94
5.Odamlar.
Tashkilotning kuchli tomonlari aniqlanadi, keraksiz jihatlari olib tashlanadi
shunday qilib raqobatbardoshlik oshadi. Bu strategiyani LG tashkiloti o‘zida sinab
ko‘rmoqda.―Ko‘k ocean ‖ni tanlab LG o‘zining moliyaviy va ichki
ko‘rsatkichlarini yaxshilamoxchi, buning ―2 by 10‖ maqsadini tanladi. Bu degani
2016 yilda sotuvni 75$ mlrdgacha oshirish. Yangi strategiyani har bir bo‘limda
amalga oshirish kerakdir. Bu strategiyadagi asosiy manba bu – insonlardir. Chunki
insonlar ―Ko‘k ocean ‖ strategiyasini amalga oshirishda kuch sarflashadi. Ikkinchi
o‘rinda esa – tashkilotning biznes modelini yaratish. Ryu Te Xan aytishicha
«omadning 50 % yangi g‘oyaga, qolgan 50% esa insonlarga bog‘liqdir». Chunki
ko‘pgina tashkilotlarda kiritilayotgan yangi g‘oyalar hodimlar tomonidan qabul
qilinmaydi. Qanday yangilik bo‘lmasin har bir hodimning ishiga o‘z ta‘sirini
ko‘rsatadi. Shunuig uchun ham o‘zgarishlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligini
har bir hodimga tushuntiriladi. Axir har bir tashkilotning omadli bo‘lishi nafaqat
yangi innovatsion g‘oyaga, balki har bir bir hodimning ishiga bog‘liqdir.
50
Savollarga yozma javob bering :
-LG tashkiloti haqida qanday ma‘lumotlarga egasiz?
-Nima uchun LG Electronics: ko‘k ocean strategiyasini amalga oshirishga
qaror qildi?
-Ko‘k ocean strategiyasi qanday amalga oshiriladi?
-Ko‘k ocean strategiyasi amalga oshirgan qanday tashkilotlarni bilasiz?
“
Nestle” korxonasi
―Nestle‖ - xalqaro oziq – ovqat ishlab chiqaruvchi korxona. 500ta
fabrikalarda 250 000ta ishchi tomonidan 15 000ta mahsulot ishlab chiqariladi.
―Nestle‖ korxonasining strategiyasing asosi uzoq vaqtli investitsiyalar
qilishdir. Bu strategiyani amalga oshirishda korxona ishlab chiqarishga, yangi
mahsulot loyihalashtirishga sarmoya kiritmoqda. ―Nestle‖ oziq - ovqat sohasida
oldingi pog‘onalarni egallab kelmoqda. ―Nestle‖ nafaqat mijozlarning ehtiyojlarini
50
http://www.ibscdc.org/ IBS Case Development Centre
95
o‘rganadi, balki bu bilan bir qatorda ishlab chiqarishga yangi texnologiyalar olib
kiradi. Bundan tashqari korxona kam harajatli bo‘lishga harakat qiladi. «Nestle»
hodimlarining bilimini oshirishga katta ahamiyat beradi, ularga xalqaro tajribani
o‘rgatuvchi darslar beradi. Hozirda korxona siyosati marketing qarorlar qabul
qilish bilan bog‘liqdir. Korxona marketing strategiyasi har bir bo‘lim uchun qaror
qabul qilish bilan bog‘liqdir. Marketing strategiasini tanlash vaqtida menedjerlar
turli xil savollarga duch kelishadi: investitsiyalar qilish uchun korxona yetarlicha
mablag‘ga egami? Siyosiy riskga ega davlatlarga investitsiyalar soni ko‘payib
ketmadimi? Boshqa bo‘limlarga resurslar sonini oshirish kerakmikan?
Xalqaro marketing strategiyasi tuzish jarayonida ―Nestle‖ korxonasinig asosiy
bo‘limi 2ta vazifani bajaradi:
-
Ma‘lumot yeg‘ish. Qabul qilinayotgan qarorlarning sifati ma‘lumotlar
to‘g‘ligiga bog‘liqdir. Bu jarayonni qiyinligi shundaki korxona ko‘pgina
davlatlarda ofislarga ega, shuning uchun ma‘lumotlar yeg‘ish paytida siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy vaziyatni ahamiyatga olish lozim;
-
Xalqaro marketingni yo‘naltirish. Jahon bozorida raqobatlar soni ko‘paygani
tufayli «Nestle» korxonasinig menedjerlari sarmoya qilish uchun yangi sohalar
izlashadi.
―Nestle‖ kofe, shokolad, mineral suv, sut mahsulotlari, hayvonlar ovqati,
bolalar ovqati kabi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Xalqaro menedjment strategiyasi
esa sohadagi o‘zgarishlarni, raqobatlarni, bozordagi ahvolni inobatga olgan holda
tuziladi.
Savollarga javob bering:
-―Nestle‖ korxonasi xalqaro strategiyalarini qayday oshiradi?
-―Nestle‖ qanday mahsulotlarni ishlab chiqarаdi?
-Hozirgi kunda ―Nestle‖ qilayotgan innovatsiyalari haqida nimalar
bilasiz?.
51
51
http://www.ibscdc.org/ IBS Case Development Centre