Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


Innovatsiya, yangiliklarni joriy qilish va bozorga chiqarilishi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə86/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

Innovatsiya, yangiliklarni joriy qilish va bozorga chiqarilishi 
jarayonida biznes-rejaning o‟rni
115

Moliyaviy reja yangi mahsulot/xizmatlar muvaffaqiyati uchun hal qiluvchi


ahamiyatga ega. U nafaqat yangi moliyaviy mablag'lar yoki boshqa iqtisodiy
115
Mualliflar tomonidan tuzildi.
Innovаtsion g‘oyalаr qidirish
Istiqbollig‘oyalаrnitаnlаsh
Tаnlаngаn g‘oyalаrning hаyotiyligini bаholаsh
Innovаtsion loyihаning biznеs-rеjаsini tuzish
Bozor shаroitidа yangi tovаrni sinov uchun ishlаb
chiqаrish
Ishlаb chiqаrish sхеmаsigа tuzаtishlаr kiritish vа
bozordа tаrg‘ib qilish
Mаhsulotni yoppаsigа ishlаb chiqаrishni yo‘lgа
qo‘yish



196
ko'mak zaruratini aniqlash, balki bu uzoq istiqbolda qanday foyda keltirishini


ko'rsatish imkonini beradi.
Biznes-rejaning muhim qismi doimiy mijozlarga, ularning ehtiyojlari va
tovar/xizmatlarni qabul qilishga tayyorgarlikka qaratilgan marketing rejasi
hisoblanadi. Marketing rejasi taklif etilgan mahsulot/xizmat bozori to'g'risida
tasavvur berish uchun bozorni tadqiq etishga asoslangan bo'lishi lozim.
116
Biznes – rejaning ko‘rib chiqilayotgan bo‘limi bir qator hisoblashlar
natijasini aks ettiradi (7.5-rasm). Masalan, pul oqimlarining kalendar rejasi
korxonaning ishlab chiqarish sotish, investitsion va moliya faoliyatiga tegishli
bo‘lgan hisoblashlarning uchta blokini o‘z ichiga oladi. Har bir blok bo‘yicha
hisob – kitoblar pul oqimlarini oqib kelishi va oqib ketishini saldosini belgilash
bilan yakunlanadi, ya‘ni:
-ishlab chiqarish – sotish faoliyatining saldosi – sof foyda va yillar bo‘yicha
amortizatsion ajratmalarning summasidir;
-investitsion faoliyat saldosi investitsiyalarning to‘liq hajmini investitsiya
qilingan shaxsiy mablag‘lardan ayirish bilan tashkil qilinadi (qayta investitsiya
qilingan sof foyda va amortizatsiyadan tashqari);
-moliyaviy faoliyat saldosi qarz mablag‘lar summasi (shu jumladan
investitsion loyihani amalga oshirish uchun chiqarilgan Aksiyalarni sotish) va
qarzlarni to‘lash, foizlarni to‘lash va aksiyadorlarga dividendlarni to‘lash uchun
zarur bo‘lgan mablag‘lar o‘rtasidagi farqqa tengdir.
Pul oqimlari umumiy saldosining ijobiy miqdori investitsion loyiha
muvaffaqiyatining sharti bo‘ladi, uni korxonaning ishlab chiqarish – sotish,
investitsion va moliyaviy faoliyati yakuniy saldosini jamlash bilan topadilar.
Demak, investitsion loyihani amalga oshiruvchi korxona uchun uni amalga
oshirishdan iqtisodiy samara hisobot davri uchun umumiy saldoning yillik
miqdorlari summasi bilan belgilanadi.
116
Innovation management [Elektronski vir] / authors Borut Likar ... [et al.] ; editor Borut Likar, co-editors Peter
Fatur, Urška Mrgole ; translation Arslingue K. Žontar, TEFL, TBE. - 1st. ed. - El. knjiga. - Ljubljana : Korona plus -
Institute for Innovation and Technology, 2013 –P. 130.



197
Turli vaqtlardagi to‘lovlar va investitsion siyosatni amalga oshirish davridagi


tushumlarni solishtirilishiga ularni birinchi (bazaviy) yilga keltirish hisobigi, ya‘ni
diskontlashtirish asosida erishiladi. Pul oqimlari (to‘lovlar va tushumlar)ni
diskontlashtirish va ularning saldosini belgilash investitsiyalarni amalga
oshirishning bo‘lg‘usi samarasini asoslanganroq baholash (sof diskontlashtirilgan
daromad – SDD - shaklida) uchun zarur. Investitsion loyihani moliyalashtirish
strategiyasi biznes – rejaning moliyaviy bo‘limini bayon qilinishini yakunlaydi.
Korxona investitsion siyosati doirasidagi haqiqiy loyihalarni bir birlari bilan
investitsiya qilish jarayonida olinadigan eng katta umumiy iqtisodiy samaraga
erishish mezonlaridan kelib chiqqan holda ajratilgan moliyaviy resurslarning
hajmlari va amalga oshirish muddatlari bo‘yicha muvofiqlashtirish maqsadga
muvofiqdir.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin