Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


Investitsiya loyihalarini baholash usullari



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə79/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

Investitsiya loyihalarini baholash usullari
102

Innovatsion faoliyatning muhim maqsadiga erishish jarayonida quyidagi


masalalar hal etiladi:
1.
Korxonani iqtisodiy rivojlantirish sur‘atlarin oshirish. Innovatsion
siyosatning samaradorligi bilan korxonaning iqtisodiy rivojlanishi sur‘atlari
o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. Sotuv hajmi va foyda qancha yuqori
bo‘lsa, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan holatda qo‘yilmalarga shuncha ko‘p mablag‘
qoladi.
102
Фатхутдинов

Р.А.


Инновационный менеджмент
.
Учебник для вузов. — 6-е изд. — СПб.: Питер, 2011-
C.108.
Investitsiyalarning
samaradorligi koeffitsienti
Pul oqimlarini diskontlash
Sof joriy qiymat
Investitsiya
loyihalarini baholash
usullari

Mezonlar ro'yxati


usuli
Ball usuli
Boshqa usullar
Investitsiyalarning
qoplanishi muddati

Investitsiyalarning


rentabelligi



179
2.


Innovatsion
faoliyatdan
olinadigan
foydani
maksimallashtirish.
Korxonaning iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlari buxgalteriya foydasiga emas, balki
soliqqa tortishdan so‘ng qolgan sof foydaga bog‘liq. Shu boisdan portfelda bir
nechta innovatsion loyihalar mavjud bo‘lganda investorga qo‘yilgan kapitalga ega
yuqori foyda normasini ta‘minlovchi loyihani tanlash tavsiya etiladi. Investitsion
tahlilda investitsiyaning samadorligini aniqlashda nafaqat sof foyda
ko‘rsatkichidan, balki amortizatsiya ajratmalaridan foydalaniladi, ya‘ni loyihada
jamlanadigan butun pul oqimi hisobga olinadi.
3.
Tahlikani minimallashtirish. Innovatsion tahlikalar xilma-xil bo‘lib,
investitsiyalashning barcha turlariga yo‘ldoshlik qiladi. Noqulay sharoitlarda ular
nafaqat foyda (daromad)ning, balki butun avanslangan kapitalning yoki uning bir
qismining yo‘qotilishiga olib keladi. Shu sababli eng tahlikali loyihalarni ro‘yobga
chiqarishdan voz kechish yo‘li bilan innovatsion tahlikani cheklash tavsiya etiladi.
Ko‘p hollarda investorlar loyihani rasman ko‘rib chiqishda tahlikalarni e‘tiborsiz
qoldiradilar
4.
Korxonaning moliyaviy barqarorligi va to‘lov qobiliyatini ta‘minlash.
Kapitalni investitsiyalash katta miqdordagi moliyaviy resurslarning uzoq muddatga
chiqarib qo‘yilish bilan bog‘liq bo‘lib, bu joriy xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha
hisob-kitob qilish uchun likvidli mablag‘ defitsitiga olib kelishi mumkin. Undan
tashqari, alohida loyihalarni moliyalashtirish jalb qilingan qarz mablag‘lari
hisobidan amalga oshiriladi. Kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish manbalarini
aniqlashda moliyalashtirish sxemasi korxonaning moliyaviy muvozanatiga qanday
ta‘sir ko‘rsatishini oldindan bashoratlash lozim.
Kapital investitsiyalash jarayonida korxonaning moliyaviy holati ustidan
kuzatishning asosiy ob'ektlari quyidagilar hisoblanadi:
- faoliyatning barcha turlaridan olingan sof pul oqimi (pul mablag'lari oqimi
minus ularning chetga chiqishi);
- kapitalning tuzilishi (o'z mablag'lari va jalb etilgan kapital o'rtasidagi
nisbat);
- korxonaning bozor qiymati (narxi);



180
- qaytarish muddatlari bo'yicha uzoq muddatli va qisqa muddatli


majburiyatlar tarkibi;
- aktivlar tarkibi va tuzilishi;
- joriy (foydalanish) xarajatlari tarkibi va ularni pasaytirish imkoniyati;
- xavf yuqori bo'lgan zonalarda moliyaviy operatsiyalar jamlanishi darajasi;
- debitorlik va kreditorlik qarzlar dinamikasi;
- moliyaviy va investitsiyaviy menejmentni joriy etish samaradorligi;
- qurilish-montaj ishlarini bajarishning davomiyligi va ularni bajarish
jadvallarini bajarish;
- yangidan ishga tushirilgan ob'ektlar va ishga tushirish komplekslari bo'yicha
ishlab chiqarish quvvatlarini o'zlashtirish darajasi;
- qurilish jarayonining zarur moliyalashtirish (ham ichki, ham tashqi) bilan
ta'minlanganligi.
103
5.
Innovatsion loyihalarni ro‘yobga chiqarilishini jadallashtirish.
Amalga oshirishga mo‘ljallangan loyihalar imkon qadar tezroq bajarilishi
kerak, chunki shu orqali quyidagilarga erishiladi:
-korxonaning umumiy iqtisodiy rivojlanishin jadallashtirish;
-boshlang‘ich
investitsiyalarning
o‘rnini
to‘ldiradigan,
sof
foyda
amortizatsiya ajratmalari shaklidagi qo‘shimcha pul oqimini tezkor shakillantirish;
-qarzmablag‘laridan
foydalanish
muddatini
qisqartirish,
investorga
kreditorlarga to‘lanadigan foizli to‘lovlarni tejash imkonini beradi.
-bozor kon‘yukturasining noqulay o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lgan
investitsion tahlikani va inflyatsiya tufayli yo‘qotishlarni pasaytirish.
Innovatsion portfelni boshqarishning sanab o‘tilgan barcha vazifalari bir-biri
bilan o‘zaro uzviy bog‘liq (7.2-rasm). Chunonchi, korxona rivojining yuksak
sur‘atlariga yuqori daromadli loyihalarni tanlash va ularning ro‘yobga
chiqarilishini jadallashtirish hisobidan erishsa bo‘ladi.
103
Инвестиции: Учебник для вузов. 2-е изд. Авторы: Бочаров Владимир Владимирович. Спб.:-Питер. 2009-
C.49.



181
7.2-rasm.



Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin