97
4-BOB. INNOVATSION MENEJMENTNING METODOLOGIYASI
4.1. Innovatsion menejmentga ilmiy yondashuvlar
4.2. Innovatsion menejmentga tizimli yondashuv
4.3. Yangiliklarning yashash davri konsepsiyasining mohiyati
4.4.Innovatsion menejmentdagi konsepsiyalar va yondashuvlarning tavsifi.
4.5.
Innovatsion menedjmentining so‘nggi innovatsiyalari.
4.1.Innovatsion menejmentga ilmiy yondashuvlar
Innovatsiyalarda boshqaruv qarorlari intuitiv (ichki ovozga quloq solgan
holda) holda yoki ilmiy yondashuv asosida qabul qilinishi mumkin.
Intuitiv usul vaziyatni emotsional (hissiy) qabul qilish va baholashga
asoslangan bo‘lib, menejerning kasbiy bilimlarga va kattagina amaliy tajribaga ega
bo‘lishini ko‘zda tutadi. Aynan shu omillar puxta o‘ylangan va oqilona
qarorlarning qabul qilinishini ta‘minlaydi. Menejmentning
fundamental asosi
bo‘lib hisoblanadigan ilmiy yondashuv boshqaruv qarorlarini qabul qilinishiga
yaxlit jarayon sifatida qaraydi. Ushbu jarayonning mazmuni vujudga kelgan
muammoni o‘rganish, uni hal qilishning mumkin bo‘lgan variantlarini tahlil qilish
va ulardan eng samaralisini tanlab olish imkonini beradi.
―Boshqaruv‖ tushunchasi har xil obyektlarga ta‘sir ko‘rsatish sifatida talqin
qilinadi,
u tartibga solish, takomillashtirish va rivojlantirish maqsadiga ega.
Boshqaruvning ilmiy asoslari bo‘yicha dastlabki darsliklarda ishlab chiqarishni
boshqarish odamlar jamoalariga ularning ishlab chiqarish jarayonidagi faoliyatini
tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun maqsadga qaratilgan ta‘sir ko‘rsatish
sifatida belgilangan. Boshqaruv tushunchasining inglizcha ma‘nosi ―menejment‖
so‘zi bilan aks Ettiriladi. Menejment mazmuniy nuqtai nazardan – bu boshqarish,
rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish usuli,
mehnat sarmoyalar va
boshqalar kabi resurslardan kattaroq samaradorlik bilan foydalanish. Shunday
nuqtai nazar asosida innovatsion menejment – bu innovatsion faoliyat, uning
resurslari, yangiliklarini ishlab chiqish va tatbiq etishda sotsial –
iqtisodiy
98
rivojlanishning
eng
muhim
omili
sifatida
innovatsiyalarning
kattaroq
samaradorligiga erishish maqsadida ishtirok etayotgan odamlarni boshqarishning
maqsadga qaratilgan tizimidir.
XIX asrning oxirida paydo bo‘lgan boshqaruv haqidagi fan rivojlanishning
murakkab yo‘lini bosib o‘tgan. Boshqaruvdagi amaliy tajribani umumlashtirishga
birinchi harakatlar ilmiy menejment maktabini yaratish bilan almashgan, F.U.
Teylor uning asoschisi bo‘lgan.
Buning oqibatida dastlabki nazariyalar o‘rniga ilmiy-texnik va sotsial - texnik
va sotsial - iqtisodiy omillarni murakkab yig‘indisini hisobga olishni talab qiluvchi
nazariyalar kelgan. Menejmentning keyingi maktablari
boshqaruv fikrini
evolyutsiyasiga asoslangan. Masalan, belgilangan bosqichda olimlar boshqaruv
nazariyasini ikkita: yopiq va ochiq tizimlar va menejmentning ratsional va sotsial
omillar nuqtai nazarda ko‘rib chiqa boshlaganlar.
Ilmiy - texnik taraqqiyot va tashqi muhitning shiddatli evolyutsiyasi
sharoitida boshqaruv nazariyasi va amaliyotining evolyutsiyasi sodir bo‘lgan.
Boshqaruv haqidagi fanning har xil maktablar va yondashishlar ta‘siri
ostidagi evolyutsiyasi asosiy bosqichlari 4.1 – rasmda berilgan.
Dostları ilə paylaş: