni rag‘batlantiradi,
fan va sanoatni kooperatsiyalashishning yordam ko‘rsatadi. davlat moliyaviy va
qonunchilik yordamidan tashqari mijoz firmalar, hamda ko‘p ilm iste‘mol
qiladigan korxonalarga har xil kvotalar va subsidiyalarni taqdim etadi. Mahalliy
hokimiyatlar innovatsion loyiha ustida ishlash va uning asosida kichik ko‘p ilm
iste‘mol qiladigan firmalarni tashkil qilishga mutaxassislarni jalb qilishga
ko‘maklashuvchi sharoitlarni taqdim etadilar. Texnopark ta‘sischilari va ular
tomonidan yechiladigan masalalarning bazaviy chizmasi 3.5 - rasmda ko‘rsatilgan.
3.5-rasm.
Dostları ilə paylaş: