Keys “Jamg‟arma” Davlatda tashkil etilgan bir innovatsion jamg‘arma o‘z ishchilaridan birini
innovatsion bozor va innovatsion jarayon qatnashchilarini o‘rganishga, bozor
an‘analari bilan boy bo‘lgan va texnologiyalari rivojlangan davlatga yuboradi.
Vazifalar:
-Innovatsion jarayon qatnashchilari tashkilotini sxema uslubida tuzib
ko‘rsating
-Qanday innovatsion tashkilotlar shunday ish olib borishi mumkin?
-Innovatsion jarayonda bu tashkilotlar qanday ahamiyatga ega?
Glossariy Amaliy ilmiy tadqiqotlar – asosan amaliy maqsadlarga erishish va muayyan
vazifalarni hal qilish uchun yangi bilimlar qo‘llashga yo‘naltirilgan tadqiqotlar.
Ilmiy-texnik faoliyat (ITF) – texnologik, muhandislik, iqtisodiy, ijtimoiy,
gumanitar va boshqa muammolarni hal qilish, fan, texnika va ishlab chiqarishning
umumiy (yaxlit) tizim sifatida faoliyat yuritishini ta‘minlash uchun yo‘naltirilgan
faoliyat.
Innovatsion faoliyat – yakunlangan ilmiy tadqiqot va loyihalar natijalari yoki
boshqa
ilmiy-texnik
yutuqlarni
(fan-texnika
yutuqlarini)
yangi
yoki
takomillashtirilgan
mahsulotga;
bozorda
sotiladigan,
amaliy
faoliyatda
foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonga, shuningdek,
shu bilan bog‘liq qo‘shimcha ilmiy tadqiqot va loyihalarga joriy qilishga
yo‘naltirilgan jarayondir.
Innovatsiyalar diffuziyasi bir marta o‘zlashtirilgan innovatsiyani yangi
mintaqalar, yangi bozorlar va yangicha moliyaviy-iqtisodiy sharoitlarda tarqatishni
ifodalaydi
Diffuziya moliyaviy innovatsiya tavsifnomasi yoki uni harakatlantirish
shartlarining o‘zgarishi (bank foiz stavkasi, depozit muddati va h.k.ning
o‘zgarishi), yangi sotuv bozoralarini egallab olish va h.k. bilan bog‘liq bo‘lishi
mumkin.