99
Ilmiy fan sifatidagi boshqaruv evolyutsiyasining xususiyati shundan iboratki,
u boshqaruv fikrining bir necha maktablari asosida rivojlangan, ular ko‘pincha mos
kelganlar, qisman esa bir birlarini to‘ldirganlar, takomillashtirganlar. Bu shuning
bilan izohlanadiki, ham an‘anaviy va ham innovatsion menejmentda har xil
maktablarning bilimlari va usullaridan foydalanilgan, boshqaruv jarayoni esa ham
menejmentning nazariy konsepsiyalariga va ham har xil nazariy maktablar
va ilmiy
yondashishlarga suyangan. Bu boshqaruv obyektining yuqori murakkabligi va
kamroq determinatsiyalanganligi (asoslanganligi) bilan izohlanadi. Aslida ilmiy,
texnik, texnologik, sotsial va aralash tizimlarni muvofiq boshqarishning
algoritmini ishlab chiqish zarur bo‘lgan.
Menejment fan sifatida sotsiologiya,
psixologiya, mantiq, pedagogika,
fanshunoslik, matematika va kibernetika, har xil texnik va iqtisodiy fanlar
usullarining keng turli tumanliklaridan foydalanuvchi fanlararo tadqiqotdir.
Boshqaruv fanining evolyutsiyasi boshqaruvning mazmuni va tamoyillarini
boyitish, hamda uning vazifalari, usullari va yo‘llarini
takomillashtirishga
asoslanadi. Ilmiy yondashuv muayyanratsional shartlarga rioya qilinganda esa
maqbul qarorlarning qabul qilinishini ta‘minlaydi. Oqilona qaror intuitiv qarordan
shunisi bilan farq qiladiki, u obyektiv analitik jarayonga asoslanadi va muayyan
rasmiy-mantiqiy talablarni hisobga oladi. Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan
asosiy talablar quyidagilardan iborat:
-maqsadga yo‘naltirilganlik: qarorlar ma‘lum bir innovatsion maqsadlarga
erishishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak;
-iyerarxik subordinatsiya: menejerning qarorlari unga berilgan vakolatlarga
mos kelishi kerak;
-asoslanganlik: qarorlar oqilona qabul qilinganligi
obyektiv asoslab berilgan
bo‘lishi kerak;
-manzillilik: qarorlar makon va zamonda yo‘naltirilgan bo‘lishi, ya‘ni aniq
ijrochiga yo‘naltirilishi kerak;
-ta‘minlanganlik: qarorlar zarur resurslarni ko‘zda tutishi va ularni olish
manbalari belgilangan bo‘lishi kerak;
100
-direktivlik: qarorlarning bajarilishi majburiy bo‘lib, rejali xususiyat kasb
etishi kerak;
Menejment uslublari IKda boshqaruv tizimlarining tuzilishiga muayyan
tartiblanganlik, asoslanganlik va samarali tashkil qilish xususiyatlarini kiritadilar.
Innovatsion menejment faoliyatning barcha sohalari (ishlab chiqarish, savdo,
ta‘lim, madaniyat va boshqalar) da qo‘llanadigan umumiy uslublardan va
innovatsion sohaning o‘ziga xos jihatini aks Ettiruvchi
maxsus uslublardan
foydalanadi. Innovatsion menejmentning fundamental asosi ilmiy yondashuvdan
foydalanishdir. Tizimli yo‘naltirishda ilmiy yondashuv o‘zining eng to‘liq va izchil
ifodasini topadi. Menejmentning tizimli yo‘naltirilganligi IKga o‘zaro bog‘liq
bo‘lgan va atrof-muhit bilan o‘zaro faol ta‘sirlashuvchi elementlardan tashkil
topgan murakkab ochiq tizim sifatida qaraydi. Tizimli yo‘naltirilganlik boshqaruv
vazifalarini tarkiblashtirish va innovatsion menejmentning yaxlit tizimi doirasida
IK da ularni hal qilish uslublarini tartiblash uchun imkon yaratadi. Aynan tizimli
yo‘naltirish menejmentning ilmiy maktabi doirasida
innovatsion jarayonlarni
amaliy modellashtirish konsepsiyasini muvaffaqiyatli rivojlantirish imkonini
beradi.Ilmiy menejment o‘zigacha mavjud bo‘lgan menejment maktablarining eng
sara jihatlarini mujassam etib, uning elementlari 4.2-rasmda aks ettirilgan.
So‘nggi o‘n yilliklarda modellashtirish innovatsion menejmentning samarali
tizimlarini
tuzishning
asosiy
konsepsiyasiga
aylandi.
Bugungi
kunda
innovatsiyalarni boshqarishga tegishli har qanday xususiy yoki majmuaviy vazifa
ularni hal qilishning qator modelli variantlariga ega. Modellar murakkab
innovatsion jarayonlarni soddalashtirish, ulardagi eng ahamiyatli komponentlar va
aloqalarni
ajratish, boshqaruvga xos vaziyatlarni eksperimental ishlab chiqish va
yuqori darajadagi noaniqlik hamda chuqur ogohlantirish sharoitida bashoratlash
bo‘yicha hisoblashlarni amalga oshirish imkonini beradi. Innovatsion menejmentda
modellarning uch xil: fizik, analogli va matematik bazaviy usullaridan
foydalaniladi. Amaliyotda keng qo‘llanilayotgan fizik modellarga IK, uning sex va
xizmatlarini, uskunalarni joy-joyiga qo‘yib chiqish, materiallarni va xodimlarning
ish o‘rinlarini joylashtirish uchun foydalaniladigan makonli reja qilish misol bo‘la
101
oladi. Analogli modellar modellashtirilayotgan obyektning xatti-harakatlari (xulq-
atvori) ni yoki tarkibiy tuzilmasini illyustratsiyalaydi, masalan grafik, gistogramma
yoki tuzilmaviy sxema ko‘rinishida ifodalaydi. Boshqaruv qarorlarini
maqbullashtirish uchun eng katta imkoniyatlar matematik modellarni qo‘llash bilan
bog‘liqdir. Adabiyotlarda ko‘proq o‘yinlar nazariyasi,
navbatlar nazariyasi,
zahiralarni boshqarish, chiziqli dasturlash, imitatsion va iqtisodiy innovatsion
menejmentning uslub va modellarini sanash va tizimlashtirishga bo‘lgan har
qanday urinish ular sonining ko‘pligi va xilma-xilligi tufayli cheklangan va
g‘oyatda shartli bo‘ladi.
4.2-rasm.
Dostları ilə paylaş: